Buxoro davlat universiteti
Paxta va ipak tolali aralash matolarni bo’yash
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3. Gul bosish jarayoni texnologiyasi
- 1.3.1. Modifikatsion kraxmal asosidagi quyultiruvchi moddalar
1.2.2.Paxta va ipak tolali aralash matolarni bo’yash O`zbekiston ipak sanoatining rivojlanish yo`nalishi ipak matolarini, shu jumladan, xom ashyoning boshqa turlari qo`shilgan matolarni ishlab chiqishdir. Yangi mato arqoq ipi paxta ipidan, tandasi esa tabiiy ipak ipidan to`qilgan gazmoldir. Yangi gazmol o`z ichiga paxta tolasi va tabiiy ipakning ijobiy xususiyatlarini mujassamlashtirgan bo`lib, ko`rinishi shoyi xususiyatlariga ega va shu bilan birga shoyi to`qish texnologiyasini o`zgartirishni talab etmaydi.
33 Yangi mato tuzilishini loyihalashda unga gul tushirish masalasi alohida ahamiyat kasb etadi, chunki gul matoni to`qish jarayonida arqoqning bo`yalgan va bo`yalmagan qismlarini biri ustida ikkinchisini chiqarib to`qish yo`li bilan hosil qilinadi, shu bilan birga arqoq ipining bo`yalgan qismining rangi va uzunligi katta rol o`ynaydi. Arqoq ipida bo`yalgan qismlarning turlicha joylashganligi matoda turli – tuman rasmlar hosil qilish imkonini beradi, bunda xol – xol dog`chalardan boshlab to xonatlasni eslatadigan aniq gullar tushirish mumkin bo`ladi. Tushiriladigan gulni mo`ljallamoq uchun gul hosil bo`lish qonuniyatini, xususan, uning dastgohining zapravkalash o`lchamlari va arqoq ipi bo`yalgan qismlarining takrorlanish qadami kabi omillarni nazarda tutish zarur [11]. Matoning texnologik ko`rsatkichlarini va fizik
– mexanik xususiyatlarini yaxshilash maqsadida paxta ipi bilan, ipak ipi birgalikda qo`llanilib, paxta – ipakli aralash to`qimalarining har xil namunalari olindi va bu namunalarning texnologik o`lchamlari, fizik – mexanik xususiyatlari tadqiqot qilindi. Olingan aralash Paxta-ipakli namunalari bir-biri bilan mashinaning tizimlarida eshilgan ipak ipi bilan Paxta iplarini taxlanishi bilan farqlanadi. Olingan natijalarni tahlilidan ma`lum bo`ldiki, ipak ipi bilan birgalikda qo`llanilishi, to`qima halqa iplarining uzunliklarini kamayishiga, gorizontal va vertikal zichliklarini oshishiga olib keladi. Gorizantal va vertikal zichliklarini oshishi matoning yuza zichliklarini kamayishiga sabab bo`ldi. Olingan to`qimalarining fizik-mexanik xususiyatlarini o`zaro
taqqoslab shuni ko`rish mumkinki, pishiqligi, cho`ziluvchanlikka bardoshliligi va yuza zichligi ko`rsatkichlari bilan to`qimalar bir-biridan farq qiladi. Olingan to`qimalardan tayyor mahsulot ishlab chiqarilganda uning havo o`tkazuvchanligi xususiyati ham katta ahamiyatga ega bo`ladi.
34 Olingan namunalarni uzilishga bo`lgan pishiqlik xususiyatlari AG-1 uzish mashinasida tadqiqotlandi. Matoning pishiq ekanligi ma`lum bo`ldi. Paxta-ipakli to`qimalarini ishlab chiqarishda tabiiy ipakdan foydalanish, to`qimaning texnologik o`lchamlarini yaxshilashga, fizik-mexanik xususiyatlarini oshishiga va matolarni qo`llanish xususiyatlarini yaxshilashga olib kelishi ma`lum bo`ldi. Shunday qilib, to’qimachilik mahsulotlarini tayyorlashda aralash tolalarni ishlatish ularning iste’mol sifatini yaxshilash bilan birga qator qiyinchiliklar kelib chiqishiga ham sabab bo’ladi. Chunki, turli sinfdagi tolalar kimyoviy reagentlar ta’siriga turlicha munosabatda bo’ladi, undan tashqari turli asosdagi tolalar har xil sinfga mansub bo’lgan bo’yovchi moddalar bilan bo’yaladi. Aralash tolali mahsulotlarni bir sinfga mansub bo’lgan bo’yovchi moddalar bilan bo’yash usullari ma’lum bo’lsada, aksariyat hollarda har ikkala tashkil etuvchilarda bir xil rang intensivligidagi ranglarni olish murakkab vazifa hisoblanadi. O’z navbatida, to’qimachilik mahsulotlarining sifati va eksplutatsion xossalarini ta’minlashda pardozlash jarayoni muhim rol o’ynaydi. Ma’lumki, pardozlash chog’ida paxta tolasi tarkibidagi sellyuloza o’z yo’ldoshlaridan xolis bo’ladi, kerakli oqlik yoki rang oladi. Kimyoviy tolalardan tayyorlangan matolarni pardozlash jarayonida tolalarni olish jarayonida ishlatilgan yog’lovchi moddalardan, yigirish jarayonida foydalanilgan oxorlovchi moddalardan tozalanadi va bo’yaladi, yoki gul bosish natijasida rang-baranglikka erishadi. Ko’rib turganimizdek, pardozlash jarayonida har bir mato tarkibiga kiruvchi tola o’ziga xos ishlov oladi. Olimlar tomonidan olib borilgan izlanishlar asosida ip-gazlama tarkibiga kimyoviy tolalar qo’shib yangi assortimentdagi mahsulotlarni yaratish orqali, paxta tolali mahsulotlar sifatini yaxshilash mumkin ekanligi isbotlangan. Aralash tolali mato komponentlaridan birini VVM dan tayyorlash orqali mahsulotning tashqi ko’rinishini, yumshoqligi va jilokorligini,
35 gigiyenik xossalarini yaxshilashga erishiladi. Aralash tolalarni ishlatishdan maqsad - ishlab chiqariladigan mahsulotlar assortimentlarini kengaytirish, ular sifatini yaxshilash hamda tabiiy tolalarni kimyoviy tolalarga almashtirish muammolarini hal etish, ya’ni, tanqis bo’lmish tabiiy tolalar o’rnida kimyoviy tolalarni ishlatishdan iboratdir. Chunki, aralash tolalarni ishlatish bilan ko’pincha nafaqat qimmatbaho tabiiy tolali xom ashyo sarfini kamaytirishga erishiladi, balki ularning komfortli va amalda ishlatishning qulay bo’lishligiga erishiladi. Tolalarning turlari va ularning aralashmadagi nisbatiga ko’ra, har bir alohida olingan holat uchun turli xildagi tolalar arashmasi asosidagi gazlamalarni (polotno) tayyorlash usuli va sharoiti tanlanadi. Tayyorlash sharoiti shunday tanlanishi lozimki, bunda kimyoviy ishlov berganda so’ng aralashmadan yog’ va yog’lovchi birikmalar, ifloslantiruvchi moddalar va boshqalardan tolalarni shikastlantirmay va sifatini buzmay, maksimum tozalash imkoni berilsin. Odatda, aralash tolalar asosidagi mahsulotlarni tayyorlash uchun maxsus jihozlar ishlatilmaydi, balki shu assortiment mahsulotlari uchun qo’llaniladigan jihozlardan, ayrim hollarda birlashtirilgan texnik jarayonlardan foydalaniladi. Aralash tolali matolarni keng miqyosda ishlatilishi ularni pardozlashga tayyorlashning maxsus usullarnini ishlab chiqarishni taqozo etadi. Tabiiy va kimyoviy tolalar aralashmalaridan ip tayyorlab, undan gazlama, trikotaj matolarini va trikotaj tayyor mahsulotlarini olish mahsulot assortimentini kengaytirishni muhim yo’li hisoblanadi. Shu yo’l bilan mahalliy tolali xom-ashyodan foydalanib import o’rnini bosadigan mato va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish bilan bir qatorda yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyati tug’iladi. Ayniqsa, bu aralashma bolalar trikotaj mahsulotlarini tayyorlashda qo’l keladi, chunki o’zida paxtaning gigiyenik xossalarini saqlagan holda nitron tolasini yumshoqligi, issiqlikni kam o’tkazuvchanligi va ayniqsa mustahkamligi hisobiga bu
36 mahsulotlarning sifati yuqori va eksplutatsiya qilish davri toza paxtadan tayyorlangan shunday mahsulotdan 2-3 barovar uzun bo’ladi. Gazlama va trikotaj mahsulotlarini tayyorlashda paxta tolasining PEF, viskoza, PA va PAN tolalari bilan aralashmasi; jun tolasining PA, PAN va paxta tolalari bilan aralashmasi; tabiiy ipakning PA, di- va triatsetat, PEF, paxta tolalar bilan aralashmasidan foydalanilishi ma’lum. Tolalar aralashmasidan mahsulot tayyorlashning quyidagi imkoniyatlari mavjud: - har bir toladan ip alohida tayyorlanib tanda va arqoq ipi sifatida foydalaniladi; - turli tolalardan tayyorlangan lentalardan ip olinib, tanda va arqoq ipi sifatida foydalaniladi; - tolalarni kerakli nisbatdagi aralashmasidan ip olinib, tanda va arqoq iplari sifatida foydalaniladi. Alohida tolalar ipidan foydalanilganda, ularni bo’yalgan tolalardan olish mumkin (melanj effekt) yoki ularni pardozlash mumkin. Har bir tola uchun o’ziga xos pardozlash sharoiti ishlab chiqilgani uchun bunday usulda tayyor mahsulot olish qiyinchilik tug’dirmaydi. Ammo tolalar aralashmasidan olingan ipdan va alohida tolalar ipidan tayyorlangan mahsulotlarni pardozlash murakkab bo’lib, unda aralashmadagi tolalar xossalarini hisobga olgan holda pardozlash jarayonini ishlab chiqish talab etiladi. Keyingi paytlarda tolalar aralashmasidan mahsulot tayyorlash ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalanishning unumli usuliga aylanib qoldi [4]. Matolarni bo’yashga tayyorlovchi pardozlashni kimyoviy jarayonlariga oxirdan tozalash, qaynatish-bug’lash va oqartirish jarayonlari kiradi. Paxta tolasidan tayyorlangan matolarni bo’yashga va gul bosishga tayyorlashda oksidlovchi va qaytaruvchilardan keng foydalaniladi. Ularga misol qilib, vodorod peroksid (H 2 O
), gipoxlorit kislota (HClO) tuzlari, xlorit
kislotasi (HClO
2 ),
natriy bisulfit (NaHSO 3
rongalit (NaHCO
2 CH 2 O 2 H 2 O) va boshqalarni ko’rsatish mumkin. Texnologiyada qabul qilingan ishlov berish sharoitida bu oksidlovchi va qaytaruvchilar
37 sellyulozaga aytarli ta’sir ko’rsatmaydilar. Ammo ishlov berish sharoiti buzilsa, ya’ni eritmalar kontsentratsiyasi oshsa, harorat yoki vaqt belgilangan me’yoridan oshib ketishiga yo’l qo’yilsa, sellyulozadagi chuqur o’zgarishlar uning destruktsiyaga uchrashiga olib keladi. Natijada mato mustahkamligi keskin pasayadi. [5].
Alohida tolalardan tayyorlangan matolarni tayyorlash jarayonlariga yetarlicha e’tibor berilgan [6-9]. Ammo, ishlab chiqilgan jarayon sharoitlarini aralash tolali materiallar pardoziga qo’llashni imkoni yo’q, chunki texnologiyadan nafaqat aralashmadagi tolalar tabiati, xususiyatlarini inobatga olishni, balki tolalar nisbatini ham hisobga olish talab qilinadi [10].
oson deformatsiyalanib, buklanish izlari mahkamlanib qolish xavfi borligi uchun bunday matolarni pardozlashda faqat yoyilgan holatda matoga ishlov beruvchi jihozlardan foydalanish zarur. Ip-gazlama matosini bo’yashga va gul bosishga tayyorlashda qaynatish eritmasi tarkibining ahamiyati katta. Sellyuloza yo’ldoshlarini erishini 20-30% ga oshirish uchun, masalan, mualliflar [11,12] qaynatish eritmasi tarkibiga mochevina va natriy bisulfit tuzini qo’shishni taklif etganlar. Bunday takliflar qatoriga sirt aktiv moddalar, qaytaruvchilar va kompleks hosil qiluvchilarni qo’shish ham kiradi [13]. Qaynatish eritmasiga kiritiladigan qo’shimchalarning vazifasi matoning ho’llanish darajasini oshirish, eritmaning emulsiya hosil qilish qobiliyatini oshirish va matoni hosil bo’lgan iflosliklardan yuvilishini tezlatishdan iborat. Paxta va nitron tolalari aralashmasidan tayyorlangan matolarni pardozlash jarayonlari ishqoriy, kislotali va oksidlovchili muhitlarda amalga oshirilishini hisobga olsak, nitron tolasiga bu muhitlar ta’sirini ko’rib chiqish maqsadga muvofiqligi, muhim ekanligi o’z tasdig’ini topadi. PAN ishqor eritmasi ta’sirida gidrolizga uchraydi, bu jarayonni qanchalik chuqur bo’lganiga qarab hatto suvda butunlay erib ketadigan holatgacha erishish mumkin. Bu jarayon davomida polimer
38 (sopolimer) funksional guruhlarida kechayotgan o’zgarishlarni o’rganishga bir necha izlanishlar bag’ishlangan [40-42]. Gidroliz natijasida olingan mahsulotlar to’qimachilik sanoatida va ichimlik suvi izlanishlarida qo’llanilgan [43]. Professor K.Ergashev xodimlari bilan PAN ni gidrolizlanish jarayonidan, tola ishlab chiqarish chiqindilarini natriy rodanidining 51,5% li eritmasida erish qobiliyatini oshirishda foydalanganlar. Bu holatlar pardozlash texnologiyasi uchun o’ta muhimdir, chunki tola stukturasi uni bo’yash usulini tanlashga ta’sir ko’rsatadi
1.3. Gul bosish jarayoni texnologiyasi Hozirgi vaqtda gul bosishning quyidagi usullari qo`llaniladi: dastaki gul bosish, aerografiya usuli, to`rli qoliplar va naqshband metall valli. Birinchi usul jun sanoatida ro`mollarga gul bosishda qisman ishlatiladi, aerografiya usuli yuqori badiiy bezakli mahsulotlar ishlab chiqarishda qo`llaniladi. Amalda turli to`qima mahsulotlarga asosan naqshband valli va to`r qolipli mashinalarda gul bosiladi. To`r qolipli mashinalar o`z navbatida ikki turli bo`ladi: yassi va silindrik to`r qoliplar. Gul bosish va quritishdan keyin bo`yoq plyonka ichiga joylashib mato ustiga o`tadi. Bo`yoqning plyonkadan tolaning mag’ziga o`tishini osonlashtirish uchun, mato yuqori haroratda namli muhitda maxsus uskunada - zrelnikda ishlov beriladi. Bu mashinada par sovuq mato yuziga o`tib suyuq nam holatga kelib, tolaning shishishiga imkon beradi. Tolaga yutilgan suv gul bosish bo’yog’i tarkibiga kiruvchi bo`yoq va yordamchi mahsulotlarini eritadi. Qoida bo`yicha yordamchi mahsulotlar eriganda issiqlik chiqadi va bunda quyilma shishadi. Bu paytda bo`yoq tolaga kirib u bilan bog’ hosil qilib birikadi.[51] Bug’latishdan keyin mato yaxshilab yuviladi va ortiqcha birikmagan bo`yoqlar matodan chetlashtiriladi. Turli qo`shma tolalardan tayyorlangan matolarga gul bosish.
39 Sellyuloza tolalaridan tayyorlangan matolarga gul bosishda quyidagi bo`yoqlar qo`llaniladi: faol, kubli, kubozollar, erimaydigan azobo`yoqlar oqsil tolalaridan tayyorlangan matolarga gul bosishda faol, kislotali metall saqlovchi, KMK 1:2 bo`yoqlari katta ahamiyatga ega. Kubli bo`yoqlar bilan ham ba`zida gul bosiladi. Sintetik (PAN) va asetilsellyuloza tolalaridan tayyorlangan matolarga asosan dispers bo`yoqlardan tayyorlangan gul bosish bo’yog’i bilan gul bosiladi. Asetilsellyuloza tolasidan tayyorlangan matolarga gul bosishda dispers faol bo`yoqlar ham qo`llaniladi. Gul bosish usullaridan biri matolarni yuqori badiiy - kaloristik bezash xususiyatiga ega bo`lgan termik ishlov berish asosida murakkab tasvirlarni o`tkazadigan usul. Bu usul ikki bosqichdan iborat bo`lib, birinchisida tasvir qog’ozga o`tkaziladi va ikkinchi bosqichda tasvirni qog’ozdan matoga o`tkaziladi. Bu uchun tasvir o`tkazilgan qog’ozning yuza tomoni matoning yuziga yopishtirib qo’yiladi va maxsus uskunada yuqori haroratda bosim bilan bosiladi. Bunaqa sharoitda bo`yoq qog’ozdan matoga o`tadi. Amalda bu usulga katta qiziqish uyg’ondi, chunki bu usulda juda murakkab tasvirlar hosil qilish mumkin va juda ko`p tonli ranglar 12 minggacha olish mumkin. Undan tashqari bu usul bilan gul bosish arzon bo`lib, bo`yoq, kimyoviy yordamchi mahsulotlarga ehtiyoj yo`q va gul bosish jarayoni qisqa bo`lib, murakkab uskunalar kerak bo`lmaydi, bug’lash va yuvishga ham ehtiyoj yo`q.
Kraxmal asosan modifikatsiyalangan holda qo’llaniladi. Kraxmalni modifikatsiyalashning asosiy
usulini oksidlovchilar ishtirokida modifikatsiyalash tashkil etib, bunda xlorid, sirka yoki olein kislota ishtirokida gidrolizlanish olib boriladi. Ba’zida esa modifikatsiyalashda oksidlovchilar (vodorod peroksid) ishlatiladi [18]. Quyultiruvchilar
40 tayyorlanishida quyidagi jarayonlar amalga oshiriladi: iliq suvda kraxmal eritilib, kraxmal suti tayyorlanib, unga xlorid kislota qo’shib 95-97 0 C gacha qizdirilib bir ikki soat davomida qaynatiladi. Olingan eritma neytrallanadi (natriy astetat yordamida), sovutiladi va filtrlanib olinadi. Kraxmal hosillaridan tayyorlanadigan quyultiruvchilar turiga Solvitoza C-5 ya’ni kraxmalning karboksimetil efiri kiradi. Bunday quyultiruvchilar olishda kraxmal monoxlorsirka kislota bilan ishlanadi. Quyuqlovchi tayyorlanishini quyidagicha ifodalash mumkin: sovuq suvga solvitoza S-5 qo`shilib 80-85 0 C gacha quyuqlovchi qizdiriladi va bir jinsli massa hosil bo`lguncha aralashtirilib, so`ngra sovutiladi va filtrlanib quyuqlovchi quritiladi. Solvitozali quyultiruvchilar yaxshi eruvchanlikka ega bo`lib, bo`yovchi moddalar tarkibiga kiruvchi ishqoriy reagentlar kislotalar va elektrolitlar ta’siriga chidamlidir. Saqlanishga chidamli va qaytaruvchanlik xossasiga ega emas. Kamchiligi shundaki, xrom va alyuminiy tuzlari ta’siriga chidamli emas, bu esa bo`yoqlar tarkibiga kiruvchi komponentlarning cheklanganligi
bilangina bo’yoqlar tayyorlashda qo`llanilishini e’tirof etadi. Bunday quyultiruvchilar yaxshi bog’lovchilik va o’tuvchanlik xususiyatiga ega bo`lib, bosmalashda ravshan tasvirlar berib, oson yuviladi. Bunday quyultiruvchilar kubli, aktiv bo’yoq moddalari bilan gul bosish uchun bo’yoqlar tayyorlashda qo’llaniladi [2]. Bu tipdagi quyultiruvchilar xorijda turli savdo markalari ostida ishlab chiqariladi: to’qimachilik kraxmali 3402 (―Meystena‖ Germaniya ), Solvitoks A, VG, ST, printeks («Sholten» Gollandiya, «Zixel» Germaniya), kvelaks DV, PR («Veserlan» Germaniya), modifikasiyalangan koloprint («Avebe» Shveystariya), modifikastiyalangan-pisrulon ABC, SF, SFD, («Tyubingen» Germaniya) [3]. Hozirgi kunda kraxmal mexanokimyoviy usullar yordamida modifikatsiyalanmoqda[51].
41 1.4. Yakunlovchi pardozlash jarayoni xususiyatlari Appretlash – gazlamalarga maxsus tarkib (appretlar) shimdirib ularga zichlik, qayishqoqlik, elastiklik, qattiqlik, yaltiroqlik, oqlik berish, ularning to’zishga chidamliligini oshirish. Appret tarkibiga yopishtiruvchi moddalar (glitserin, qiyom, osh tuzi), oqlik beruvchi moddalar( ultramarin, optik oqartirgichlar ) yumshatuvchi va yaltiratuvchi moddalar (yog’, moy, mum) kiradi. Appretning asosiy tarkibiy qismi- kraxmal. Appretdagi kraxmalning miqdoriga qarab, gazlama mayin yoki dag’al pardozlanishi mumkin. Kraxmalli appretlarning kamchiligi yuvishga chidamsizdir. Gazlamani birinchi yuvishdayoq appret erib ketib, gazlama ko’rkamligini yo’qotadi. Yuvilib ketmaydigan appretlarning appretlash effekti turg’un bo’ladi. [44] Yuvilib ketmaydigan appretlar sifatida ba’zi yasama sellyulozalar va sintetik smolalarning emulsiyasi ishlatiladi. Gazlamalarga sellyulozali appretlar shimdirilgandan so’ng ular kislota bilan ishlanadi, yuviladi va quritiladi. Gazlamalarga sintetik appretlar shimdirilgandan so’ng ular termik ishlanadi yoki quritiladi. Sintetik appretlar bir necha marta yuvishga yaxshi chidaydi, gazlamaning ishqalanishga chidamliligini oshiradi va appretning tarkibiga qarab, gazlamalarga qattiqlik, suvga chidamlilik, g’ijimlanmaslik, o’tga chidamlilik xossalari beradi. Gazlamalarni kalandrlash uchun ular pardozlash kalandrlaridan o’tkaziladi. Gazlama kuchli kalandr vallari orasidan o’tganda dazmollanadi, agar appret tarkibida mum va stearin bo’lsa, gazlama yaltiraydigan bo’ladi. Kalandr vallari 170 0 C gacha qizdiriladi. Satin, lastik, ba’zan chitlarga yaltiroqlik berish uchun ular kumush kalandrdan o’tkaziladi. Hamma gazlamalar ham kalandrlanavermaydi. Kimyoviy moddalar va ular kompozitsiyasining tabiatiga ko`ra to`qimachilik matoda hosil bo`lgan pardozning ta`siri - yuvish paytida va kimyoviy tozalashda turlicha bo`ladi. Shunga asoslanib pardozlash
42 materiallarni va kompozitsiyalarni obdon yuviladigan, kam yuviladigan va umuman yuvilmaydigan turlarga bo`linadi. Yuviladigan appretlar mahsulotlarni ishlatganda birinchi yuvish ketadi[45]. Kam yuviladigan appretlar mahsulotni 4-5 marotaba yuvgandan keyin jarayon ketadi. Yuvilmaydigan appretlar keng qo`llaniladi. Ular yordamida hosil bo`ladigan pardoz juda ko`p yuvgandan so`ng yoki umuman ketmaydi. Sellyuloza tolasidan tayyorlangan, matolarni pardozlash uchun kimyoviy va fizika - mexanikaviy usullardan keng foydalaniladi. Mochevina formaldegid smolasi predkondensatining asosiy mahsuloti metilolmochevina bo`lib, u mochevina va formaldegidning o`rtasidagi reaksiyadan olinadi. Yuqori harorat va katalizator ishtirokida bu birikmalarning molekulasi o`zaro faol ta`sirlashib (polikondensatlanib), tola strukturasi ichiga smola hosil qiladi. Sellyuloza mahsulotlarini pardozlash preparatlari bilan ishlov berganda, tolaning submikroskopik g’ovaklarini va amorf bo`shliqlarini to`ldiradi. Ma`lum harorat va sharoit yaratgandan keyin bu bo`shliqlarda kimyoviy reaksiya borib smola hosil bo`ladi va sellyulozaning gidrooksil –OH gruppasi bilan o`zaro ta`sirlashadi. Yuqorida ko`rsatilgan barcha predkondensatlar 110-160 o C haroratda va katalizator ishtirokida makromolekulalari bog’lanib smola hosil qiladi. Katalizator sifatida magniy xlor, ammoniy xlor, rux xlor, kuchsiz organik kislotalar yoki
ularning kombinatsiyasi ishlatiladi. Termoreaktiv smolalarning predkondensatini qo`llashdagi asosiy kamchiligi matolarning mexanikaviy mustahkamligi ancha pasayadi (40-50% paxta va 60% gacha kanop mahsulotlarning). Appret tarkibiga termoplastik polimerlar (polietilen, polivinilasetat emulsiyasi) qo`shish bilan
tolaning mustahkamligini yo`qotish kamayadi.
43 G’ijimlanmaslik deganda to`qimachilik matolarning bo`yashdan keyin tezda oldingi o`z holiga kelishi va hosil bo`lgan katlarni taxlash tushuniladi. Odatda, g’ijimlanmaslik mato g’ijimlangandan keyin uning katlari burchagini tiklash ko`rsatkichi bilan tavsiflanadi va gradus bilan ifodalanadi. Masalan, paxtadan tayyorlangan matolar uchun pardozlashdan so`ng katlarning burchak tiklanishi 70-85 o . To`qimachilik mahsulotlar o`lchamining o`zgarishi ko`p omillarga bog’liq: tola tabiatiga, to`qimachilik ipning strukturasiga, matoni to`qilishiga, ishlov berish texnologiyasiga. Sellyuloza tolasi juda yaxshi suv o`tkazadi, suvda bo`kadi, natijada eniga kengayadi va bo’yiga qisqaradi. Paxtadan tayyorlangan mahsulotlarni pardozlash jarayonida turli ishlov berish natijasida ular qisqaradi va bu texnologik qisqarish deyiladi. To`qilgan tayyor mahsulotlarga jarayon oxirida maxsus uskunalarda termik ishlov berish natijasida ularning shakli mustahkamlanadi.
Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling