31
emas, ularga boshqalarning baxt-saodati
ahamiyatsiz, ularda tashqi olam ustidan
hukmronlik qilish xos. Asosiy hayotiy muammolarini ular dushmanlik, antisotsial
hal etadilar (jinoyatchilar, narkomanlar, qonunbuzarlar).
• Oluvchi tip: tashqi olamga tekinxo‘rlik va o‘zining ehtiyojlarining ko‘p
qismini boshqalar hisobiga qondirishga intiluvchi odamlar. Ularda sotsial
manfaatlar yo‘q, ular boshqalardan ko‘proq narsa olishga intiladilar.
Ularning
faolligi yuqori emas, ularning boshqalarga azob-uqubat keltirish ehtimoli kamroq.
• Qochuvchi tip: bu insonlarning sotsial qiziqishlari,
shaxsiy muammolarni
hal etishdagi majburiy faolligi past, ular muvaffaqiyatsizlikdan qo‘rqadilar va
hayotiy muammolarini yechishdan qochadilar. Ular
qiyinchilik yoki omadsizlik
tug‘diradigan barchasidan qochadilar.
• Sotsial tip. Bu yetuk talabga javob beradigan, sotsial manfaatlar bog‘lab
turadi va yuqori faollikka ega. Bu inson boshqa insonlarga g‘amxo‘rlik
ko‘rsatuvchi, ular
bilan munosabatga qiziquvchi, insonlarning asosiy hayotiy
muammolarini
hal etuvchi muammolarni - ish, sevgi, do‘stlik-hamkorlikni,
shaxsiy mardlikni, mas’uliyatni talab etishini biladi
va boshqa insonlarning
rohat-farog‘atida o‘zining hissasini qo‘shishga tayyor.
Takrorlash uchun savollar:
Psixoanaliz nazariyasini tahlil qiling.
K.Yungning analitik psixologiyasi nazariyasining mohiyati.
Individuatsiya va uning bosqichlarini tahlil qiling.
A.Adlerning Individual psixologiyasi nazariyasini tahlil qiling.
Psixologik mexanizmlar to’g’risida tushuncha bering.
4-mavzu. Psixologiyada shaxsni o‘rganishlar nazariyasi
Reja:
1. O‘rgatish qonuni (E.Torndayk). Dj.B.Uotson va E.K.Tolmenning
insonga nazariy qarashlari.
2. B.Skinnerning operant bixeviorizmi.
3. Ekzistentsial psixologiyada shaxs.
4. V.Frankl: ekzistensial tahlil va logoterapiya nazariyasi
5. L.Binsvanger va M.Boss: shaxsning ekzistensial nazariyasi.
6. Olportning shaxs qirralari nazariyasi.
7. A.Maslouning o‘zini-o‘zi kamol toptirish nazariyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: