Buxoro davlat universiteti tuproqshunoslik va geografiya


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/76
Sana05.01.2022
Hajmi0.82 Mb.
#212623
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   76
Bog'liq
iqtisodiy geografiya asoslari

Birinchi  davr  iqtisodiy  geografiyaga  doir  ma'lumot  va  bilimlarning 

shaklanishi,  uning  fan  sifatida  vujudga  kelishini  o'z  ichiga  oladi  (taxminan  XX 

asrning 20-yillarigacha). 

Ta'kidlash  joizki,  iqtisodiy  geografik  mazmunga  ega  bo'lgan  ma'lumotlar 

bizning  yurtimizda  ham  bo'lgan.  Bunday  ma'lumotlar  vatandoshlarimiz  Beruniy, 

Mirzo  Ulug'bek,  Zahiriddin  Bobur,  Behbudiy  kabi  allomalarning  asarlarida  bor 

(ammo ularning geografik meroslari yaxshi o'rganilmagan). Shu bilan birga ko'pgina 




 

21 


iqtisodiy  geografik  ma'lumotlar  Xitoy  va  Arab  sayyohlarining  kitoblarida  ham 

yoritilgan.  Ular  yurtimizda  savdo,  hunarmandchilik  va  ayniqsa,  bozorlar  va 

shaharlarga katta e'tibor berishgan. Demak, aynan ana shu shahar va bozorlar tafsiloti 

orqali  o'lkamizning  o'sha  davrdagi  iqtisodiy  tarixiy  geografiyasini  bilib  olishimiz 

mumkin. 

Hududiy  mehnat  taqsimoti  keng  ko'lamda  XIX  asrda,  yirik  sanoat  ishlab 

chiqarishi hamda halqaro savdo-sotiq va transport tizimi asosida rivojlanib bordi. Bu 

esa  iqtisodiy  makonning  ichki  turlanishiga  va  ayni  vaqtda  iqtisodiy  geografik 

bilimlarga bo'lgan ehtiyojlarga olib keldi. 

Shu bilan birga buyuk geografik kashfiyotlardan so'ng Yer sharida ochilmagan 

joy  qolmadi.  Endi  geotizim  o'zining  «berk»  xususiyatini  oldi.  Bu  esa  shakllanib 

bo'lgan  jahonnnig  geoiqtisodiy  va  geosiyosiy  makonini  mamlakat  va  mintaqalar 

doirasida  chuqur  o'rganishni  dolzarb  qilib  qo'ydi,  ekstensiv,  oddiy-kuzatish  va 

tanishishdan intensiv ilmiy tadqiqotlarga, hududiy tahlil, tashxis va bashorat qilishga 

o'tildi. 

1749  yilda  nemis  olimi  N.  Anxenval  statistika  to'g'risidagi  kitobini  nashr 

ettiradi  va  ushbu  fanga  asos  soladi.  Uning  statistikasi  mamlakat  hayotiga  oid  barcha 

miqdoriy  ko'rsatkichlarga  (davlat  chegarasi,  maydoni,  aholisi,  armiyasi,  qazilma 

boyliklari  va  h.k.)  bag'ishlanganligi  sababli  u  davlatshunoslik  (state  —  shtat,  ya'ni 

davlat),  kameral  statistika  mazmuniga  ega  edi.  Germaniya  statistikasida  fakt  va 

raqamlar juda ko'p bolib, u eng avvalo mamlakat hayotini miqdor jihatidan tasvirlab 

berardi,  xolos  («описательная  статистика»).  Shu  sababdan  uning  tahliliy,  ilmiy 

ahamiyatiga ko'ra axboriy tomonlari ko'proq bo'lgan. 

Shu  davrda  ingliz  iqtisodchisi  U.  Pettining  ham  statistika  to'g'risidagi  asari 

chop  etiladi.  Uning  bu  kitobida  mamlakat  siyosiy-iqtisodiy  hayoti  va  savdo-sotiq 

bilan  bog'liq  ma'lumotlarga,  ularning  tahliliga  hamda  ayrim  qonuniyatlarga  e'tibor 

berilgan.  Demak,  U.  Petti  statistikasining,  aniqrog'i  matematik  statistikasining  fanga 

yaqinligi ancha yuqori (uni ba'zilar «siyosiy arifmetika» deb yuritishgan). 

Bizning  taxminlarimizga  ko'ra,  nemis  statistikasi  keyinchalik  iqtisodiy 

geografiyaga,  ingliz  statistikasi  esa  avvalgi  siyosiy  iqtisod  —  hozirgi  iqtisodiy 

nazariya  fanlariga  asos  bo'lib  xizmat  qilgan.  Aynan  nemis  statistikasi  ta'sirida 

Rossiyada ham statistika va iqtisodiy geografiya fanlari shakllangan. 

Geografiya  va  shu  jumladan  iqtisodiy  geografiyaning  vujudga  kelishida 

geografik 

determinizm 

yo'nalishi 

hamda 

nemis 


olimi 


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling