Tayanch tushunchalar
1. Ishlab chiqarishni joylashtirishga ta'sir etuvchi tabiiy omillarga - yer va uning
ustki tuzilishi, qazilma boyliklar, iqlim, suv, harorat, tuproq, o'simlik va hayvonot
dunyosi kiradi.
2. Ishlab chiqarishni joylashtirishga ta'sir etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy omillar -
aholi va mehnat resurslari, transport, ilmiy-texnika taraqqiyoti, ijtimoiy va ishlab
chiqarish infrastrukturasi kabilardan tashkil topadi.
3. Sanoat parki - yo'l, yer osti va usti qurilmalari, elektr uzatuvchi shaxobchalar,
turar joy, maishiy xizmat ko'rsatish ob'yektlari mavjud bo'lgan hamda yangi ishlab
chiqarishni, qo'shma korxonalarni o'ziga jalb qiluvchi hudud.
4. Merkantilizm - biror bir mamlakatni halqaro iqtisodiy munosabatlarda o'zining
ichki bozoriga chet el mahsulotlarini kiritishga qarshi siyosat olib borishi ya'ni
importni cheklash siyosati demakdir.
5. Fritredizm - ya'ni erkin savdo degan ma'noni bildiradi. Jahon bozorini erkin
iqtisodiyot, ochiq savdo tizimiga o'tishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |