N.D. Kondratyev jahon xo'jaligi dinamikasida 5 ta sikl ajratadi, ulardan
to'rttasi industriya davriga, oxirgi 5-undan keyingi, ya'ni postindustrial davrga to'g'ri
keladi. Bu davrda elektronika, lazerlar texnologiyasi, biotexnologiyalar ustuvor
ahamiyatga ega. Xuddi shunga o'xshash hududiy-iqtisodiy rivojlanishning ketma-
ketligini kuzatish mumkin. Bu o'rinda I. Mechnikovning jahon sivilizatsiyasi
bosqichlari va bunda buyuk tarixiy daryolarning roli haqidagi asarini ham e'tibordan
chetga qoldirmaslik kerak. Muallif jahon madaniyati va taraqqiyotida daryo, O'rta
dengiz va okean sivilizatsiyalarini ajratadi. Ular bir vaqtning o'zida emas, balki turli
davrlarda, birining o'rnini ikkinchisini olishi bilan yuzaga kelgan.
Darhaqiqat, jahon taraqqiyoti Uzoq Sharq, Yaponiya va Xitoydan boshlanib,
O'rta va Yaqin Sharqqa, undan O'rta dengiz va Pireney yarim oroliga, ulardan
Angliya va nihoyat Amerikaga (AQSh)ga ko'chdi. Hozirgi davrda tarixni, iqtisodiy-
ijtimoiy hayotni rivojlantiruvchi mintaqalar «uchburchagi», ya'ni AQSh-G'arbiy-
43
Yevropa-Yaponiya hisoblanadi. Ayni vaqtda, yetakchi kuchning asta-sekin yana
sharqqa ko'chishi alomatlari sezilmoqda. Ayni vaqtda buni Yaponiya ta'siri va
boshchiligida yangi industrial mamlakatlar — Janubiy Koreya, Singapur, Tayland,
Malayziya, Indoneziya jadal sur'atlar bilan rivojlanishida ko'ramiz. Demak, bizning
nazarimizda, iqtisodiy taraqqiyotning sikl xususiyatiga ega ekanligi faqat davr, vaqt
doirasidagina emas, balki Yer shari, global geografik makonda ham sodir bo'lmoqda.
Bu esa albatta jahon xo'jaligining rivojlanish va uning hududiy tarkibiga ta'sir qiladi.
Shu bilan birga mintaqa iqtisodchilari, iqtisodiy geograflar V. Leontyev va U.
Do'stlaringiz bilan baham: |