Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti
Mashg’ulotga tayyorgarlik ko’rish
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti
1. Mashg’ulotga tayyorgarlik ko’rish:
Debat o’tkazish uchun tayyorgarlik bosqichini ishlab chiqish. Buning uchun tashabbuskor tinglovchilar bilan birgalikda quyidagilar belgilab olinadi: – o’quv fani; – debat mavzusi (bir nechta variantlar); – debat maqsadi; – jamoalarni shakllantirish tamoyillari; – debat mavzusi bo’yicha axborot bilan ishlashning turlari; – debatga jamoalarni tayyorlash; – debatni baholash mezonlari; – debatni baholash va tahlil qilish shakllari. Debatlarga tayyorgarlik ko’rish mavzuni aniqlashdan boshlanadi. Odatda, debatlarda mavzu fikr yoki g’oya shaklida ifodalanadi, masalan: «Har qanday ijtimoiy xavfli qilmish jinoyatdir». Tanlangan mavzu quyidagi talablarga javob berishi lozim: – debatchilar uchun ahamiyatga ega bo’lgan muammolarni ilgari surishi bilan ularda qiziqish uyg’ota olishi; – har bir jamoaga sifatli dalillarni keltirishlari uchun bir xil imkoniyat bera olishi; – aniq ifodalanishi; – tadqiqot ishlarini rag’batlantira olishi; – tasdiqlovchi tomon uchun ijobiy ta’rifga ega bo’lishi. Umumiy tarzda tayyorgarlik ko’rish bosqichining tuzilishi quyidagicha bo’lishi mumkin. 135 Mavzu bo’yicha axborotlar bilan ishlash: – tinglovchilarning bilimlarini faollashtirish (aqliy hujum); – turli manbalardan foydalangan holda axborot izlash; – olingan materiallarni tizimlashtirish; – asosiy fikrlarni tasdiqlash yoki inkor etish uchun keyslar (dalillar tizimi)ni tuzish, savollar raundini tayyorlash va h.k. Umumiy va maxsus mahorat va ko’nikmalarni shakllantirish: – dalillarni shakllantirish va asoslash; – inkor etuvchi tomonning strategiyasini tuzish; – savollarni to’g’ri ifodalash; – notiqlik san’ati va mantiqiy fikrlash bo’yicha bilimlarni egallash, ularni amalda qo’llash; – guruhda samarali ishlash, autotrening va relaksatsiya ko’nikmalarini egallash. Shunday qilib, tayyorgarlik ko’rish bosqichida tinglovchilar nafaqat o’yin uchun taqdim etilgan mavzu mazmunini puxta va chuqur o’rganishlari, balki tasdiqlovchi va inkor etuvchi tomonlar uchun mavzuning asosiy g’oyasiga tegishli har bir tushunchaga ta’rif berishlari, keyslar tuzishlari lozim, chunki qur’a tashlash uyin boshlanishidan avval amalga oshiriladi. Shu bilan birga, har bir tomon uchun inkor etish strategiyasi oldindan ishlab chiqiladi, ya’ni opponentlar (muxoliflar) tomonidan keltirilishi mumkin bo’lgan dalillarga qarshi dalillar hamda qarama-qarshi tomon bildirishi mumkin bo’lgan fikrlardagi ziddiyatlarni aniqlashga ko’maklashadigan savollar ishlab chiqiladi. 2. Kirish: Har bir jamoa (uchta spiker tarkibida) har qanday raundlar orasida umumiy davomiyligi 8 daqiqagacha bo’lgan tanaffus olish imkoniyatiga ega. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling