Izardlarning tarmoqlararo va hududlararo balansi hamda mintaqaviy iqtisodiyot fani
to'g'risidagi ilmiy g'oyalarini, Zipfa va Styuart, Dj.Fridman kabilarning shaharlar
rivojlanishi, boshqa olimlarning «dunyoviy shaharlar» haqidagi yangi ishlarini ham
bilishlari lozim. Zero, ularning barchasi ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish bilan
bevosita bog'liq.
Biz yuqorida ishlab chiqarishni joylashtirishning ilmiy g'oyalarini asosan G'arb
olimlari asarlari bo'yicha talqin qildik. O'z-o'zidan savol tug'ilishi tabiiy: nahotki uzoq
tarixga, madaniyatga ega bo'lgan o'zimizning yurtimizda bunday ishlar qilinmagan
bo'lsa? Shubha yo'q, albatta bu borada ham o'lkamiz katta va boy merosga ega.
Muammo faqat ularni tarixiy manbalardan qidirib topish, o'rganish, targ'ib va
tashviqot qilish, amalga tatbiq qilishdan iborat bolmog'i lozim. Masalan, bu yerda,
xususan dehqonchilikni rivojlantirish va joylashtirish, sug'orish inshootlarni qurish va
foydalanish, savdo va hunarmandchilik sohalari, shaharsozlik to'g'risida dunyo
ahamiyatiga molik ixtirolar yaratilgani sir emas. Matematika, tibbiyot va boshqa
fanlar tug'ilgan bu Ona zamin ijtimoiy-iqtisodiy hayotning boshqa sohalariga, jahon
madaniyati va tarixiga ham o'zining munosib hissasini qo'shgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |