Buxoro muhandislik-texnologiya instituti


-mavzu. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish


Download 312.48 Kb.
bet3/8
Sana31.01.2024
Hajmi312.48 Kb.
#1820393
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
hisobni boshqarish

5-mavzu. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish.
Korxonalar iqtisodiy faoliyatida boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoni alohida o ‘rin tutadi, u yuqori malaka va amaliy tajribaga ega bo'lishni talab qiladi. Boshqaruv qarorlari qabul qilish korxona oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalami aniqlashdan boshlanadi. Boshqaruv qarorlari amal qilish davriga ko‘ra strategik (uzoq muddatli) va qisqa muddatli qarorlarga bo‘linadi. Strategik boshqaruv qarorlari korxonaning oldiga qo'ygan maqsadiga erishishida muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Mazkur qarorlar korxona rahbariyati tomonidan istiqbolli rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish maqsadida qabul qilinadi. Qisqa muddatli qarorlar qo‘yilgan maqsadga erishishda qabul qilinadigan tezkor qarorlardir. Ular korxonaning joriy rejalarini tuzish, kadrlar masalasini hal qilishning muhim vositasi hisoblanadi


6-mavzu. Investitsiya loyihalari bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish
Investitsiya faoliyati korxona tomonidan investitsiya resurslarini (pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar, aqliy salohiyat, kredit, yer va bqshqa ko‘chmas mulk obyektlari kabi) iqtisodiyot sohalariga daromad (foyda) olishni yoki ijtimoiy samaraga erishishni maqsad qilib joylashtirilish jarayonini o‘zida ifoda etadi. Iqtisodiy adabiyotlarda investitsiyalar yo'naltiriladigan sohaga ko‘ra ishlab' chiqarish va moliyaviy investitsiyalarga bo‘linishi ko‘rsatib o‘tilgan. Ishlab chiqarish (real) investitsiyasi korxona faoliyatining muayyan sohasi va turiga, real kapital o'sishiga, ya’ni ishlab chiqarish vositalari, aylanma mablag‘lar qiymatinining o‘sishiga, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini rivojlantirishga asosiy omil bo‘luvchi xarajatlardir.


7-mavzu. Budjedlashtirish va xarajatlarini nazorat qilish.
«Budjet» atamasi keng ma’noda, davlat miqyosida iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish, yalpi ichki m ahsulotning qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash natijasida hukum at ixtiyorida markazlashgan pul fondlarining, korxonalar ixtiyorida esa markazlashmagan pul fondlarining shakllanishi va ulardan oqilona foydalanishrii anglatadi. Tor ma’noda esa, «budjetlashtirish» atamasi hali bizning iqtisodiy adabiyotlarda atroflicha'yoriti!magan, chunki korxonaning doimiy asosga qo‘yilgan kompleks rejalashtirish, nazorat va xo'jalik faoliyati tahlili tizimi shu paytgacha faqatgina biznes-rejalashtirish bilan cheklangan edi. Taraqqiy etgan mamlakatlar boshqaruv hisobida rejalashtirish jarayonini ta ’riflash uchun «budjetlashtirish» atamasidan keng foydalaniladi.



Download 312.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling