Buxoro muxandislik-texnologiya instituti


Katalizatorlarni kattik tashuvchilarga urnatish bilan sintez kilish


Download 103.04 Kb.
bet10/13
Sana27.02.2023
Hajmi103.04 Kb.
#1235315
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Kataliz va katalizator amaliy

Katalizatorlarni kattik tashuvchilarga urnatish bilan sintez kilish
Biriktirilgan katalizatorlar organik yoki noorganik tashuvchilarga ion kompleks, metallorganik yoki metallorganoksiloksan birikmalarni urnatilishi bilan olinadi. Organik tashuvchilar sifatida bu polimerlar divinilbenzolni stirol bilan sopolimerlash bilan yoki akrilatlardan olinadigan gel shaklidagi polimerlar yoki mikrogovakli polimerlar, makroturli yoki makrogovakli polimerlar ishlatiladi, shuningdek butadien va stirolning sopolimerlanishidan yoki butadieni polimerlash bilan olinadigan shishirgan polimerlar kullaniladi.
Organik tashuvchilarning kamchiligi yukori xaroratda ishlatib bulmaydi va mexanik mustaxkamligi past.
Noorganik tashuvchilar sifatida aluminiy va kremniy oksidi, metallosilikatlar, seolitlar, shisha, gil, kupiktoshlar ishlatiladi. Bu noorganik tashuvchilarning yuzasida ON – guouxi joylashgan bulib, ular urnatilgan birikmalarni kuyidagi sxema bilan biriktirishga ishtirok etadi:
Tashuvchi -ON +HOSiR3 = tashuvchi-O-SiR3 + N2O.
Urnatilgan katalizatorlar gomogenlovchi va kattik katalizatorlarga nisbatan samalirok bulib, ular ikkali tur katalizatorlarning xossalarini namoyon kiladi: tashuvchilar va gomogenlovchi katlaizatorlar.
Zol-gel usuli
Zol-gel usuli kreking katalizatorlarini (alyumosilikatli, seolitalyumosilikatli, seolitsirkonsilikatli va boshka oksidli katalizatorlar) ishlab chikarish sanoatida keng kullaniladi; bu usul adsorbentlar (kremniy va aluminiy oksidlari) va seolitlar, shuningdek boshka metall oksidalarini va katalizatorlarni ishlab chikarish uchun xam kullaniladi.
Zol-gel usuli kattik katalizatorlar ishlab chikarish uchun, jumladan seolitalyumosilikalar va seolitlar ishlab chikarishda bir necha ketma – ket boskichlarni uz ichiga oladi.
Ularga kuyidagilar kiradi:
— parkondesatdan yoki distilyatdan yumshok suv tayyorlash;
— silikat palaxsalarini (glыba) maydalash;
— silikat palaxsalarning yukori xaroratli suv buglari bosimi ostida eritish;
— dastlabki metall tuzlari, kislotalar va ishkorlarni eritiish;
—seolitning suvdagi suspenziyasi tayyorlanadi;
— eritmalarning rN konsentratsiyasida, ma’lum xaroratda, kislota bilan nordonlashtirilgan suvda suyuk shisha eritmasi va metall tuzlarining eritmasi aralashtiriladi;
—metallotseolitsilikat suspenziyasini olish;
— seolitning suvli suspenziyasini zolga uchinchi okimda berish;
— transformator moyida zolning gelga koagulyatsiyalanishi;
gel zarrachalarini yuvish;
— ammoniy sulfatda yoki boshka tuz eritmasida sinerezis (geldan suv ajralishi bilan uning sikilishi);
— gel aluminiy sulfat yoki metall sulfati bilan faollashtiriladi;
— gelni yuvish;
— gel zarrachalarini kuritish va kizdirish.
Katalizatorlarning zarrachalari diametri 2-5mm bulgan sharcha yoki mikrosferalar shaklida buladi. Katalizator zarrachalarini tayyorlash va ishlov berish optimal sharoitda olib boriladi, zolning rNi, uning xarorati va eritmalar nisbati saklanadi. Katalizator ishlab chikarishning boshka boskichlari xam optimal sharoitlarda olib boriladi.
Kattik metallosilikatli katalizatorlar amorf panjaraga ega, seolitmetalosilikatlar esa- amorf- kristalli panjaraga ega. Panjara, kattik jismlarning fizik- kimyoviy xossalarini belgilovchi poliedrlardan- tetraedr va oktaedrlardan tuzilgan. Kattik jismlarning strukturasi poliedrlarning bir – biriga biriktirish bilan xosil kilinadi, u kuyidagi boskichlardan tashkil topgan:
Poliedr Poliedrlar ansambli Elementar cheyka
Poliedrlardan klaster Kristall panjarali kattik jism
Amorf panjarali kattik jism.
Poliedrlarning ansambli kristall xosil bulishidan oldingi xolati. Poliedr ansamblidan elementar yacheyka shakllanadi va shunda kristall kattik jism xosil buladi. Undan xaotik joylashgan poliedrlardan tashkil topgan klaster yaratiladi. Bu xolatda amorf panjarali katalizatorlar olinadi. Poliedr ma’lum tuzilishga ega bulib, buni: tarkibidagi kationlar soni, boglarning uzunligi,boglar orasidagi burchak, simmetriya, oksidlanish soni yoki kation va anionining zaryadlari, elektromagnit maydonining kattligi, atom va molekular orbitalardagi elektronlarning tarkalishi, energiyasi belgilab beradi. Kattik jismlarni sintez kilishda yukorida keltirilgan kattik jismlarning xususiyatlarini, ularning sintez kilish ketma- ketligini va xossalarini, tarkibini, poliedrlarning tarkibi va tuzilishini xisobga olish kerak.

Download 103.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling