«№ 1» global muammosi ekologiya, atrof-muhit muhofazasi bo'lib qoldi.
Xo'jalikning turli tarmoqlari o'ziga xos ekologik sig'imga ega. Asosiy ishlab
chiqarish tarmoqlari — makroiqtisodiy tizimlar: sanoat, qishloq xo'jaligi, transport
ekologik vaziyatni shakllantiruvchi eng muhim omillardir. Bu borada N.N.
Kolosovskiyning energiya ishlab chiqarish sikllari g'oyasiga amal qilish ham katta
samara beradi. Zero, bu konsepsiya ishlab chiqarishning chiqindisiz texnologik
jarayonini tashkil qilishni ko'zda tutadi.
Jahon xo'jaligining yagona tizimi vujudga kelganga qadar halqaro (geografik)
mehnat taqsimoti uncha rivojlanmagan edi. Hatto XVII-XVIII asrlargacha ko'pgina
mamlakatlar halqaro iqtisodiy munosabatlarda o'zlarining ichki bozorlariga chet el
mahsulotlarini kiritishga qarshi siyosat olib borar edilar. Bu siyosat, yoki importni
cheklash iqtisodiyot tarixida merkantilizm nomi bilan o'rin olgan.
Albatta, bunday sharoitda jahon bozori xususida so'z yuritish mumkin emas.
Jahon bozori erkin iqtisodiyot, ochiq savdo tizimini joriy qilishni taqozo etadi. Ana
shunday yo'nalish fiitredizm, ya'ni erkin savdo deb ataladi. Uning ilmiy asosini
yaratishda A. Smit va, ayniqsa, D. Rikardoning xizmati katta bo'lgan. Ularning
g'oyalari halqaro geografik mehnat taqsimotini keng ko'lamda rivojlantirish,
mamlakatlararo savdo-sotiqni faollashtirishga qaratilgan boiib, u qiyosiy imtiyoz
Do'stlaringiz bilan baham: |