Buxoro muhandislik texnologiya


Download 185.67 Kb.
bet5/7
Sana27.06.2023
Hajmi185.67 Kb.
#1656618
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KESISH NAZARIYASI ASOSLARI VA ASBOBLAR fanidan Amaliy mashg\'ulot

Umumiy ma'lumot.
Parmalash stanoklarida ishlatiladigan asosiy kesuvchi asbob parmadir. Tekisliklar parmalashda pero simon parma, spiral' parma, miltiq parmasi, to`p parmasi, halqaviy va boshqa parmalar ishlatiladi.Tezkesar po`latlardan tayorlangan parmalar yordamida 4-5 aniqlik klassiga va 3-4 tozalik klasslariga ega bo`lgan teshiklar olinsa, qattiq qotishmalardan tayorlangan parmalar yordamida 3-4 aniqlik klassiga va 4-5 tozalik klasslariga ega bo`lgan teshiklar olish mumkin.
Perosimon parmalar - tuzulishi jihatdan oddiy va arzon bo`lib bir-biriga simmetrik ikkita kesuvchi qirradan iborat. Kesuvchi AV va SD qirralar, ishlanadigan material xossasiga bog’liq bo`lgan Kesish burchagi 2u ni tashkil etadi. Kesish burchagining o`rtacha qiymati 2u=1160 agar b=900 bo`lsa Kesish protsessini yomonlashtiradi. Shuning uchun kesuvchi qirraning kesishuv joyida ko`ndalang qirra SA hosil qilinadi.Kesish protsessidagi ishqalanishni kamaytirish uchun orqa burchak a=3-70 gacha qilib olinadi va parma 1-20 301 konuslik ostida tayorlanadi.
Markaz parmalari-markazlovchi teshiklar ochish uchun ishlatiladi.
Spiral parmalar - eng ko`b tarqalgan parma turi hisoblanadi. Ular DS bo`yicha standartlashtrilgan bo`lib U10A, U12A, 9XS, R9, R18 kabi po`latlardan tayorlanadi. Spiral' parma quyidagi qismlardan tuzilgan:a) Aylana parma b) Tsilindrik quyruqli parma.
1) kesuvchi qirralar. 2) lenta. 3) lenta qirrasi (tig’i). 4) tishi. 5) ariqcha. 6) tish kesuvchi qirra. 7) (serdtsovina) bo`yin qismi. 8) ko`ndalang qirra. 9) oldingi yuza. 10) orqa yuza .
Parmaning quyrug’i dastgoh shipindelining uchiga kiritib maxkamlanadi, panjasi esa parmani shipindel' uyasidan urib chiqarishda tayanch vazifasini o`taydi.
Ishlab chiqarishda speral' parmadan keng kulamda foydalanilayotgani uchun spiral parmalarni geometrik parametrlarini ko`rib chiqamiz.
Parmaning kesuvchi qismi geometrik parametrlariga parmaning uchidagi burchik vintaviy ariqchasining qiyalik burchagi, oldingi va ketingi burchaklar, ko`ndalang qirra (tig’)ning qiyalik burchagi kiradi.
Parmaning kesuvchi qismi konussimon bo`lib unda ikkita kesuvchi qirra joylashgan ular orasidagi burchak Kesish burchagi deyiladi. Bu burchakning qiymati parmalanadigan materialning xossasiga qarab belgilanadi.
Masalan, bu burchak 2u
Po`lat, cho`yan bronza uchun 1160-1180
Latun', yumshoq bronza, alyuminiy qotshmalari uchun 1300
Эbonit -uglerod 80-900
Parma vintaviy ariqchasining qiyalik burchagi strujka chiqarish va parmaning mustahkamligiga katta ta`sir ko`rsatadi.
Parma vintaviy ariqchasining qiyalik burchagi ortishi bilan Kesish protsessi osonlashadi (stujka chiqarish yaxshilanadi) lekin kesuvchi qirralarning mustahkamligi yomonlashadi. Uning qiymati quyidagi formula bilan topiladi. tg =d\h bu erda d-parmaning diametri (mm). h-vintaviy ariqchaning qadami (mm).
Vintaviy ariqchasining qiyalik burchagi qiymati 18-300ga teng qilib olinadi.
Parmaning diametri ortgan sari bu burchak ham kattalashadi. Masalan, 0.25-9.9 mm diametrli parmalarda bu burchak 180-2800 c
Diametri 10+80gacha bo’lgan parmalar uchun 240-300 yumshoq materillar va qotishmalar uchun 400-500 qilib olinsa maqsadga muvofiq bo`ladi.
Parmaning ketingi burchagi α - bu burchak asosiy kesuvchi qirra parma o`qiga paralel tekislik bilan kesilganda ko`riladi. ketingi burchak parmaning sirtqi diametri yonida 7-150 markazi yonida 20-260 bo`ladi.
Parmaning oldingi burchagi (γ )-bu burchak parma asosiy qirrasiga perpendikulyar tekslik bilan kesilganda ko`riladi. Oldingi burchak asosiy kesuvchi qirraning turli nuqtalaridan har xil bo`ladi. Parma uchiga tomon kichrayib boradi eng chekki tashqi nuqtalarida (γ)=250-300 bo`lsa parmaning uchida γ=0 bo`ladi.
Parmaning ko`ndalang qirrasining qiyalik burchagi, bu burchak 50-550 atrofida olinadi. Aniqrog’i diametri 12mm gacha bo`lagn parmalar uchun 47-500. Diametri 12mm dan ko`p parmalar uchun 52-550
Plandagi yordamchi burchak φ 1 - parmaning ish uzunligi bo`yicha hosil bo`lgan teskari konuslik natijasida yuzaga keladi.

Download 185.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling