Buxoro davlat universiteti tuproqshunoslik va geografiya
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy geografiya asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Avgust Lyosh
Kristallerga tegishli. U 1930-yillarda aholining hududiy tarqalishi va joylanishi
masalalarini o'rganib, o'zining «Janubiy Germaniya markaziy o'rinlari» nomli kitobini yozdi. Markaziy o'rinlar turli yiriklikdagi shahar va boshqa aholi manzilgohlari bo'lib, ular o'ziga xos ta'sir doirasi, xizmat ko'rsatish radiusiga ega. Ideal holatda har xil miqyosdagi markaziy o'rinlar geografik muhitda oltiburchak shaklga ega va ular asalarining uyasini eslatadi. Kristaller uchun ham hudud barcha sharoitlar bo'yicha bir xil bo'lishi, ya'ni hudud tep-tekis, aholi, aholi manzilgohlari, yo'l va boshqalar bir xil joylashgan. Ana shunday ideal manzaradan kelib chiqqan holda u o'zining ilmiy g'oyasini yaratdi. V. Kristaller nomi bilan «Markaziy o'rinlar», iyerarxiya, shaharlar klassifikatsiyasi kabi tushunchalar, aholiga xizmat ko'rsatish sohalarini joylashtirishga oid ilmiy fikrlar bog'liq. Boshqa, yosh va iste'dodli nemis olimi Avgust Lyosh o'zidan oldingi vatandoshlarining ilmiy ishlanmalarini umumlashtirib (u A.Veberning o'quvchisi edi), barcha xo'jalik tarmoqlarini joylashtirish to'g'risida ish olib bordi. A. Lyosh g'oyalarining mohiyati uning maxsus kitobida (ruscha nomi «Географическое размещение хозяйства»—M. 1959) bayon etilgan. Kitobning asl nusxasi. qo'lyozmasi 1940 yilda nashr qilingan. 41
A.Lyosh qishloq xo'jaligining areal, maydon sifatida, sanoatning esa nuqtasimon hududiy tashkil etish xususiyatlarini asoslab berdi. U birinchi bo'lib «bozor muhiti yoki makoni», «iqtisodiy landshaft» (hozirgi kunda —iqtisodiy rayon) tushunchalarini yaratdi va fanga kiritdi. Agar avvalgilar, xususan I. Tyunen va A. Veber alohida korxonani, tarmoqni o'rgangan bolishsa, A. Lyosh ishlari barcha xo'jalik sohalarini qamrab oldi va o'z mohiyatiga ko'ra mikroiqtisodiy bozor munosabatlari, uning ta'sir doirasi haqiqiy rayon tashkil qiluvchi omil ekanligi ta'kidlandi, matematik usullarni keng qo'lladi. Aynan ana shu tamoyillarni hozirgi kunda O'zbekistonni iqtisodiy rayonlashtirish masalalariga tatbiq qilish ahamiyatdan holi bo'lmasa kerak. Ta'kidlash joizki, I. Tyunen va A. Veber g'oyalari o'z davri talabiga mos kelardi. Sababi — u davrda hududning iqtisodiy sig'imi, zichligi uncha yuqori emas, hududiy-iqtisodiy manzara qutbiylashmagan, ya'ni deyarli bir tekis edi. Ana shunday iqtisodiy geografik holat alohida korxona yoki tarmoqlarni ayrim joylarda o'rinlashtirish ta'sirida o'zgaradi, notekislik xususiyatini oladi. Boshqacha qilib aytganda, avvalgi tabiiy ko'rinishdagi iqtisodiy tekislik notekislikka, hududiy mujassamlashuvning kuchayishiga o'zgaradi. Buning natijasida notekislikni tekislashga urinib ko'radigan ilmiy izlanishlar talab etildi. Xuddi shunday uzluksiz tizimga moslashgan ishlab chiqarish va aholiga xizmat ko'rsatish sohalarini hududiy tashkil qilish g'oyalarini V.Kristaller va A.Lyosh yaratdi. Iqtisodiyot nuqtai nazaridan uncha o'zlashtirilmagan, xo'jalik sig'imi past va hududlarni rivojlantirish va jonlantirish borasida o'sish qutblari va rivojlanish Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling