Buxoro davlat universiteti tuproqshunoslik va geografiya


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/76
Sana05.01.2022
Hajmi0.82 Mb.
#212623
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   76
Bog'liq
iqtisodiy geografiya asoslari

F. 

Ratselning 

«Antropogeografiya»  va  «Siyosiy  geografiya»  kitoblari  ham  qisman  sababchi 

bo'lgan.  Ayniqsa  bu  borada  Germaniyada  ishlab  chiqarish  kuchlarini  joylashtirish 



 

22 


bilan  bog'liq  tadqiqotlarning  ahamiyati  katta.  Jumladan,  I.Tyunen  (1826  y.)  qishloq 

xo'jaligini  shahar  atrofida  halqasimon  joylashtirish,  A.  Veber  (1909  y.)  sanoat 

korxonalarini  turli  omillardan  kelib  chiqqan  holda  hududiy  tashkil  qilinishini 

o'rganishgan.  Keyinchalik  ularning  vatandoshlari  V.  Kristaller  va  A.  Lyoshlar 

aholiga  xizmat  ko'rsatish  sohalarini  joylashtirish  va  umuman  xo'jalik  tarmoqlarini 

hududiy  tashkil  etishni  tadqiq  qilishgan;  A.  Lesh  (XX  asr  40-yillari)  iqtisodiy 

landshaft  yoki,  hozirgi  zamon  tili  bilan  aytganda,  iqtisodiy  rayonlar,  bozor 

iqtisodiyoti  sharoitida  xo'jalikni  joylashtirish  masalalarini  chuqur  va  atroflicha  tahlil 

etgan. 

Shunday  qilib,  iqtisodiy  geografiyaning  fan  maqomida  shakllanishida  nemis 

statistikasi va «shtandort« (joy, joylashtirish) yo'nalishining ahamiyati katta bo'lgan. 

Qolaversa, dunyoda ilk bor geografiya fakulteti va kafedralari ham aynan Germaniya 

oliy o'quv yurtlarida tashkil etilgan. 

Ta'kidlash  lozimki,  Germaniyada  vujudga  kelgan  bu  ilmiy  yo'nalishlar  shu 

vaqtda Rossiyaga ham o'z ta'sirini ko'rsatgan. Chunonchi, V.N. Tatishev (XVIII asr) 


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling