Buxoro filiali


Download 393.64 Kb.
bet7/11
Sana11.11.2021
Hajmi393.64 Kb.
#173523
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Abror dissertsiya1

I-BOB. UMUMIY QISM.

1.1. Buldozerlar ularning turlari va ishchi jihozlari haqida umumiy ma’lumotlar.

Buldozer gruntni qatlamma-qatlam kesib olish, tekislash va 150 m gacha masofaga tashib borish uchun mo’ljallangan. Buldozerlar bilan to‘kmalar, dambalar, to‘g‘onlar hosil qilish, kanallar qurish, muvaqqat kanal va transheyalami tuproq bilan to’ldirish, qum-shag‘al konlarida ishlash, sochiluvchan materiallami bir yerga to‘plash mumkin. Buldozer baza mashinadan va old tomonda joylashgan o‘matma jihozdan tuzilgan. O‘rmatma jihoz ish organi — ag‘dargichni, itaruvchi qurilma va boshqarish tizimini o‘z ichiga oladi. Buldozerlar ish organining o‘rnatilishiga, baza mashinasining tipiga, baza mashinasining nominal tortish kuchiga va boshqarish mexanizmining tipiga ko‘ra tasniflanadi. Ish jihozining o'rnatilishiga ko‘ra buldozerlar burilmaydigan ag‘dargichli va burilma ag‘dargichli buldozerlarga ajratiladi. Burilmaydigan ag‘dargich mashina bo‘ylama o‘qiga nisbatan perpendikulyar tarzda o‘rnatiladi. Burilma ag‘dargichning mashina bo‘ylama o‘qiga nisbatan gorizontal tekislikdagi vaziyatini o‘zgartirish mumkin (1.1- rasm). Nominal tortish kuchiga binoan buldozerlar nominal tortish kuchi 300 kN dan ortiq bo’lgan o‘ta og‘ir (quwati 300 kVt dan va massasi 50 t dan ziyod), nominal tortish kuchi 200— 300 kN bo’lgan og‘ir (185—300 kVt, 30—501), nominal tortish kuchi 135—200 kN bo’lgan o‘rtacha og’ir (120—185 kVt, 5— 30 t), nominal tortish kuchi 25—135 kN bo’lgan yengil (45— 120 kVt, 5—15 t) va nominal tortish kuchi 25 kN dan kam bo’lgan kichik gabaritli (45 kVt dan past, 5 t dan kam) xillarga bo’linadi. 82 Traktor sanoati 6, 9, 14, 20, 30, 40, 50, 60 (100), 90 (150), 150 (250) va (350) kN tortish sinflaridagi gusenitsali hamda g‘ildirakli traktorlar ishlab chiqaradi. Qishloq xo‘jalik tasnifi bo‘yicha tortish sinfi qavssiz ko‘rsatiladi, sanoat tasnifi bo‘yicha tortish sinfi qavs ichida ko‘rsatiladi.




1.1- rasm. Buldozerlar asosiy parametrlarining belgilanishi: B-ag‘dargichning eni; N-ag‘dargichning koziryoksiz balandligi: —ag‘dargichning planda o'rnatilish burchagi; -kesish burchagi; -ag‘dargichning ko'ndalangiga og‘ish burchagi.


Sanoat tasnifiga ko‘ra, tortish sinfi gusenitsali traktorlar uchun 2,5—3 km/soat va g‘ildirakli traktorlar uchun 3—3,5 km/soat tezlikni ta’minlaydigan uzatmada 0‘rnatma jihozsiz maksimal tortish kuchini ifodalaydi. Buldozerlami o‘rnatish uchun tortish sinfi 30, 40, 60 (100), 90 (150), 150 (250), (350) kN bo’lgan gusenitsali traktorlar va tortish sinfi 9, 14, 30, 50 kN bo’lgan g‘ildirakli traktorlar qo‘llaniladi. Gusenitsali yoki g‘ildirakli mashinalardan foydalanish samaradorligi ular ishlaydigan gruntga va sharoitga bog‘liq. Gildirakli buldozerlar tezlik va harakatchanlik jihatidan ustunlikka ega. Ular ish joyi uzoq masofada bo‘lganda bir yo’la bir nechta obyektga xizmat ko‘rsatishda (masalan, bir nechta ekskavator qazib chiqargan gruntni kerakli joyga surib keltirishda), gruntning ustki yengil qatlamini kesishda (bunday qatlamlar katta tortish kuchini talab qilmaydi) samaraliroq ishlaydi. O‘ta nam gruntlarda shinalarning gruntga ilashishi gusenitsalilamikiga qaraganda kamroq, yumshoq va qumli gruntlarda esa deyarli bir xil. Shu sababli gusenitsali buldozerlaming o‘tuvchanligi g‘ildirakli buldozerlarnikiga qaraganda yaxshiroq va qo’llanilish sohasi kengroqdir. Gusenitsali buldozerlar toshli va og‘ir gruntlarda, qiyaliklarda, yuzaning qiyaligi keskin o'zgaradigan joylarda, anchagina nam gruntlarda va ish sharoiti og‘ir bo‘lgan boshqa joylarda samarali ishlaydi. Shu sabablarga ko‘ra umumiy ish vaqtining 70—75 % qismi katta tortish kuchi bilan ish yurishiga sarflanadigan buldozerlar uchun asosiy baza mashina gusenitsali traktordir. Gildirakli buldozerlardan asosan yordamchi ishlarda foydalaniladi. Boshqarish mexanizmiga ko‘ra gidravlik boshqariladigan va kanat-bloklar bilan boshqariladigan buldozerlar farq qilinadi. Gidravlik boshqariladigan buldozerlarda ag'dargichni ko'tarish, tushirish va berilgan vaziyatda qotirib qo'yish, ba’zan esa uni og‘dirish ishlari boshqarish tizimining gidrosilindrlari yordamida amalga oshiriladi. Kanat-blok bilan boshqariladigan buldozerlarda ag‘dargich baza mashinaga o‘rnatilgan chig‘ir yordamida ko‘tariladi, tushiriladi va kerakli vaziyatda qotirib qo‘yiladi. Hozirgi vaqtda sanoatda faqat gidravlik boshqariladigan buldozerlar ishlab chiqarilmoqda. Burilmaydigan ag‘dargichli buldozerlar. DZ-42 buldozeri (1.2- rasm) pichoqlari va ikkita itaruvchi bruslari (5) bo’lgan ag‘dargich, ko‘ndalang balka (7), ikkita gidrosilindr (3) hamda gidrosindirlar kronshteynidan tashkil topgan. Ag‘dargichning orqa tomoniga payvandlangan qobirg‘alar va mustahkamlik qutilari uning bo‘ylamasiga va ko'ndalangiga mustahkam bo’lishini ta’minlaydi. Ag‘dargichning pastki qirrasi bo‘ylab pichoq (1) mahkamlangan bo‘lib, u bitta o‘rta pichoq va ikkita yon pichoqdan tuzilgan. Ag‘dargichning egri chiziqli shakli gruntning yuqoriga uzatishini osonlashtiradi va gruntni kesish jarayonidagi quvvat sarfini kamaytirishga yordam beradi. Bunday shaklli ag‘dargich yumshoq, sochiluvchan gruntlarda ham, o‘ta nam gruntlarda ham o'ziga gruntni ilashtirmasdan ishlay oladi. Grunt ag'dargichdan to‘kilib qolmasligi uchun uning yuqori qismiga koziryok payvandlangan. Sochiluvchan gruntlarda ishlayotganda ag‘dargichning ikkala tomoniga, qirquvchi qirrasiga nisbatan 30° burchak ostida kengaytirgichlar mahkamlab qo‘yiladi, ular surib keltiriladigan grunt hajmini 1,5—1,6 marta oshirishga imkon beradi. Tekislash ishlarini bajarishni osonlashtirish uchun va ag‘dargichning botish chuqurligini cheklash zarur bo‘lganda chang‘ilar (8) dan foydalaniladi.




Download 393.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling