Buxoro davlat universiteti tuproqshunoslik va geografiya


Iqtisodiy rayonlashtirish


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/76
Sana05.01.2022
Hajmi0.82 Mb.
#212623
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   76
Bog'liq
iqtisodiy geografiya asoslari

Iqtisodiy rayonlashtirish. Har bir fanning o'ziga xos va o'ziga mos, birlamchi 

tushunchasi  bor.  Masalan,  biologiyada  hujayra,  kimyoda  malekula,  fizikada  atom, 

tarixda  —  davr  va  h.k.  Geografiyaning  bosh  tushunchasi  rayondir.  Iqtisodiy  rayon 

esa iqtisodiy geografiyaning asosiy tushunchasi hisoblanadi. 

Boshqa  fanlarda  bo'lganidek,  birlamchi  tushuncha  ham  oson  va  ham  qiyindir. 

Umuman,  rayon  deganda  ma'lum  o'xshashlikka  ega  bo'lgan  hududning  bir  qismi 

nazarda  tutiladi.  Tabiiy  geografiyada,  masalan,  botqoqlik,  tepalik,  tog'lik,  tekislik, 

cho`l  va  boshqa  landshaft  turlari  rayon  hisoblanadi,  chunki  ular  shu  jihatlari  bilan 

atrof, qo'shni hududlardan farq qiladi. Iqtisodiy  geografiyada  tog'-kon, dehqonchilik, 



chorvachilik, dam olish kabi mintaqa-rayonlarni ajratish mumkin. 

«Rayon»  tushunchasining  murakkabligi  shundaki,  u  tashqaridan  qaraganda 

oddiy  ko'rinsada,  ichki  tuzilishi  bo'yicha  rang-barang,  murakkab  hududiy  tizimdir. 

Masalan,  Farg'ona  iqtisodiy  rayonini  olaylik;  ushbu  rayon  (mintaqa)  respublika 

mehnat  taqsimotida  avtomobilsozlik,  oziq-ovqat  sanoati,  paxta  va  pilla,  meva 

yetishtirishga  ixtisoslashgan.  Ammo  mazkur  tarmoqlar  vodiyning  barcha  qismlariga 

ham  xos  emas;  qolaversa  bulardan  tashqari  mahalliy  ahamiyatga  ega  bo'lgan 

iqtisodiyot tarmoqlari ham mavjud. 

Mazkur  tushunchaning  yana  bir  mushkullik  tomoni  uning  hududiy  ko'lami 

bo'yicha ko'p bosqichli, ko'p «qavatli», ekanligidir. Chunonchi, Janubi-sharqiy Osiyo, 

Yevropa, Sibir, Farg'ona vodiysi, Toshkent viloyati, Bekobod tumani, uning «Oybek» 

jamoa  xo'jaligi  ham  rayondir.  Demak,  rayon  ichida  rayon,  uning  tarkibida  yana 

«rayoncha»,  (xuddi  «matryoshka»  o'yinchog'idek).  Ehtimol,  geografiya  fanining 

muhim  bir  xususiyati  aynan  ana  shunday  turli  masshtabda  fikrlay  olish  qobiliyatiga 

ega bo'lishidadir. 

Uchinchi  qiyinchilik  ilmiy  adabiyotlarda  rayonga  o'xshash  tushunchalarning 

mavjudligida  bo'lsa  kerak.  Jumladan,  ingliz  tilidagi  region,  nemis  tilidagi  landshaft, 

fransuzcha  peyzaj,  o'zbek  tilida  mintaqa,  tuman,  nohiya  kabilar  ham,  umuman 

olganda, hududning bir qismini bildiradi. Bu atamalarning barchasi ishlatishga haqli, 

biroq  ularning  o'z  o'rnida  qo'llanilishi  ma'qul.  Masalan,  region  kattaroq  hududni 

(xususan  halqaro  iqtisodiy  munosabatlar  va  siyosiy  geografiyada),  landshaft  — 

tabiiy geografik muhitni, peyzaj — qaysi bir joy manzarasini tavsiflashda qo'l keladi. 



 

14 


Yana boshqa bir chalkashlik bor: baynalminal mazmunga ega bo'lgan «rayon» 

tushunchasi  haqiqiy  geografik  borliq  va  shu  bilan  birga  ma'muriy  hududlarga  ham 

tegishli.  Uning  ustiga,  ushbu  so'zni  barcha  holatlarda  mahalliylashtirish  —  nohiya 

yoki  tumanga  o'girish  maqsadga  muvofiq  emas.  Shu  nuqtai  nazardan  oddiy  tabiiy 

geografik  rayonlarni  (to`g,  cho'l  voha  va  h.k.)  tuman,  iqtisodiy  rayonlarni-iqtisodiy 

nohiya shaklida aytish mutlaqo noto'g'ri. 

Iqtisodiy  rayon  hosil  qiluvchi  omillar  ham  hududiy  mehnat  taqsimoti 

omillariga  o'xshab  ketadi.  Chunki,  iqtisodiy  rayonlar  hududiy  mehnat  taqsimoti 

jarayonining  hosilasi,  natijasidir  (hududiy  mehnat  taqsimoti→  ixtisoslashuv 

→iqtisodiy  rayon).  Bu  omillar  tabiiy  boyliklar,  mehnat  resurslari,  hududning 

yaxlitligi,  yirik  rayon  hosil  qiluvchi  markaz  yoki  markazlarning  mavjudligi  va, 

albatta,  iqtisodiy  geografik  o'rin  hamda  ixtisoslashgan  xo'jalik  tarmoqlarining 

shakllanganligidir.  Demak,  bu  yerda  eng  avvalo  ikki  muhim  omilni  ko'rsatish 

mumkin:  iqtisodiy  (tabiiy  va  mehnat  resurslari  asosida  ixtisoslashuv)  va  geografik 

(hududning yaxlitligi va uning geografik joylashganligi). 

Iqtisodiy  rayonlar  dunyoning  barcha  mamlakatlarida,  ularning  maydonini 

katta-kichikligidan  qat'iy  nazar,  mavjud.  Bu  rayonlar  yirik  iqtisodiy  mintaqa  (zona), 

asosiy  va  mahalliy  darajada  bo'ladi.  Shuningdek,  iqtisodiy  rayonlarni  ma’muriy-

hududiy  birliklar,  masalan,  viloyat  miqyosida  ham  ajratiladiki,  ularni  boshqarish 

boshqa tipdagi rayonlarga qaraganda osonroq va qulayroq. 



Xo  'sh,  iqtisodiy  rayonlar  nima  uchun  kerak?  Avvalambor  bu  rayonlarsiz 

iqtisodiy  geografiya  fanining  o'zi  ham  bo'lmaydi  (rayon  —  joy,  yer,  hudud,  demak 

«geo»).  Shundan  kelib  chiqqan  holda  aytish  mumkinki,  iqtisodiy  rayon  iqtisodiy 

geografiyadir.  Binobarin,  iqtisodiy  geografiya  fanining  tarixi  iqtisodiy  rayonlarning 

shakllanishi, hududiy mehnat taqsimotining natijasidir. 

Iqtisodiy  rayonlarsiz,  hududning  ichki  jihatdan  iqtisodiy  turli-tumanligini 

anglamasdan  turib  mamlakat  iqtisodiy  geografiyasini  o'rganish  mumkin  emas.  Zero, 

har qanday davlatning iqtisodiy salohiyati va xavfsizligi uni tashkil qilgan mintaqalar 

birligi  bilan  ifodalanadi;  mintaqalar,  ichki  hududlarsiz  «mamlakat»  mavhum 

tushuncha boiib qolaveradi. Bundan tashqari, mamlakat iqtisodiy geografiyasini faqat 

xo'jalik tarmoqlari orqali, «yoppasiga», umuman yoki «o'rtacha» o'rganib bo'lmaydi. 

Nazariy va asosiy jihatdan iqtisodiy rayonlar har qanday davlatning mintaqaviy 

siyosatini  olib  borishda  zarur.  Sababi,  davlat  o'zining  barcha  ichki  qismlariga, 

ularning  imkoniyat  va  ehtiyojlari,  muammolaridan  kelib  chiqqan  holda  «muomala» 

qiladi.  Bozor  iqtisodiyotiga  o'tish  davrida  davlatning  mintaqaviy  siyosati  maxsus 

vositalar (byudjet-kredit, soliq, investitsiya mexanizmlari) yordamida ishlab chiqarish 

kuchlarini hududiy jihatdan tartibga solib, boshqarib boradi. 



 

15 



Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling