Buxoro filiali


Download 393.64 Kb.
bet8/11
Sana11.11.2021
Hajmi393.64 Kb.
#173523
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Abror dissertsiya1

1.2- rasm. DZ-42 buldozeri:

1-pichoq; 2-ag‘dargich; 3-gidrosilindr; 4-truboprovod;

5-itaruvchi brus; 6-traktor; 7-ko‘ndalang balka; 8-chang'i.
Itaruvchi bruslar qutisimon (to‘g‘ri to'rtburchak) kesimli ichi bo‘sh balkalardan iborat. Itaruvchi bruslar bir tomondan ag‘dargichga payvandlangan, bunga qarama-qarshi tomonda esa tutqichlar bilan ta’minlangan. Tutqichlaming og'zida termik ishlov berilgan, almashtiriladigan vkladishlar joylashgan bo‘lib, ular buldozer ko'ndalang balkasi sapfalarining podshipniklari hisoblanadi. Ko‘ndalang balka ag‘dargichni baza traktor ramasiga sharnir yordamida biriktirish uchun mo’ljallangan.

Ag‘dargich ikkita gidrosilindr yordamida ko‘tariladi, tushiriladi va gruntga botiriladi. Gidrosilindrlarni kronshteynga mahkamlaydigan universal sharnirlar shtoklar va ulaming zichlamalari ishlashi uchun qulay sharoit yaratadi, chunki ag‘dargichning burchagi bilan ishlayotganda yuzaga keladigan ko‘ndalang nagruzkalar ularga emas, balki ana shu sharnirlarga tushadi. Gidravlik boshqariladigan DZ-110 va DZ-110XL buldozerlari (1.3-rasm) konstruksiyasi jihatidan bir xildir. Biroq DZ-110XL buldozeri past temperaturalarda ishlash uchun mo’ljallangan po’latlardan tayyorlanadi va sovuq iqlimda ishlashga moslashtirilgan traktor bilan komplektlanadi.

Itaruvchi bruslar (6) ning orqa tomoniga sferik vtulkali sharsimon tayanchlar (7) o'rnatilgan bo'lib, ular yordamida bruslar traktorga biriktirilgan. Bu bruslar old tomonda barmoqli sharnirlar bilan ta’minlangan, ular vintlar (10) ning barmoqlari (9) bilan o'qdosh joylashgan. Ag'dargichni yuqoridan: bir tomondan vintli kashak (5), boshqa tomondan esa og‘dirish gidrosilindri (2) tutib turadi, bu gidrosilindr ham sferik vtulkali barmoqli sharnirlar bilan ta’minlangan.

Vint uchidagi tirak shaybalar (11) va gayka (15) yordamida barmoq (9) ning tirqishini rostlash mumkin.

Ag‘dargichga kronshteynlarda o‘rnatilgan barmoqlar (9) ning va itaruvchi bruslarning bikir kronshteynlari uchida joylashgan vintlar (10) ning o‘zaro perpendikulyar joylashganligi itaruvchi bruslami sharsimon tayanchlarda burish mumkinligi tufayli ag'dargich qiyshayganda ham, sharsimon tayanchlar vertikal yo’nalishda o'zaro siljiganda ham ag'dargich hamda itaruvchi bruslar deformatsiyalanmaydi. Og’dirish gidrosilindri traktor gidrotizimi taqsimlagichining alohida seksiyasi yordamida boshqariladi. Vintli kashakdan ag'dargichning kesish burchagini o'zgartirish uchun foydalardladi.

Burilma ag‘dargichli buldozerlar. MK.-21 kavalyer tekislagichi (1.4-rasm) pichoqli ag‘dargich, qamrovchi rama, ag‘dargichni og'dirish mexanizmi, ag'dargichni planda burish mexanizmi va gidrotizimdan tuzilgan.

Ag'dargich (4) kavalyer tekislagichning ish organi hisoblanadi. U bukilgan old list va mustahkamlik qutilaridan payvandlab yasalgan konstruksiyadan iborat; qutilar ag'dargichning orqa tomonida joylashgan. Ag'dargich bo’ylab tumba (3) ning ko'tarib turuvchi va yo’naltiruvchi uzellari payvandlangan.

Tumbaning ustida kronshteyn (9) joylashgan bo‘lib, unga ag'dargichni burish gidrosilindri (11) ning shtogi mahkamlangan. Tumba korpusining ichida markaziy shamir (5) ning va barmoqlaming vtulkalari bor. Ag'dargich almashtriladigan buldozer pichoqlari bilan jihozlangan. O‘rtadagi pichoqlar yeyilganda ularni oldinga surib qo‘yish mumkin. Taqa shaklidagi qamrovchi rama (2) qutisimon kesimli uchta alohida balkadan tashkil topgan, balkalar bir-biriga boltlar bilan biriktirilgan. Ramaning old qismiga markaziy sharnir kronshteyni va ag‘dargichni burish gidrosilindrini mahkamlash kronshteyni (10) montaj qilingan. Ramaning yon balkalari oxiriga sharsimon tayanchlar 7 o‘rnatilgan, ular yordamida qamrovchi rama ag‘dargichni og‘dirish mexanizmi bilan bog’langan, u orqali esa traktordagi gusenitsa aravachalarining ramasi bog’langan.






Download 393.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling