Buxoro davlat universiteti tuproqshunoslik va geografiya


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/76
Sana05.01.2022
Hajmi0.82 Mb.
#212623
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   76
Bog'liq
iqtisodiy geografiya asoslari

N.D.Kondratyevning  30-yillarda  ilmiy-texnika  o'zgarishlariga  asoslangan  «uzun 

to'lqinlar»  nazariyasi  mavjud.  Shuningdek,  amerikalik  olim  R.Vernonning  (XX  asr 

o'rtalari)  eksport  tovarining  hayot  sikli  to'g'risidagi  g'oyasi  ham  yangiliklarning 

diffuziyasi va texnologik determinizm bilan bog'liq. 

Diffuziya  (fizik  atama  bo'lib),  singish  va  tarqalish  xususiyatiga  ega  bo'lgan 

holatdir.  Birinchisida  yangilikning  amaliy  tatbiq  doirasi  asta-sekin  singib  boradi, 

ikkinchisida  esa  bu  birin-ketin  sodir  bo'ladi,  yangilik  biridan  ikkinchisiga  ko'chadi. 

Xuddi  shu  xususda  amerikalik  iqtisodchi  M.  Porterning  (1993)  markazdan  chetga 

kashfiyotlarning,  yangi  texnologiyalarga  asoslangan  ishlab  chiqarish  tarmoqlarining 

ko'chishi,  bir  mamlakatdan  ikkinchi,  uchinchiga  va  h.k.  darajalarga  kaskadsimon 

o'tishi, migratsiyasi haqidagi ilmiy ishlanmalari ham bor. 

Sobiq  Ittifoqning  parchalanishi  va  mustaqil  davlatlarning  paydo  bo'lishi  bilan 

geosiyosiy  vaziyat  o'zgardi.  Ana  shunday  sharoitda  chegara  atrofi  mintaqalarini 

o'rganish, «Markaz-chekka» (perifiriya) munosabatlarini tadqiq qilish masalalari ham 

ishlab chiqarishni tashkil etish bilan bevosita aloqadordir. 

Jahon  xo'jaligi  tizimi  (bu  tushuncha  asoschisi  amerikalik  I.  Vallerstayn), 

uning taraqqiyotidagi sikllar davriy, tarixiy xususiyatga ega. Bunday yondashuvni tik 

emas, gorizontal, ya'ni geografik jihatdan ham qo'llash mumkin. Natijada, iqtisodiyot 

rivojlanishining  hududdan-hududga  o'tishi,  bizning  iboramizda  «geografik  konveyr» 

yoki estafeta ko'z oldimizga keladi. 




Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling