Buxoro davlat universiteti tuproqshunoslik va geografiya
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy geografiya asoslari
Tabiiy omillarga eng avvalo yer va uning ustki tuzilishi, qazilma boyliklar,
iqlim, suv, harorat, tuproq, o'simlik va hayvonot dunyosi kiradi. Bu xususda tabiiy geografik bilimlar zarur bo'ladi. Biroq, tabiiy geografiya uchun tabiat komponentlarining kelib chiqish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish talab qilinsa, iqtisodiy geografiya va mintaqaviy iqtisodiyotda ana shu qonuniyatlarga tayangan holda bu komponentlardan xo'jalik faoliyatida foydalanish yo'llarini o'rganish lozim bo'ladi. Shu jihatdan, tabiiy sharoit va boyliklarga baho berish, tabiiy va iqtisodiy
36
geografiya (mintaqaviy iqtisodiyot) o'rtasidagi «ko'prikdir». Ishlab chiqarishni joylashtirish maqsadida tabiiy komponentlar avval «donalab» tahlil qilinadi va baholanadi. So'ngra asosiy e'tibor tabiiy boyliklarning hududiy birikmalariga qaratiladi. Bu esa, ob'yektga kompleks, ya'ni atroflicha yondoshuvni taqozo etadi. Yana shuni ta'kidlash kerakki, ma'lum bir tabiiy komponent qaysi bir xo'jalik tarmog'iga sharoit bo'lib xizmat qilsa, boshqasi uchun u resurs «ya'ni boylikdir». Masalan, yer qishloq xo'jaligida resurs, boshqa tarmoqlar (sanoat, transportda u asosan sharoit vazifasini o'taydi. Ob-havo, harorat ham xuddi shunday. Yoki
emas, balki resurs hisoblanadi va h.k. Shu bilan birga ilmiy texnika taraqqiyoti natijasida sharoit resursga aylanishi ham mumkin. O'z-o'zidan ma'lumki, ishlab chiqarishni joylashtirishda, yoki aniqrog'i — joy tanlashda avvalambor resurs hisobga olinadi. Hudud bo'yicha mutaxassis unga atroflicha baho bera olishi, qaysi soha qulay, qaysinisiga esa noqulayligini aniqlashi kerak. Unutmasligimiz lozim: tabiatda
Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling