8-mavzu Moslashuvchan va statik budjet, ularai tuzish asoslari
Budjetlar oldiga qo'yilgan vazifalarga muvofiq, moslashuvchan va statik turlarga ajratiladi.
Statik budjet korxonaning ishchan faolligini muayyan darajasida hisob-kitob qiladi. U nda darom adlar va xarajatlar sotishlar darajasidan kelib chiqqan holda rejalashtiriladi.
Statik budjet korxona moliyaviy natijalarining haqiqiyligini ifodalaydi hamda pul va foiz nisbatlaridagi ko‘rsatkichlaming mutlaq raqamlarini taqqoslashga imkon beradi.
9-mavzu. Boshqaruv hisobini tashkil etish.
Boshqaruv hisobini tashkil etishning avtonom tizimining xususiyati shundaki, unda moliyaviy va boshqaruv hisobi chegaralari aniq belgilangan boVladi. Bunga ko‘ra, moliyaviy hisobda xarajatlar iqtisodiy elementlari bo‘yicha, boshqaruv hisobida esa kalkulatsiya moddalari bo‘yicha tasniflanadi. Boshqaruv hisobida xarajatlar hisobini olib borish uchun 9100 — «Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmatjlar tannarxi hisobi schotlari», 9400 — «Davr xarajatlari hisobi» kabi tranzit schotlardan foydalaniladi. Moliyaviy hisob sintetik hisobni tashkil etish uchun mo‘ljallanganligi sababli, u mahsulotlar ishlab chiqarish, ish va xizmatlar bajarishga sarflangan xarajatlar summasini aniqlaydi, ammo ularni paydo bo‘lish jarayonini hisobga olmaydi. Boshqaruv hisobi esa bu kabi jarayonlarni amalga oshirish bilan shug‘ullanadi.
10-mavzu. Transfer bahoni shakillantirish.
Respublikamizda bozor munosabatlarini rivojlantirish sharoitida sotiladigan mahsulot (ish va xizmatlar)larga ilmiy asoslangan baho siyosatini ishlab chiqish boshqamv hisobining asosiy vazifalaridan biri sanaladi. Amaliyotda har bir korxona o‘z mahsulotini ishlab chiqara boshlashidan awal qancha foyda olishi mumkinligini rejalashtiradi. Korxona foydasi m ahsulot bahosi va uni ishlab chiqarishga sarflanadigan haqiqiy xarajatlarga bevosita bogliq bo'ladi. Ushbu holatda mahsulot bahosi ishlab chiqaruvchi yoki xaridor xohishi bo‘yicha baland yoki past bohishi mumkin emas, u talab va taklif asosida tartibga solib borilishi lozim
Do'stlaringiz bilan baham: |