Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni O’zbekiston
Download 2.5 Mb. Pdf ko'rish
|
agrobiznes
2.3. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni O’zbekiston
iqtisodiyotida tutgan o’rni. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishi shuni ko’rsatmoqdaki, mamlakat iqtisodiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi iqtisodiyot va ijtimoiy hayotda mavjud bo’lgan juda ko’p muammolarni hal etmoqda. Chunki kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bozor iqtisodiyotining ajralmas qismidir. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun iqtisodiyotdagi o’zgarishlarga tez moslashuvchanlik va safarbarlik hamda yuqori samaradorlik, eng muhimi bu faoliyatni iqtisodiyotning barcha sohalarida tashkil etish mumkinligi kabi belgilar xosdir. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning keltirilgan ustunliklari milliy iqtisodiyot rivojlanishini rag’batlantiruvchi omil hisoblanadi. Shuning uchun har bir davlat ushbu sohani rivojlantirishni izchil qo’llab- quvvatlashi shartdir. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi roli va ahamiyatini aniqlashda iqtisodiyot iqtisodiy yoki ijtimoiy nuqtai nazardan o’rganiladi. Ammo bu sohani ko’proq iqtisodiy tomondan o’rganish ahamiyatliroqdir. Jahon tarixida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat iqtisodiyotidagi roli va ahamiyati quyidagi ko’rsatkichlar tizimi orqali belgilanadi: – kichik biznesning mamlakat YaIMdagi ulushi; – kichik biznesning mamlakat milliy daromadidagi ulushi; – kichik biznes sohasida band bo’lganlar ulushi; – kichik biznesning eksport hajmidagi ulushi; – jami soliqlar miqdorida kichik biznesdan keladigan soliqlarning ulushi; – aholi daromadlari tarkibida kichik biznesdan olinayotgan daromadlarning ulushi. Ushbu ko’rsatkichlar ahamiyati ortib borishi bilan kichik biznesning iqtisodiyotdagi roli ortib boradi. Masalan, AQShda real daromadlarning 35 foizi, band bo’lganlarning 54 foizi, 45 foiz aktivlar va YaIMning 52 foizi, Evropa Ittifoqi mamlakatlarida band bo’lganlarning 70 foizi, YaIMning 67 foizi, Yaponiyada 55 foizi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushiga to’g’ri keladi. 31 Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va erkinlashtirishga katta e’tibor berilishi natijasida uning YaIMdagi ulushi 2018 yilda 56,7 foizga yetdi yoki 2000 yilga nisbatan 1,8 barobar oshdi, aholi daromadlari tarkibida tadbirkorlikdan olinayotgan daromadlar 2010 yildagi 47,1 foizdan 52 foizgacha oshdi. Ish bilan band jami aholining 77 foizdan oshig’i ushbu sohada mehnat qilmoqda. Umuman olganda mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning reytingida o’z ifodasini topmoqda. Jumladan, 2015 yil oktyabr oyida Jahon bankining «Biznes yuritish» reytingiga ko’ra, O’zbekiston bir yilning o’zida 16 pog’onaga ko’tarilib, 87-o’rinni, «yangi biznesni qo’llab-quvvatlash» mezoni bo’yicha jahonda 42- o’rinni, tuzilgan shartnomalar ijrosini ta’minlash bo’yicha 32-o’rinni, «Kichik biznes sub’ektlariga kredit berish» deb nomlangan ko’rsatkich bo’yicha so’nggi uch yil ichida 154-o’rindan 42-o’ringa ko’tarildi va o’tgan yilning o’zida reytingini 63 pozitsiyaga yaxshiladi. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning faoliyat samaradorligi natijalariga ko’ra, YaIMda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi o’rtacha 60 foizni tashkil etgan. Sanoat sohasida, 2015 yilda 40,6 foizni tashkil etgan bo’lsa, ushbu ko’rsatkich 2020 yilga kelib, 27,5 foizga tushgan. Qurilish sohasida esa, tadbirkorlikning ulushi barqaror o’sish tendinsiyasiga ega. Tahlil natijalariga muvofiq 2015 yilda qurilish sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi, 66,7 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2017- 2020 yillarda mamlakatimizda qurilish sohasini qo’llab-quvvatlashga yo’naltirilgan chora-tadbirlar ta’sirida ushbu sohada tadbirkorlining ulushi o’rtacha 74 foizni tashkil etgan. Sohaning bandlikni ta’minlashdagi ulushi ham ijobiy ahamiyatga ega. Ayniqsa, bugungi kunda mehnatga faol aholining qariyb 74 foizini mazkur sohada faoliyat olib borayotganligi fikrimizni asoslash uchun xizmat qiladi. Tashqi savdo faoliyatida ham tadbirkorlikning ulushini alohida qayd etish maqsadga muvofiq. Ammo, 2020 yillar natijalariga muvofiq tadbirkorlikning tashqi savdo hajmidagi ulushida eksport va import 32 o’rtasidagi farqli ko’rsatkich 2020 yilda qariyb 2,5 barobarni tashkil etadi (2.1-rasm). Download 2.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling