Buxoro davlat universiteti tuproqshunoslik va geografiya
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy geografiya asoslari
O'zbekiston deganda paxta, paxta deganda O'zbekiston; ko'mir deganda Angren,
Angren deganda ko'mir ... Hududiy mehnat taqsimotining shakllanishiga qator omillar ta'sir qiladi. Ularga
sharoit va tabiiy resurslarning turli tumanligi mamlakat yoki mintaqada xo'jalik yuritishning turli yo'nalishlarini vujudga kelishiga asos bo'lib xizmat qiladi. Tog', voha va vodiy, cho'l, o'rmonzor, issiq iqlim yoki qurg'oqchilikda shularga mos holda iqtisodiyot ixtisoslashuvi ham turlicha bo'ladi. Faraz qilaylik, agar O'zbekiston hududi (tabiati) faqat Qizilqum cho'llari yoki Ustyurt platosi yoki faqat Farg'ona 12
vodiysidek bo'lganda, ehtimol, xo'jalik tizimi ham ancha bir tomonlama bo'lar edi. Shu nuqtai-nazardan aytish mumkinki, mamlakat, mintaqa hududining yer usti tuzilishi, iqlim, qazilma boyliklari qanchalik turli-tuman bo'lsa bu yerda hududiy mehnat taqsimoti, iqtisodiyotni kompleks rivojlantirish uchun shunchalik katta imkoniyatlar mavjud bo'ladi. Hududning tabiiy geografik jihatdan har xilligi bu uning
Sababi, har bir joy, landshaft albatta ma'lum bir sohaga qulay, boshqasiga noqulay bo'lishi mumkin; asosiy maqsad — ana shu joyning nimaga qulayligini aniqlash va undan to'g'ri foydalanishdir. Shunday qilinsa, ko'pgina ekologik muammolarning oldi ham olinar edi. Yer yuzida tog' ham yaxshi, tekislik ham, suv ham, quruqlik, cho'l va voha ham, shahar va qishloq ham va h.k. Lekin ularning har biri ma'lum, muayyan maqsadda yaxshi. Ayni vaqtda bunday «geojuft»larning borligi dunyoning butligi, jamiyat taraqqiyoti, hududiy mehnat taqsimotining amalga oshirilishini ta'minlaydi. Tabiiy omillardan tashqari hududiy mehnat taqsimotiga ijtimoiy-iqtisodiy omillar, xususan hozirgi vaqtda bozor iqtisodiyoti omili katta ta'sir ko'rsatadi. Qolaversa, tabiiy va mehnat resurslari xo'jalikning rivojlanish va joylanishiga qulaylik yaratish mumkin, ammo shu mahsulotni yetishtirish yoki yetishtirmaslik talab va ehtiyojga, bozorga bog'liq. Binobarin, hozirgi davrda nimaga ixtisoslashuvni eng avvalo bozor belgilaydi. Hududiy mehnat taqsimoti, ixtisoslashuv, tashqi iqtisodiy aloqalar transportsiz amalga oshmaydi. Transport iqtisodiy geografik jarayonlarni harakatga keltiruvchi asosiy kuch, iqtisodiyotning qon tomiridir. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling