Buxoro davlat universiteti tuproqshunoslik va geografiya


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/76
Sana05.01.2022
Hajmi0.82 Mb.
#212623
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   76
Bog'liq
iqtisodiy geografiya asoslari

samaradorlik, deb ta'riflash to'g'ri bo'ladi. 

Masalan,  paxta  tozalash  zavodlari  odatda  paxta  yetishtiruvchi  rayonlarda 

quriladi.  Agar  ularga  yaqin  joyda  yog'  zavodi  qurilsa,  yana  ayni  muddao  bo'ladi, 

ushbu  korxonalar  chiqindilari  asosida  esa  chorvachilik  fermalarini  ham  rivojlantirsa 

bo'ladi.  Ko'rinib  turibdiki,  bir  hududda  ishlab  chiqarishning  qator  korxona  yoki 

tarmoqlari:  paxta  dalalari,  paxta  tozalash  va  yog'  zavodlari,  chorva  fermasi  mavjud. 

Ularning  barchasi  uchun  yagona  infrastruktura  va  aholi  joylashuv  tizimlari  xizmat 

qiladi. 


Yana  boshqa  bir  misol:  sho'x  oqar  tog'  daryosiga  GES  qurildi,  deb  faraz 

qilaylik. GES, ya'ni arzon elektr energiya asosida «energiyatalab» sanoat korxonalari, 

jumladan  alyuminiy  zavodi  tashkil  etiladi,  uning  negizida  esa  kabel  yoki 

elektrtexnika  mashinasozligi,  radio  va  priborsozlikni  rivojlantirish  uchun  qulay 

imkoniyat  yaratiladi.  Bulardan  tashqari,  suv  ombori  pastki  hududlarni  sug'orishda, 

uning  atrofida  sport,  dam  olish  (rekreatsiya)  zonalarini  barpo  qilishda  ahamiyatli 

bo'ladi. Ko'rib turibsizki, bir hududda ishlab chiqarishning qator tarmoqlari mavjud. 

Yuqoridagi misollardan ayon bo'lishicha, hududiy ishlab chiqarish majmualari 

ma'lum bir joyda ishlab chiqarish korxona tarmoqlarini  yagona infrastruktura hamda 

aholi  joylashuvi  va  tizimlari  asosida  barpo  etish  va  ularni  o'zaro  uyg'unlashtirilgan 

holda  rivojlantirishni  anglatadi.  Shu  ma'noda  ular,  shubhasiz,  iqtisodiy  geografiya 

fanining eng katta yutug'idir. 

Hududiy  majmualar  faqat  iqtisodiyotdagina  emas,  balki  noishlab  chiqarishda, 

jumladan  aholiga  xizmat  ko'rsatish  sohalarini  hududiy  tashkil  etishda  ham  bor. 




 

16 


Chunonchi,  tibbiyot,  maishiy  xizmat  ko  'rsatish,  savdo  majmualari  (komplekslari) 

shular  jumlasidandir.  Masalan,  korxona  yonida  dorixona,  poliklinika,  diagnostika 



markazi;  bolalar  bog'chasi  va  yaslining  birgalikda  joylashuvi;  sartaroshxona,  turli 

xil  ta'mirlash  korxonalari,  kimyoviy  tozalash,  hammom  va  boshqalar  bir  joyda 

hududiy majmua shaklida tashkil etiladi. 

Hududiy  ishlab  chiqarish  (va  noishlab  chiqarish)  majmualari  kombinatlashuv 

jarayoni  asosida  vujudga  keladi.  Ma'lumki,  ishlab  chiqarishni  ijtimoiy  va  hududiy 

tashkil  etishning  bu  shaklida  bir  xom  ashyodan  bir  necha  xil  mahsulot  yetishtirish 

yoki bir hududda — joyda turli korxonalarni qurish mumkin. 

Albatta, hududiy majmualarning iqtisodiy samaradorligi ma'lum bir chegarada 

yuzaga keladi. Agar bunday majmualar haddan tashqari hududiy va tarkibiy jihatdan 

kattalashtirilsa  iqtisodiy  samaradorlik  evaziga  qator  qiyinchiliklar,  muammolar 

vujudga  keladi:  xom  ashyo  va  mehnat  resurslari  yetishmaydi,  transport  harajatlari 

ko'payadi,  ekologik  vaziyat  buziladi,  boshqarish  qiyin  bo'ladi  va  h.k.  Binobarin, 

hududiy  majmualarning  nisbatan  kichikroq  bo'lgani  ma'qul  (aksariyat  rivojlangan 

xorijiy davlatlarda xuddi shunday). 

Endi,  hududiy  ishlab  chiqarish  majmualarini  iqtisodiy  geografiyaning  oldingi 

tushunchalari  bilan  munosabati,  aloqasini  ko'rib  chiqaylik.  Bu  o'rinda  aytish 

mumkinki,  har  qanday  iqtisodiy  rayon  o'ziga  xos  hududiy  ishlab  chiqarish 

majmuasidir  (bu  yerda  majmua  mintaqaviy  rivojlanishning  maqsadi  yoki  real  holati 

bo'lishi  mumkin).  Ammo,  yuqorida  aytganimizdek,  hududiy  ishlab  chiqarish 

majmualarini  iqtisodiy  rayonlarning  quyi,  mahalliy  bosqichlariga  muvofiq  holda 

qarash ma'qulroq. 

Hududiy  ishlab  chiqarish  majmualari  ham  hududiy  mehnat  taqsimotining 

natijasidir.  Shu  bilan  birga  ular  ma'lum  ma'noda  bu  taqsimotning  aksi,  hisoblanadi. 

Chunki, agar hududiy mehnat taqsimoti oqibatida ishlab chiqarish iqtisodiy makonda 

parchalansa,  hududiy  majmuasida  ular,  aksincha,  birlashadi,  to'planadi,  ya'ni 



differensiatsiya  integratsiyaga  olib  keladi.  Biroq,  hududiy  majmualar  doirasida  ham 

mehnat  taqsimoti,  ixtisoslashuv,  hududiy  va  ishlab  chiqarish  mujassamlashuvi 

mavjud. 

Hududiy  ishlab  chiqarish  majmualari  iqtisodiy  yo'nalishlari  bo'yicha  turlicha; 

ular  tog'-kon,  qayta  ishlash,  qishloq  xo'jaligi,  agroindustrial,  rekreatsiya-turizm, 

dengiz xo'jaligi, poytaxt shaharlar ta'sir doirasida shakllanishi mumkin. Har qanday 

holda ham ular iqtisodiy geografiyaning eng muhim, sifat jihatidan mukammal tizim 

ko'rinishiga  ega  bo'lgan  belgisidir.  Balkim  iqtisodiy  geografiyaning  iqtisodiyot 

geografiyasi  emas,  iqtisodiy  geografiya  bo`lishiga  ham  aynan  ana  shu  hududiy 

majmualar  sababchidir.  Shu  bois  hududiy  ishlab  chiqarish  majmualari  hozirgi 



 

17 


iqtisodiy geografiyaning asosiy tadqiqot ob'yekti hisoblanadi. 


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling