Buxoro filiali


Download 393.64 Kb.
bet5/11
Sana11.11.2021
Hajmi393.64 Kb.
#173523
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Abror dissertsiya1

MAVZUNING DOLZARBLIGI

Ochiq zovurlarni tozalashdan hosil bo’ladigan kavalerlarni buldozerlar va kavaler tikislagichlar yordamida surish, tekislash va yoyish ishlari amalga oshiriladi. Shu bilan bir qatorda keyingi tozalash ishlarini amalga oshirishda texnikalarning harakatlanishi uchun ham yo’l ochiladi. Shuningdek buldozerlar qurilish sohasida, yo’l qurulishi va yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, yangi yerlar ochish maqsadida qishloq xo’jaligida ham keng qo’llaniladi. Kovalerlarni surish, tekislash jarayonlarida buldozerlarning ish samaradorligining pasayishiga sabab bo’luvchi bir qancha omillar mavjud. Shulardan biri qazib olingan kavalerlaning loyli qatlamini yopishqoqligidir. Natijada esa buldozer ish jihozi ifloslanib uning ish samaradorligi va foydali ish foiffitsienti pasayib, xarajat va mehnat sarfi oshib ketadi, ish samaradorligini oshirish va sarf xararjatlarni kamaytirish dolzarb vazfa hisoblanib, buldozer otvaliga yuvib turuvchi mexanizim o’rnatlib, jarayonda ish samaradorligini oshirish va sarf xarajatlani kamaytirishga erishish mumkin.



KIRISH

Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va uning raqobatbardoshligini oshirish mamlakat aholisining 60 foizidan ortiq qismi yashayotgan qishloqlarning farovonlik darajasini yuksaltirishda muhim omil bo‘lmoqda.

Shu munosabat bilan so‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligini boshqarish tizimida institutsional islohotlar amalga oshirildi, paxta xom ashyosi va boshoqli don mahsulotlarini davlat tomonidan kafolatlangan xarid narxlarini sezilarli darajada ko‘paytirish hisobiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy barqarorligi oshirildi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etishning klaster modeli keng joriy etilmoqda, natijada oxirgi yillarda paxta-to‘qimachilik klasterlariga ajratilgan yer maydonlari hajmi mazkur ekin turi uchun ajratilgan qishloq xo‘jaligi yerlarining 52 foizini tashkil etdi.

Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashda samarali bozor mexanizmlarining mavjud emasligi tarmoqning raqobatbardoshligini oshirish imkonini bermayapti.

Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan boshqarishning yaxlit tizimini shakllantirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini davlat tomonidan xarid qilishning bozor mexanizmlarini joriy etish maqsadida, shuningdek, 2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq:

Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining (keyingi o‘rinlarda -Vazirlik) asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin:

birinchi navbatda qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligi sub’ektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda bozor tamoyillarini joriy etish, ilg‘or tajriba va fan yutuqlarini, zamonaviy resurs tejovchi va intensiv agrotexnologiyalarni joriy etishni nazarda tutuvchi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish; qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotishda zamonaviy kooperatsiya munosabatlarini kengaytirish orqali qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining qo‘shilgan qiymati zanjiri yaratilishini rag‘batlantirish; agrobiznesning klaster modelini keng joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish, klasterlash jarayonining tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy asoslarini takomillashtirish, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida klasterlarni tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish;




Download 393.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling