umuman yomon joy yo'q, balki nodon mutaxassis bor; har bir joy nima uchundir
qulay, maqsad — shu qulaylikni aniqlash va undan o'z yo'lida to'g'ri foydalanishni
ta'minlashdir.
Masalan, yer usti tuzilishining (relyef) tekislik yoki tog'likdan iboratligi
xo'jalikning bir tarmog'i uchun qulaylik tug'dirsa, ikkinchisida qiyinchilikni vujudga
keltiradi. Chunonchi, agar hudud tekislik bo'lsa, u holda bu yer qishloq xo'jaligi,
sanoat, transport va aholini joylashtirish juda qulay. Lekin, ayni paytda bunday
sharoitda daryo va daryochalar mo'l (ko'priklarni ko'plab qurish kerak), bu daryolarda
yirik elektr stansiyalarini qurish sharoiti ham yo'q. Tog'lik bo'lsa, bu yerda dam olish,
tog'-kon sanoati, suv energetikasi, o'rmon xo'jaligini rivojlantirish mumkin. Ammo
bunday sharoit sug'orma dehqonchilik, qayta ishlash sanoati, aholi manzilgohlarini
joylashtirish uchun qulay emas. Shunga o'xshash misollarni juda ko'plab keltirish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |