Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti "tasdiqlayman "


Download 5.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/65
Sana11.11.2023
Hajmi5.13 Kb.
#1766899
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
Bog'liq
1-kurs majmua

3. Badiiy vazifa. Badiiylik go‘zallikning nutqiy ko‘rinishidir. Borliqda go‘zal-
likning ko‘rinishlari juda ko‘p. Butun mavjudotning, xususan insonning tuzilishi, 
yurish-turishida qanchadan qancha yetuklik, jumladan go‘zallik bor. Ammo tabiiy 
go‘zallikdan tashqari yana inson vujudga keltiradigan sun’iy go‘zallik ham bor. 
Hunarmand-u san’atkorlar buyumlarga, inshootlarga go‘zal tus beradilar. Usta 
dehqonlar go‘zal bog‘-u rog‘larni vujudaga keltiradilar. Kuychilar kuy, 


ashulachilar ashula, rassomlar rasm, haykaltaroshlar haykal
yaratadilar. Mana 
shularning hammasi va ularning go‘zalligi til vositasida aks ettiriladi. Bu tilning 
go‘zallikni aks ettirishdagi xizmatidir. Ammo tilning o‘zi ham go‘zallik moddasi 
sifatida so‘z ustalari tomonidan va umuman xalq tarafidan foydalaniladi. Chunki til 
yetuk hodisalardan bo‘lib, unda go‘zallik uchun zarur bo‘lgan hamma sifatlar 
mavjuddir.
Demak, tilning badiiy vazifasi ikki ko‘rinishda namoyon bo‘ladi: 
1. Til tabiat va insondagi mavjud go‘zallikni aks ettirish vositasi bo‘lib xizmat 
qiladi. 
2. Tilning o‘zi go‘zallikni vujudga keltiradi. Badiiylik deb ataluvchi nutq husni 
so‘zlarning bir-biriga tovush yo ma’no jihatidan yoxud har ikki jihatdan mutano-
sibligidan vujudga keladi. 
Shoir va yozuvchilar hamda oddiy xalq orasidagi millionlab so‘zga chechan 
kishilar tilning badiiy imkoniyatining mazkur har ikki jihatining biridan yoki har 
ikkisidan birdan foydalanadilar va shu bilan o‘quvchi yoki tinglovchiga ham lazzat 
bag‘ishlaydilar. 
Badiiylikning ikkinchi ko‘rinishiga misol keltiramiz. Hammamizga ma’lumki,
bir fikrni juda ko‘p variantda aytish mumkin. Shulardan birini olaylik, “Qalovini 
topsang o‘tin yaxshi yonadi” deyish mumkin, ko‘p martalab shunday deyilgan ham 
bo‘lishi kerak. Bu gapda hech qanday kamchilik yo‘q, chunki u til qoidalariga 
muvofiq tuzilgan va o‘z vazifasini to‘la ado etadigan shakldadir. Biroq inson ta’bi 
bu bilan to‘la ravishda qoniqmaydi. Uning ta’bidagi go‘zallikka bo‘lgan ehtiyoj 
shu gapni go‘zallashtirishni talab qila boshlaydi. Shu talab bilan o‘tin so‘zini qor 
so‘zi bilan almashtiradi-da, “Qalovini topsang qor ham yonadi” deydi. Shu bilan u 
mazkur gapga go‘zal tus beradi. Eshitganlarga bu yoqadi. Kishi o‘ziga yoqqan 
narsani yo‘qotmaslikka harakat qiladi xalq buni maqol qilib asrab yuradi. Bu 
jumlani yoqimli, go‘zal qilgan narsa, birinchidan qor so‘zining qalov so‘ziga 
uyg‘unligi, ya’ni tovushdoshligi, ikkinchidan qorning olovga zidligi, uchinchidan 
bo‘rttirish, ya’ni mubolag‘a borligidir. 



Download 5.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling