sanoat tuguni (uzeli) deb ataladi. Sanoat tuguni bitta shahar doirasida ham bo'lishi
mumkin, ko'p hollarda u bir necha shaharlardan yoki ishchi shaharchalari bilan
o'ralgan shaharlar tizimidan iborat bo'ladi. Sanoat tuguniga kirgan korxonalar yagona
transport tarmog'idan, energiya va suv ta'minotining umumyi manbalaridan
birgalikda foydalanadi (ba'zan zom ashyo resurslari ham umumiy bo'ladi), mehnat
resurslarini ishlab chiqarishga to'laroq jalb qiladi. Bularning hammasi mehnat
unumdorligini
oshirishga,
mablag'larni
tejashga,
korxonalar
egallaydigan
maydonlarni qisqartirishga olib keladi. Sanoat tugunlari – sanoat korxonalarini
joylashtirishning ilg'or usulidir.
Sanoat tugunlari va markazlari to'plangan hududlar sanoat rayonlari deb
ataladi. Mahsulot ishlab chiqarishda u yoki bu sanoatning salmog'iga qarab,
undiruvchi sanoat yoki ishlov beruvchi sanoat rayonlari ajratiladi. Ularning katta-
kichikligi har xil bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |