Sanoat geografiyasi – iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning bir qismi bo'lib, u
turli mamlakat va rayonlarda sanoat tarmoqlarining joylanish xususiyatlari hamda
sanoatda vujudga kelgan hududiy majmualarning shakllanish qonuniyatlarini
o'rganadi.
Sanoat geografiyasining asosiy vazifasi quyidagilardan iborat: sanoat
rivojlanishiga sezilarli ta'sir etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy omillarni tavsiflash; sanoat
rayonlari, tugunlari va markazlarining shakllanish omillarini o'rganish; ayrim sanoat
tarmoqlarining holatiga va joylashishiga ta'sir etadigan texnik-iqtisodiy sharoitni
tadqiq qilish; tarmoqlararo va rayonlararo aloqalarni o'rganish; mamlakat xalq
xo'jaligida va iqtisodiy rayonlar shakllanishida sanoat joylashishining ahamiyatini
aniqlash.
Har qanday mamlakat sanoatining asosini industrlashtirish darajasi tashkil
qiladi.Industrlashtirish deganda ishlab chiqarishning hamma tarmoqlarida fan
Do'stlaringiz bilan baham: |