Iqtisodiy geografik o'rin katta harbiy va siyosiy mazmunga ega. Bunga
misol qilib, Ikkinchi Jahon urushida Gitler qo'shinlarining Moskva va Staliningradga
jon-jahdi bilan hujumi yoki Misr Arab Respublikasidagi Aleksandriyadagi bo'lgan
janglarni keltirish mumkin. Napoleon: «Agar Kiyevni olsam Rossiyani oyog'idan
ushlayman, Peterburgni zabt etsam uni bo'g'izlayman, Moskvani egallasam
Rossiyaning yuragini majoqlayman», — degan edi. Mashhur rus olimi N.N.
Baranskiy; «Dnepr Rossiyani O'rta dengiz mamlakatiga Volga esa uni Osiyo
mamlakatiga aylantiradi», — deb yozgan edi.
O'zbekiston Respublikasining geosiyosiy va geostrategik mavqei, uni
yaxshilash va undan samarali foydalanish masalalari mamlakat Prezidenti I.A.
Karimovning «O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: havfsizlikka tahdid, barqarorlik
shartlari va taraqqiyot kafolatlari» (T., 1997) kitobida keng yoritib berilgan.
Iqtisodiy geografik o'rin mamlakat va mintaqalar xo'jaligining tarkibiy
tuzilishi, ixtisoslashuvi hamda ularning istiqbolda rivojlanish yo'llarini ham ma'lum
darajada belgilab beradi. Shu bilan birga u qulay investitsiya makonini vujudga
keltirishda,
qo'shma
korxonalar
qurishda,
erkin
iqtisodiy
mintaqalarni
shakllantirishda ham muhim, ba'zan hal qiluvchi omil sifatida xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |