23
geografiyaning hududiy jihatlariga ko'proq ahamiyat berishning tarafdorlari bo`lib
chiqishgan va natijada ular iqtisodiy geografiyada rayonlar yo'nalishini
kuchaytirishgan. Demak, iqtisodiy geografiya yanada geografiylashtirilgan, rayonlar
ta'rifi va tavsifiga katta urg'u berilgan. Ehtimol bu holat iqtisodiy geografiyani
iqtisodiyot tizimidan geografiya fanlari blokiga kiritilishiga sabab bo'lgandir.
Iqtisodiy geografiya Ikkinchi jahon urushi va urushdan keyingi yillardagi
xo'jalikni qayta tiklash ishlarida katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo'lgan. Shu
nuqtai nazardan 20-yillarda Moskvada tashkil etilgan KEPS («Комитет по
использованию природных ресурсов») va uning asosida SOPS («Совет по
изучению производительных сил») ning vujudga kelishi nihoyatda muhim bo'lgan.
Ushbu ilmiy-tadqiqot tashkilotlari mamlakatning turli hududlarida tabiiy resurslardan
foydalanish, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish bo'yicha ilmiy g'oyalar
sxemalarini yaratganki, mohiyatan bu ishlar iqtisodiy geografiya fani doirasida olib
borilgan.
O'zbekiston Fanlar akademiyasidagi SOPS ham boshqa ilmiy-tadqiqot
institutlari va 1940 yilda Toshkent Davlat Universiteti — hozirgi O'zbekiston Milliy
Universitetida ochilgan iqtisodiy geografiya kafedrasi olimlari bilan hamkorlikda
yirik hududiy-iqtisodiy tadqiqotlarni bajargan. Masalan, Farg'ona vodiysining
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, Angren—Olmaliq, Buxoro—Navoiy, Qashqadaryo,
Mirzacho'l, Quyi Amudaryo hududiy ishlab chiqarish majmualari to'g'risidagi ishlar
shular jumlasidandir. Mazkur tadqiqotlarni amalga oshirishda S.K. Ziyodullayev,
Do'stlaringiz bilan baham: