Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/51
Sana23.08.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1669530
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   51
Bog'liq
Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti

3. Asosiy qism: 
Ikkinchi bosqich — baholash bosqichi — odatda taqosslash, qarama -
qarshilik va hattoki g’oyaviy nizo vaziyatlarini nazarda tutadi. Bu holatda 
diskussiyani boshqara olmaslik, shaxsiy nizolar kelib chiqishiga sabab bo’lishi 
mumkin. Bu bosqichda o’qituvchi oldiga quyidagi vazifalar qo’yiladi: 
– fikr almashishni boshlash, aniq ishtirokchilarga so’z navbatini berish. So’z 
navbatini birinchi bo’lib o’qituvchi olishi tavsiya etilmaydi
– iloji boricha ko’proq fikr, g’oya va takliflarni yig’ish. Buning uchun har 
bir tinglovchini faollashtirish lozim. O’z fikrini bildirish uchun so’zga chiqqan 
har bir ishtirokchi so’zining oxirida o’zining taklifini ham bildirishi yoki o’zining 
takliflarini keyinroq ham berishi mumkin; 
– mavzudan chetga chiqmaslik, o’qituvchidan sergaklikni talab qiladi. 
Mavzudan chetga chiqqan tinglovchilarni mavzuga yo’naltirib turish lozim; 
– barcha ishtirokchilarning yuqori faollik darajasini ushlab turish. Bir 
tinglovchining boshqasining hisobidan haddan ziyod faolligiga yo’l qo’ymaslik, 
vaqt reglamentiga rioya qilish, cho’zilib ketgan monologlarni to’xtatish va barcha 
ishtirokchilarni suhbatga jalb qilish; 
– diskussiyaning keyingi aylanasiga o’tishdan oldin, bildirilgan g’oya, fikr, 
nuqtai nazarlarning tezkor tahlilini amalga oshirish lozim. Bunday tahlil yoki 
dastlabki xulosalarni muayyan vaqt oralig’ida (har 10–15 daqiqa), o’tkazish 
maqsadga muvofiq. 
4. Xulosa (refleksiya): 
Uchinchi bosqich — refleksiya bosqichi — muayyan yagona yoki murosali 
fikr, qarashlar, qarorlarni ishlab chiqishni nazarda tutadi. Bu bosqichda 
mashg’ulotning nazorat funktsiyasi amalga oshiriladi. O’qituvchi tomonidan hal 
etiladigan vazifalarni quyidagicha ifodalash mumkin: 


133 
– o’tkazilgan diskussiyani tahlil qilish va baholash, natijalarni sarhisob 
qilish. Buning uchun diskussiya boshida shakllantirilgan maqsad va olingan 
natijalarni taqqoslab, ularning ijobiy va salbiy jihatlarini aniqlash, xulosa 
chiqarish, qaror qabul qilish, natijalarni baholash lozim; 
– diskussiya qatnashchilarining yagona fikrga kelishlariga yordam berish. 
Bunga turli yondashuvlarni diqqat bilan tinglash, qaror qabul qilish uchun 
umumiy g’oyalarni topish orqali erishish mumkin; 
– qatnashchilar bilan birgalikda jamoaviy qaror qabul qilish, shu bilan birga 
turli fikr va yondashuvlarning muhimligini alohida e’tirof etish lozim; 
– yakuniy so’zida guruhni nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo’lgan 
xulosalarga yo’naltirish lozim. 

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling