Buxoro muhandislik texnologiya


Download 185.67 Kb.
bet1/7
Sana27.06.2023
Hajmi185.67 Kb.
#1656618
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KESISH NAZARIYASI ASOSLARI VA ASBOBLAR fanidan Amaliy mashg\'ulot


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
BUXORO MUHANDISLIK - TEXNOLOGIYA
INSTITUTI
TEXNOLOGIYALAR va JIHOZLAR” KAFEDRASI


dots. N. F.O’rinov, kat.o’qit. M.H.Saidova
ass.S.Yu.Adizova
«Kesish nazariyasi asoslari va asboblar»
FANIDAN





bajarish bo’yicha




Buxoro shahri

KIRISH

Metallarni kesib ishlash insoniyatga qadimdan ma'lum.Qo'l bilan yuritiladigan tokarlik va parmalash dastgohlari XII asrdayoq mavjud edi. Mexanikaviy yuritmali tokarlik va parmalash dastgohlari XVI asrdan ishlatila boshlandi. 1645 yilda Yakov Batishchev va Ivan Osipov original konstruktsiyali dastgohlarini yaratdilar. 1716 yilda A. K. Martov mexanikaviy supportli tokarlik dastgohini qurdi. XIX asrning o'rtalariga kelib, tokarlik, parmalash, frezalash, randalash, jilvirlash dastgohlari va boshqa dastgohlari barpo etildi. Ana shu davrda metallarni kesish to'g`risidagi fan vujudga keldi. Bu fanning asoschisi rus olimi I. A. Time bo'ldi. U metallarni kesish jarayonining fizikaviy tabiatini nazariy jihatdan izohlab berdi. Akademik AV. Gadolin, professor P.A. Afanasev, professor K.A. Zvorikinning metallarni kesish nazariyasiga qo'shgan hissalari juda katta. Rus olimi Ya.G. Usachev kesish tezligining va kesish zonasidagi temperaturaning ta'sirini hamda kesish rejimlarini o'zgartirish yo'li bilan qirindi turini, kesish kuchini va kesilgan yuza tozaligini o'zgartirish mumkinligini ko'rsatdi.


Hozirgi zamon mashinasozlik bilan metallarni va metallmas materiallarni kesib ishlash jarayoni hilma-xil. Metallarni kesib ishlashning quyidagi turlaridan: yo'nish, teshikni yo'nib keygaytirish, randalash, rezba o'yish, tish qirkish va boshka turlaridan keng qo'llanmoqda.Kesib ishlashning bu turlarini tegishli tip metal kesish dastgoxlari va tegishli tur metall kesuvchi asboblar bo'lgandagina amalga oshirishi mumkin. Bu uchun kesish jarayonini nazariyasini chuqur o'rganib, uni kerakli vaziyatlarga ilmiy texnik jihatdan to'g`ri qo'llash shart.
Uslubiy ko’rsatmada har bir amaliy ish zarur bo’lgan nazariy ma’lumotlar, ishni bajarish uchun maqsad va vazifalar, tajriba o’tkazish asboblari va tartibi, talabalarning bilimlarini qanchalik o’zlashtirilganligini tekshirish uchun nazorat savollari hamda olingan ma’lumotlarni ish­lab chiqish va ish yuzasidan hisobot yozish yo’llarini o’z ichiga oladi.
«Kesish nazariyasi va asboblar» fani talabalardan «Chizma geometriya va muxandislik grafikasi», «Fizika», «Kimyo», «Oliy matematika», «Konstruktsion materiallar texnologiyasi» va «Materialshunoslik» kabi fanlardan zarur bilimlarni yaxshi egallagan bo`lishlarini talab etadi va yuqoridagi fanlarga asoslanadi.
Mazkur uslubiy ko`rstmada 9 ta amaliy ishlarni bajarish bo`yicha kerakli ma'lumotlar keltirilgan.



Download 185.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling