Buxoro davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti adabiyot kafedrasi
Download 142.38 Kb.
|
AYZEK ASIMOVNING “MEN ROBOT” HAMDA “ASOS” ASARLARIDA ILMIY-FANTASTIKA JANRI XUSUSIYATLARI NAMOYON ETILISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Ilmiy fantastika janrining jahon adabiyotidagi o’rni.
- 2.Ayzek Asimov hayoti va ijodi
KURS ISHINING TARKIBIY QISMI:Ayzek Asimovning “Men Robot” va “Asos” asarlari, ilmiy-fantastika janrida yozilgan va robotikaga oid kashf va ta'tilga asoslangan asarlardir. Bu asarlarda ayni paytda, Asimov o'zining “3 qonuni” prinsipi asosida, robotlar bilan insonlar o'rtasidagi munosabatlar va huquqlar mavzusini ko'rsatadi. Asimovning bu qonuni, robotlarning insonlarga zarar yetkazmasligi, boshqaruvchilari tomonidan nima qilinishi mumkin ekanligi va uning xarakteri va tiklanishlari haqidagi yig'ilish ma'naviyatini tasvirlaydi. Bu asarlarda ilmiy-fantastika janrining xususiyatlari, zamonaviy robotikaning huquqiy, etik va siyosiy mablag'lariga oid muammo-masalalar o'rganiladi.
1.Ilmiy fantastika janrining jahon adabiyotidagi o’rni. Ilmiy fantastika janri fantastikaning bir yo’nalishi hisoblanib, nafaqat adabiyotda balki san’atning boshqa turlarida, xususan kinematografiya sohasida juda ommalashgan. Fantastika janri xayoliy g’oyalarga asoslanadi, lekin bunday g’oyalar ilm fan doirasida aniq fanlar, tabiiy fanlar va ijtimoiy fanlarga asoslansa, o’z izohini topa bilsa buni bemalol ilmiy fantastika deb atay olamiz. Ko’plab adabiyotshunoslar, ilmiy tanqidchilar o’rtasida bu janrni ilmiy fantastika deb atash kerakmi yoki bu yo’nalishni fantastika tarkibiga kiritish to’g’risida turli bahslar necha yillar mobaynida davom etib kelmoqda. Lekin o’zbek adabiyotshunoslari bu janrni “ilmiy taxayyulot” deb atashgan. Shunga qaramay, ko’plab adabiy tanqidchilarning fikricha, ilmiy fantastika – ilm fan sohasidagi izlanishlarga asosanib, yirik kashfiyotlarning paydo bo’lishi, tabiatning yangi qonuniyatlarini ochish va hattoki jamiyatning yangi modellarini yaratish kabi yangiliklarni qamrab olishi mumkin.1 Tor ma’noda olib qaraydigan bo’lsak, ilmiy fantastika ilm fan sohasidagi yangiliklar, yangi texnologiyalarning kashf etilishi, ularning g’aroyib imkoniyatlari, insoniyatga ijobiy va salbiy tomonlama ta’siri, sodir bo’lishi mumkin bo’lgan paradokslarni o’rganadi. Shuningdek, bu janr ilmiy tasavvurlarimini uyg’otib, kelajak haqida, ilm fanning naqadar kuchli imkoniyatlari haqida o’rganishga majbur etadi. Bu masalaga yanada kengroq qaraydigan bo’lsak, bu yo’nalish ilmiylikka asoslanadi, ertakona, afsonaviy g’oyalardan yiroq turgan holda, undagi voqea hodisalar ilohiy yoki qandaydir mo’jizaviy tushuntirishlarni emas, balki ilmiy isbotlangan asoslarni talab etadi. Hozirgi kungacha imiy fantastikaning tematik kenligi, yondashuvlar ko’lami quyidagi mavzular bilan chegaralanib qolgan: Kosmosga sayohat – ushbu yo’nalishda yozuvchilar Quyosh tizimiga yaqin bo’lgan sayyoralar va ularga amalga oshirilgan parvozlar haqida yoki sayyoramizga yaqin bo’lgan yulduzlar haqida yozishadi. Shuningdek bu mavzu doirasidagi asarlarda yerliklarning turli sayyoralarni egallab olishlari va shunga doir sarguzashtlari yoritib beriladi. Vaqt mashinasi bilan sayohat mavzusi ilmiy fantastikaning eng ommalashgan mavzulardan hisoblanib, bunda vaqt mashinasi ixtiro qilinadi va kelajakka yoki insoniyat tarixiga nazar solinadi. Parallel olamlar haqida – bunday uslubda yaratilgan asarlarda bizga parallel bo`lgan olamlar, sayyoralar haqida yoziladi. Mazkur olamlarning turli tumanligi va kelib chiqish tarixini yozish fanastikada yana bir yo`nalishi – arixiy fantastikani yaratilishiga asos bo`ldi.2 Evolyutsiya yoki insoniyatning mutatsiyaga uchrashi – bu mavzudagi asarlarda kelajakda insoniyatning ilohiy, mo`jizaviy qudratga ega bo`lishi, yangi imkoniyatlarning paydobo`lishi shuningdek, psixologik-telepatiya va prokinez hodisalari tasvirlanadi. Keyingi yo`nalishda jamiyatni yangicha modellashtirish g`oyasi asosiy o`rin tutadi.Bu mavzuda yaratilgan asarlarning eng mashxuri Tomas Morning “Utopiya” romani hisoblanadi. Mazkur asarda turli ijtimoiy muammolarning yechimini ko`rsatish uchun idealogik jamiyat tasvirlangan. Bunday asarlar sirasiga turli jamiyat shakllari haqidagi hikoyalar, hozirgi kunda, zamonaviy jamiyatimizda, mavjud lekin Yerning izolyatsiya qilingan qismlarida: Tibetdagi vodiylarda, Tinch okeanining chekka orollarida sodir bo`ladi. Bunday adabiy asarlarni kreptio-tarixiy asarlar deb nomlanadi, bunda zamonaviy qandaydir sirli kuchlar ta`sirida rivojlanadi. Ilmiy kashfiyotlarning keyingi taqdiri qanday kechadi? Insoniyat buni qanday kutib oladi? Bunday asarlar yozish ilmiy fantastikaning bir yo`nalishidir.G`aroyib ilmiy fantastik kashfiyotlar insoniyatning intellektual salohiyati mahsuli hisoblanadi.Robotlar, androidlar, mustaqil fikrlovchi kompyuterlar haqidagi g`oyalar zamonaviy ilmiy fantastik yo`nalishning asosiy mavzulari sanaladi. Sayyoralar o`rtasidagi urushlar bunday g`oyalardagi asarlarda yerning asosiy yirik kuchlari to`qnashuvi, sayyoralararo urushlar, global yadroviy mojarolar va konfliktlar tasvirlanadi1 Ilmiy fantastika janrining bosh obrazi doim taraqqiy etuvchi, rivojlanuvchi inson timsolidir. Bu qahramon evolyutsion rivojlanuvchi, taraqqiy etuvchi odamning xuxsusiyatlarini o’zida namoyon etadi. G’arbiy Yevropada Charlz Darvinning g’oyalari, naturalistik qarashlari kirib kelishi bilan insoniyatning olam haqidagi tasavvurlarida o’zgarishlar,ularning ma’naviy ruhiy olamidagi inqilobga sabab bo’di va bu ilmiy fantastikani yanada mukammalashib taraqqiy etishiga bog’liqdir. O’sha davrda ilmiy fantastik kitoblarda yozuvchilar o’zga sayyoraliklar haqida, ularning buyuk kuch qudrati haqida yozganlar. O’sha davr mualliflarining taxminlaricha, yerdan boshqa sayyoralarda yashovchi mavjudotlar yoki o’zga sayyoralikla hozirda insoniyat bosib o’tayotgan rivojlanish bosqichida bo’lganlar, faqat ular bu taraqqiyot davrini tezroq bosib o’tishgan. Ularda bu evolyutsion rivojlanish davri tez amalga oshgan.3 Ko’pchilik adabiyotshunoslar tahlillariga binoan ilmiy fantastika janri ilk marotaba amerikalik yozuvchi Edgar Allan Po asarlarida ko’zga tashlangan.Uning ba’zi hikoyalari konseptual asosga ega, ya’ni inson faqat o’zi egallagan bilimlari yordamida tabiatning tushunarsiz, noaniq qonuniyatlarini ocha oladi.Uning bu qarashlari “Gans Haolyaning sarguzashtlari” nomli asarida o’z aksini topgan. Lekin Po hech qachon oddiygina ilmiy fantast yozuvchi bo’lishga harakat qilmagan, u fantastikaning boshqa yo’nalishida, “horror literature” yo’nalishida ijod qilgan.Jahon adabiyotida birinchi professional fantast yozuvchi Jyul Vern hisoblanadi.Uning mashhur asarlari “Havo sharida besh hafta”, “Yer markaziga sayohat” kabilarning adabiyot ommasiga havola etilishi bilan ilmiy fantastika janri ham adabiyot olamida bir vaqtda paydo bo’lgan deb aytiladi. Yevropa davlatlarida Jyul Vernning asarlari juda kata shuxrat qozondi. Uning adabiy qarashlari, adabiy elementlari reallikka “jyul verncha” yondashish yoki ilm fanni hamma narsaga qodir deb qarash kabi g’oyalarini yevropalik yozuvchilar o’z asarlarida qo’llashgan.bunday yozuvchilar sirasiga L.Bessennar, Jakolio va boshqalar. XIX asrning 20 yillarida iste’dodli ingliz yozuvchisi Gerbert Vells ilmiyfantastika sohasida katta burilish yasadi.U jyul verncha qaashlarga, ijobiyoptimistik yondashuvlarga psemistik ruh olib kirdi. Uning ijodining birinchi pallasida chop etilgan “Vaqt mashinasi”, “Doktor Maro oroli”, “Ko’rinmas odam” va “Olamlar jangi” kabi asarlari ilmiy fantastika janrining mavzuiy rang barangligini yanada boyitdi.Hozirda bu yo’nalishning ijodkorlari asarlarida nafaqat Vellsning yoki Vernning g’oyalarini balki o’zlarining boy, turli tuman g’oya va qarashlarini zamon ruhiga moslashtirib, olib kirdilar. XX asrning boshlarida ijod qilgan yozuvchilarning asarlarida bizga parallel bo’lgan olamlar haqida yoki mutantlar haqida yozish keng tarqaldi.Hozirgi kungacha imiy fantastikaning tematik kenligi, yondashuvlar ko’lami quyidagi mavzular bilan chegaralanib qolgan: Kosmosga sayohat – ushbu yo’nalishda yozuvchilar Quyosh tizimiga yaqin bo’lgan sayyoralar va ularga amalga oshirilgan parvozlar haqida yoki sayyoramizga yaqin bo’lgan yulduzlar haqida yozishadi. Shuningdek bu mavzu doirasidagi asarlarda yerliklarning turli sayyoralarni egallab olishlari va shunga doir sarguzashtlari yoritib beriladi. Vaqt mashinasi bilan sayohat mavzusi ilmiy fantastikaning eng ommalashgan mavzulardan hisoblanib, bunda vaqt mashinasi ixtiro qilinadi va kelajakka yoki insoniyat tarixiga nazar solinadi.4 Parallel olamlar haqida – bunday uslubda yaratilgan asarlarda bizgaparallel bo`lgan olamlar, sayyoralar haqida yoziladi. Mazkur olamlarning turli tumanligi va kelib chiqish tarixini yozish fanastikada yana bir yo`nalishi – tarixiy fantastikani yaratilishiga asos bo`ldi. Evolyutsiya yoki insoniyatning mutatsiyaga uchrashi – bu mavzudagi asarlarda kelajakda insoniyatning ilohiy, mo`jizaviy qudratga ega bo`lishi, yangi imkoniyatlarning paydobo`lishi shuningdek, psixologik-telepatiya va prokinez hodisalari tasvirlanadi.5 Keyingi yo`nalishda jamiyatni yangicha modellashtirish g`oyasi asosiy o`rin tutadi. Bu mavzuda yaratilgan asarlarning eng mashxuri Tomas Morning “Utopiya” romani hisoblanadi. Mazkur asarda turli ijtimoiy muammolarning yechimini ko`rsatish uchun idealogik jamiyat tasvirlangan. Bunday asarlar srasiga turli jamiyat shakllari haqidagi hikoyalar, hozirgi kunda, zamonaviy jamiyatimizda, mavjud lekin Yerning izolyatsiya qilingan qismlarida: Tibetdagi vodiylarda, Tinch okeanining chekka orollarida sodir bo`ladi. Bunday adabiy asarlarni kreptio-tarixiy asarlar deb nomlanadi, bunda zamonaviy qandaydir sirli kuchlar ta`sirida rivojlanadi. Sayyoralar o`rtasidagi urushlar – bunday g`oyalardagi asarlarda yerning asosiy yirik kuchlari to`qnashuvi, sayyoralararo urushlar, global yadroviy mojarolar va konfliktlar tasvirlanadi. Yuqorida sanab o`tilganlar hozirgi kundagi zamonaviy ilmiy fantastikaning yo`nalishlari hisoblanadi. Mazkur janrda yaratilgan istalgan kitobni o`qiganimizda yuqoridagi yo`nalishlarning birortasini sof holda uchratmaymiz. Ko`pchilik yozuvchilar mavzularni uyg`unlashtirgan holda asarlar yaratishadi, qay darajada mohiyatan bog`liqlikni tasvirlay olish adibning mahoratiga bo`liq. Misol uchun jahon adabiyotida mashhur asarlari ro`yxatiga kiruvchi Gerbert Vellsning “Oydagi birinchi odamlar” romanini oladigan bo`lsak, unda ilmiy kashfiyotlarni real hayotimizda qay tariqa qo`llash masalalari yoritiladi. Yoki “Kosmosga sayohat” asari antigravitatsion kemada Oyga uyushtirilgan sayohatlar haqida, shuningdek, uning jamiyatni modellashtirish yo`nalishidagi asarlarda aqlli odamlar davlati haqida yozilgan. Mavzular xilma xilligi va asarlardagi g`oyalarning origilligiga qaramasdan, ilmiy fantastikada ijod qiluvchi yozuchilar 1910-yillarda asosiy mavzulardan chetlashib, ko`ngilochar mavzularda yozishni boshladilar. Jyul Vernning ma’rifatparvarlik g`oyalaridan, Vellsning ijtimoiylikka urg`u berilgan qarashlaridan chekindilar. 1914-yilda Vellsning “Ozod Olam” nomli asari chop etildi. Bu asarda atom urushlarini va dunyoning urushlardan so`ng bunyod bo`lgan achinarli manzarasini zamonaviy sivilizatsiyalar ichida tasvirlaydi. Biroq, fantast yozuvchilar tomonidan o`ylab topilgan emas, balki real urushlarni boshidan o`tkazgan kitobxonlar ijtimoiy muammolarni, qiyinchiliklarni, insoniyat ro`para kelayotgan azoblarni o`ylashni ham, ular haqidagi asarlarni o`qishni ham istashmadi. Shuning uchun 1920-yillarda Merit va Berrouzlar tomonidan yaratilgan ko`ngilochar asarlar kata muvaffaqiyat qozondi. Merit va Berrouzlarning asarlarini bemalol fantastika janriga xos deb atay olamiz, biroq ular asarlariga fantastik anturajlar yoki ilmiy tushuntirishlar berganlar. 1926-yilda “Amazing stories” jurnalining chiqishi ilmiy fantastika yo`nalishida tubdan burilish yasadi. Bu jurnalning muharriri Xyugo Gernsberg bo`lgan. Uzoq vaqt mobaynida aynan shu jurnal jahon fantastikasida haqiqiy bayroq bo`lib kelgan. A.Azimov, D.Villiyamson va Smitlarning hikoyalari mazkur jurnalda birinchi bo`lib chop etilgan.6 Umuman olib qaraydigan, bu davrda horror fantastika janrining debochasi bo`ldi. Bu davrda Amerika qit’asida bu yo`nalishlar gullab yashnadi. Bu gullabyashnash davri ikkita asosiy odamlar R.Gavard va X.F.Lavkraftlarning faoliyati bilan bog`liq. Birinchisi keyingi fantastlar uchun poydevorni yaratgan. Bir vaqtning o`zida voqealarning an’anaviy tuzilishi va yangi personaj Konana Varvarlarni yaratdi. Uning ko`plab asarlarida haqiqiy ilmiy fantastik xususiyatlarni ko`ra olamiz, uning ko`plab qahramonlari o`zga sayyoraliklar bilan to`qnashadi. Lavkraftlar zamonaviy adabiy yo`nalish “qo`rqinchli adabiyotning” asoschisi desak to`g`ri bo`ladi, u birinchi jahon urushlaridan so`ng yuzaga kelgan epoxaning jalb etilishlariga, ma`naviy va diniy jamiyatning asoslariga e’tibor bermagan holda, bu unvonga rostanam arziydi. “Buyuk yunonlar” asarlarida insoniyatga tahdid solayotgan xavflar haqida yozadi. Uning qahramonlari buyuk qudratga ega kelgindilar, boshqa zamonlardan va olamlardan kelganlar yoki o`zga sayyoraliklar hisoblanadi. Ularning insoniyatga solayotgan xavfi haqida tasvirlanadi. 1920-yillarga kelib, fantastik adabiyotda uchta asosiy yo`nalish ustunlik qildi: fantastika, ilmiy fantastika va “qo`rqinchli” adabiyot. Bu janrlar uchun maxsus jurnallar chop etila boshlandi. “Amazing stories” jurnali faqat ko`ngilochar ilmiy fantastik asarlarni chop eta bo`lsa, AQShda yana bir mashhur jurnal “Wizard tales” paydo bo`ldi. 1930-yillarni ilmiy fantastikaning “oltin davri” deb atashadi. Bunday nomga loyiq bo`lgan asarlar “Astounding science fiction” jurnalida chop etila boshlandi. Bu jurnalning muharriri Kampbellning xizmatlari tufayli bu yo`nalish ilmiylikka asoslandi va adabiyotning g`oyaviyligiga, ilmiy bilimlarning ommaviyligiga asoslandi. Yevropada bu janr tug`ilgan bo`lsada, biroq bu davrda biroz oqsadi. Bir nechta fantastik asarlar paydo bo`lgan bo`lsada, bular kitobxonlar orasida katta shuhrat qozonmagan. 7 Bu davrning jahonga mashhur mualliflari J.Roni –Fransiyada, G. Evers va E.Kisha – Germaniyada, K. Chapeka –Chexoslavakiyada ijod qilishgan. Rus adabiyotida ilmiy fantastika alohida o`rin egallagan. Sovetadabiyotida yozuvchilar amerikalik ilg`or yozuvchilarning uslublarini o`zlashtirishgan. Biroq, bu davrda rus fantastikasi matnlari AQShning ko`ngilochar mavzudagi asrlaridan farq qilib, keskin satirik yo`nalishda kommunistik idealogiyani ifodalagan. Rus adabiyotida ilmiy fantastikani farqi shundaki, ko`plab klassik yozuvchilar realistik yo`nalishda ijod qilishgan. Ular orasida A.Tolstoy, M.Shaginyan, I.Erenburg, V.Katayevlar bo`lgan. Bu yozuvchilar orasida Belyayev eng sermahsul ijod qilganlardan hisoblanadi. Idealogik muhitning ustunligiga qaramasdan, rus adabiyotida ilmiy fantastika rivojlangan, biroq yozuvchilarning asosiy qismi tanqidga uchragan, ularning g`oyalari ta’qib qilingan. Ilmiy fantastik asarlarni chop etuvchi jurnallarning muharrirlari sahifalarida paydo bo`layotgan istalgan bir asarning original fan g`oyalariga asoslangan bo`lishini nazorat qilishgan. Lekin bunga dogmatik yondashmaganlar. Amerikalik fantast va muharrirlar “ilmiylik” degan so`zga judayam keng ma`noda qarashgan. Shuning uchun ular chop etgan ba’zi hikoyalarni hozirda ilmiy fantastika bilan bog`ligini ko`rmaymiz. Muharrirlar uchun asosiysi, tahririyatga keltirilayogan asarlar ilmiy fantastikaning asosiy qonun-qoidasiga to`g`ri kelishi ya’ni fantastikaning boshqa yo`nalishlaridan farq qilib, mavjud olamga materialistik tushuntirilishlar berilsa, yetarli edi. Kampbellning fikricha, qandaydir ilohiy kuchlarning borligi haqidagi fikrlar avtomatik ravishda asarni ilmiy fantastikaning chegarasidan chiqarib tashlab, muallif uchun chop etilish imkoniyati eshiklarini yopgan. Bunday qarashlarning chegaralanganligiga qaramasdan, muharrirlar fantastik adabiyotning gullab yashnashiga xizmat qilishdi. Shu davrni ingliz adabiyotida “oltin davr” deb atasak bo`ladi. “Astounding science fiction” jurnalining muharrirlari P.Xaylayn, T.Starjon, A.E.Van Vogt, L.Del-Rey kabi mualliflarni ijod sahnasiga chiqishiga katta yordam bergan.Ko`plab mashhur yozuvchilar faoliyatlarini boshqa jurnallarda boshlashgan bo`lsada, Kampbell tomonidan nashriyotga jalb etilgan va nashrning “yulduz”lariga aylanishgan. Bular qatoriga A.Azimovva K.Saymanlarni misol qilsak bo`ladi. Amerika adabiyotida ilmiy fantastikaning “oltin davri” davom etayotgan paytda Yevropada bu yo`nalish Ikkinchi Jahon urushi oqibatlari tufayli harakatsizlik holatiga tushgan edi.AQSh adabiyotining ta’sirida Buyuk Britaniyada ham yozuvchilar o`z asarlarni yaratdilar.8 Bu yerda urushdan keying yillarda D.Uindem, A.Klark, D.Brannera, D.Kristofer singari yozuvchilar qiziqarli asarlar yaratdilar.Shuningdek, 1950-yillarda Fransiyada ham bir nechta ajoyib fantast yozuvchilar ijod qilishni boshlashdi. R.Barjavel, F.Karsak, J.Kleyn, P.Bul kabi yozuvchilar ijod qilishgan, lekin ularning faoliyatini amerikalik yozuvchilarning keng ko`lamdagi ijodi bilan solishtirib bo`lmaydi. Shu o`rinda Polshalik fantast ijodkor Staninslav Lamaning ijodini aytib o`tish joizdir.U original ravishda judayam unumli ijod qilgan.Uning asarlarining ko`lami shu darajada kengki, uni aynan bir janrda ijod qilgan deb aytish qiyin. G`arb adabiyotida 90-yillarning oxirida va XXI asrning boshlarida yaratilgan ilmiy fantastik asarlarda eski uslublar, shakllar va erishilgan yutuqlardan foydalanilayotganini ko`rishimiz mumkin. Zamonaviy jahon adabiyotida ancha vaqt oldin qilingan adabiy “kashfiyotlar” modernizatsiya qilinmoqda, 20-yillarda ommalashgan uslublar qo`llanilmoqda.Misol uchun adabiyotga yangi kirib kelgan “kosmik opera” oqimi ilmiy fantastikad renessans davriga aylandi. Bu mavzu XX asr boshlarida paydo bo`lgan bo`lib, “Kosmosga sayohat” va “Planetalar urushi” kabi adabiy g`oyalarni qamrab olgan. “Kosmik opera”ning yangicha varianti hattoki muhim va biroz hazilomuz nomlandi – “barokko uslubidagi kosmoopera”. “Kosmik opera”ni yangilash uchun personajlar ustida qayta ishlandi. Mualliflarning asosiy e’tibori tushuntirish va detallarga, asardagi chalkash jumboqlar va tez te uchraydigan bema’ni kosmik g`oyalarga qaratildi. Biroq shunisi ma’lum bo`ldiki, keyinchalik “kosmik opera” taraqqiy etmadi, bu yo`nalish hamjahon adabiyoti ilmiy fantastikasida katta burilish yasay olmadi.9 2.Ayzek Asimov hayoti va ijodi Ilm-fanni ommalashtirish, ilmni olimlardan tashqarida, oddiy xalq orasida ham keng yoyishga intilish masalasi juda dolzarbdir. Chunki jamiyat hayotining ajralmas va eng ustivor qismi bo‘lgan ilm-fan sohasiga taaluqli ma'lumotlar, ham qiziqarli hamda kundalik turmushda asqotadigan foydali ahamiyatga ega bo‘ladi. Ayniqsa ommobop-ma'rifiy ilmiy asarlar vositasida, yosh avlodni ilmiy sohalarga qiziqtirish, iste'dodli yoshlarni tegishli ilm yo‘nalishlariga jalb etish borasida ulkan muvaffaqiyatlarga erishish mumkin. Bunday muddaoga amalda erishmoq uchun esa, ilmiy masalalar mohiyatini ommaga tushunarli va qiziq tilda bayon qiluvchi malakali yozuvchilar maydonga chiqishadi. Bunday yozuvchilarni jahon va yurtimiz adabiyotidan juda ko‘plab misollar orqali keltirishimiz mumkin. Ilmiy-ommabop va fantastik asarlar yozuvchilari orasida eng mashhuri va ta-bir joiz bo‘lsa, janr Shekspiri - atoqli amerika yozuvchisi, biokimyogar mutaxassis, fan doktori - Ayzek Azimov sanaladi. Ushbu maqolamizda, barcha davrlaning eng yetuk fantasti yozuvchisi bo‘lmish Azimov hayoti va ijodi haqida so‘z yuritamiz. XX-asr ilmiy-ommabop va ilmiy-fantastik adabiyotining yorqin namoyondasi, amerika yozuvchisi Ayzek Azimov 1920-yil 2-yanvar sanasida Rossiyaning Mogilyov guberniyasi (hozirda Smolensk viloyati), Petrovichi shahrida, tegirmonchi oilasida tug‘ilgan. Unga ona tomondan bobosining xotirasi uchun, bobosining ismini qo‘yishgan ekan.10 1923-yilda Azimovlar oilasi AQSHga muhojirlikka ketishadi. U o‘zi haqida xazil aralash "ota-onam meni chamadonda olib kelishgan"der edi. Ular Bruklinda joylashib, qandolatchilik do‘koni ochishadi. Ayzek Azimov 5 yoshida Bredford-Stayvesant maktabiga o‘qishga boradi. 1935-yili 15-yoshli Azimov maktabni tamomlab, Set-Lou kollejiga o‘qishga kiradi. Lekin u o‘qishga kirganidan keyingi bir yil ichida mazkur kollej butunlay yopiladi va u o‘qishni boshqa ta'lim muassasida - Kolumbiya universitetining Nyu-Yorkdagi kimyo fakultetida davom ettirishga qaror qiladi. 1939-yilda u mazkur universitetning kimyo fakulteti bakalvr diplomini, 1941-yilda esa magistr diplomini qo‘lga kiritgan. Kimyo bo‘yicha ilmiy ishlarni davom ettirish uchun aspiranturaga kirgan Ayzek Azimovni, 1942-yilda Filadelfiyadagi harbiy kemasozlik korxonasiga kimyogar mutaxassisligi bo‘yicha ishga jalb qilinadi. 1945-yilda esa uni AQSH armiyasiga harbiy xizmatga chaqirishdi. 1946-yilning iyuligacha armiya safida bo‘lgan Azimov, shu yili xizmatni o‘tab Nyu-Yorkka qaytadi va aspiranturani davom ettiradi. 1948-yilda u aspiranturani muvaffaqiyat bilan yakunlab, biokimyo doktori (PhD) darajasiga erishgan. 1979-yilda Ayzek Azimov Kolumbiya universiteti professori maqomigacha ko‘tarilgan.11 Ayzek Azimov ijod olamiga juda erta kirib kelgan. Uning ilk asari kichik bir shaharchada yashovchi bolakayning sarguzashtlari haqida bo‘lib, bu vaqtda atiga 11 yoshda bo‘lgan bo‘lajak yozuvchi, kitobning 8-bobgacha yozib, so‘ngra tashlab yuboradi. Lekin undagi voqealarni o‘z o‘rtog‘iga gapirib berganida, o‘rtog‘i bunga qattiq qiziqib qolib, davomini yozib berishini talab qila boshlaydi. Ayzek Azimov, keyinchalik ham, o‘sha daqiqa uning uchun o‘zida yozuvchilik iste'dodi borligini anglashga turtki berganligini ko‘p eslagan. Azimovning matbuotda qilgan ilk chiqishi "Amazing Stories" oynomasining 1939-yil yanvar sonida nashr etilgan "Vestaning changalida" nomli hikoyasi bo‘lgan edi. Yozuvchiga haqiqiy shuhrat keltirgan ijod mahsuli esa, "Tun kirishi" nomi ostida 1941-yil e'lon qilingan fantastik hikoya bo‘lib, unda oltita yulduzga ega sayyoralar tizimida aylanuvchi va faqat har 2049 yildagaina tun og‘ushiga kiradigan sayyora haqida yozilgan edi. Ushbu hikoya okean ortida juda katta shov-shuvga sabab bo‘lib, turli antalogiyalarda 20 marotaba qayta-qayta chop etilgan va ikki bora ekranlashtirilgan. Azimov mazkur hikoyasini, o‘zining ijodga kirib kelishidagi "muqaddima bo‘limi" sifatida baholagan edi. Umuman olganda Azyek Azimovning deyarli barcha ilk ishlari ilmiy-fantastika janriga taaluqli bo‘lgan. Xususan u, o‘zga sayyoralardagi hayot, yoki, fikrlay oladigan robotlar haqida ko‘plab fantastik hikoyalar yozgan edi. Aytilganidek, unig fantastikasi ishonarsiz oldi-qochdi syujetlardan holi ekanligi bilan va zamona ilm-fannining real holatiga tayanib bayon qilinishi ajralib turar edi. 1939-yilda u o‘zining robotlarga bag‘ishlangan ilk hikoyalarini yoza boshlaydi. Chunonchi, "Robbi" (1939), "Yolg‘onchi" (1941) asarlari bilan, amalda robot-texnikasi va robotshunoslik sohalariga asos solgan. Uning mazkur asarlardan boshlab shakllantirib borgan fikrlari, robot texnikasi uchun o‘ziga xos qonuniyatlar sifatida yoyila boshlagan. Xususan, "Yolg‘onchi" hikoyasi, odam fikrini o‘qiy oladigan robot haqida bo‘lib, u zamonaviy yolg‘on detektorlari va sun'iy intellekt sohalari paydo bo‘lmasidan ancha avval, ushbu sohalar taraqqiyotidan insoniyat uchun kutilayotgan naf va zarar haqida ma'lumotlar bergan edi. Ayzek Azimovni o‘z mamlakati chegaralaridan ham tashqarida, butun dunyoda katta shuhrat qozonishiga sabab bo‘lgan asari ham aynan robotlar haqida bo‘lgan. "Men-Robot" deb nomlangan ushbu asar, undan avvalgi, boshqa yozuvchilar qalamiga mansub bo‘lgan robotlar haqidagi asarlardan tubdan tafovut qilib, asosan odamzotga qarshi kurashuvchi mexanik maxluqlar haqida hikoya qiluvchi boshqa mualliflardan farqli o‘laroq, Azimov robotlarni odamzotning yaqin yordamchilari, og‘irini yengil qiluvchi ko‘makchilari sifatida tasvirlaydi va robot-texnikasi bilan shug‘ullanuvchilarga ko‘plab amaliy g‘oyalar ulashadi. Azimov asarlaridagi robotlar, aytish mumkinki, ba'zi o‘rinlarda o‘z xo‘jayilaridan ko‘ra insonparvar va odamiyroq bo‘lishadi. Barchamiz sevib tomosha qilgan "Ikki yuz yoshli odam" filmi ham, Azimovning shu nomli asari asosida suratga olingan.12 Ilmiy-fantastika janrida anchayin barakali ijod qilgan Ayzek Azimov, 1958-yildan boshlab asosiy e'tiborini ilmiy-ommabop yo‘nalishga qaratadi. U o‘z professional sohasi bo‘lmish kimyoga oid "Uglerod dunyosi", "Azot dunyosi", "Kimyoning qisqacha rivojlanish tarixi" kabi ilmiy-ommabop asarlarni, shuningdek, astronomiya, dinshunoslik, tarix, geografiya, atamashunoslik, genetika, biologiya va shunga o‘xshash, xullas ilm-fanning juda turli tuman yo‘nalishlariga oid bir necha kitoblarni yozib nashr ettiradi.13 Azyek Azimov jami bo‘lib 500 dan ziyod turli nomdagi asarlarning muallifidir. U ilmiy-fantastika va ilmiy-ommabop adabiyotlar vositasida, zamonaviy dunyodagi insonparvarlik va bag‘rikenglik masalalariga urg‘u berib, odamlar, millatlar, xalqlar va mamlakatlar orasida adovatni yo‘qotish, o‘zaro ishonch va do‘stona aloqalarni yo‘lga qo‘yishga chorlaydi. Yozuvchi jumladan shunday degan edi: "Insoniyat tarixi shunday nuqtaga yetib keldiki, bundan buyog‘iga odamlarning o‘zaro adovat qilishlariga mutlaqo haqqi yo‘q. Yer yuzidagi barcha insonlar o‘zaro do‘stona yashashlari lozim. Men doimo o‘z asarlarimda shunga urg‘u berishga intilaman... Albatta, men barcha odamlarni bir-birlarini yaxshi ko‘rishga majburlash mumkin deb o‘ylamayman, lekin men odamlar orasidagi hasad va adovatning butunlay yo‘qolishini istar edim. Va men o‘ta jiddiy asos bilan shunday hisoblaymanki, shubhasiz ilmiy-fantastika bu - odamlarning o‘zaro birlashishi yo‘lida yordam beradigan muhim vositalardan biridir. Biz ilmiy-fantastik asarlarda ko‘tarib chiqadigan muammolar, aslida butun insoniyatning muammolaridir. Shu tarzda, fantast-yozuvchi, fantastika mutolaachisi va fantastikaning o‘zi ham insoniyatga xizmat qiladi." Ayzek Azimov amerika va jahon ilmiy-fantastik va ilmiy-ommabop adabiyotiga qo‘shgan xissasi uchun ko‘plab mukofotlar va sovrinlar bilan taqdirlangan. Xususan u 6 bora "Xyugo" mukofotiga, 2 bora "Nebyull" mukofotiga va 3 bora "Lokus" juranli mukofotiga sazovor bo‘lgan edi. Uning ko‘plab asarlari asosida mashhur kinofilmlar ishlangan. Yozuvchining asarlari jahonning o‘nlab tillariga tarjima qilingan va millonlab adadda qayta-qayta nashr etilgan. Jumladan, jahonga mashhur ushbu fantast-yozuvchining asarlari orasida o‘zbek tiliga tarjima qilinganlari ham bor. Uning "Koinot oqimlari" romani hamda, qator hikoyalari o‘zbek fantast yozuvchisi Ozod Mo‘min tomonidan o‘zbek tiliga o‘girilgan. Bundan tashqari, o‘znet tarmog‘ida Azimov ijodidan yana ko‘plab havaskor tarjimalarni uchratish mumkin. Ajoyib fantast va imliy ommabop asarlar yozuvchisi Azyek Azimov 1992-yil 6-fevralda Nyu Yorkda vafot etgan. Uning sharafiga 1981-yilda kashf etilgan kichik sayyora (asteroid)ga (5020)Asimov nomi berilgan.14 Download 142.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling