Buxoro muxandislik-texnologiya instituti


Download 103.04 Kb.
bet2/13
Sana27.02.2023
Hajmi103.04 Kb.
#1235315
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Kataliz va katalizator amaliy

Gomogen katalizatorda: reyagentlar bilan katalizator 1jinsli aralashma hosil qiladi .Reyaksiya gaz yoki suyuq fazada boradi .Katalizator sifatida atomlar ,ionlar, molekulalarishtirok etishi mumkin. Bunday mexanizmni sharxlash uchun oraliq moddalar nazariyasi ishlab chiqilgan .Bu jarayonning asosiy kamchiligi mahsulot tarkibidan katalizatorni ajratib olish (tazalash) zarur bo‘ladi.
Geterogen(kontakt) katalizatorda: katalizator sifatida qattiq moddalar ishlatiladi. Ularning sharsimon,granulasimon, speralsimon va b.turlari bor. Katalizatorlar tarkibiga ko‘ra bir yoki ko‘p komponentli, holatiga ko‘ra oksidsimon, metallsimon bo‘ladi.Bu jarayon oxirida mahsulotdan katalizator ajratib olinadi.Shuning uchun geterogen katalizator sanoatda keng qo‘llaniladi.
Mikrogeterogen katalozatorda: reyaksiya suyuq fazada bo‘ladi,katalizator sifatida kolloid zarrachalar ishtirok etadi.
Fermentativ katalizatorda: o‘simlik va hayvon to‘qimalaro hosil bo‘ladi, bu reyaksiyada katalizator sifatida kolloid holda oqsil zarrachalari-fermentlar ishtirok etadi.
Ba’zi moddalar kimyoviy reaksiya tezligini susaytiradi yoki to‘xtadi.Bunday moddalar Antikatalizatorlar yoki ingibitorlar deyiladi.Bu holat manfiy katalizator deyiladi.
Sanoatda asosan musbat katalizator katta ahamiyatga ega.
Katalizator jarayonida hosil bo‘ladigan oraliq kompleks birikmalar bilan dastlabki moddalar energiyasi orasidagi farq aktivlanish energiyasi deyiladi.Katalitik jarayonning aktivlanish energiyasi qancha kam bo‘lsa reyaksiya tezligi shuncha yuqori bo‘ladi.
Kataliz borish mexanizmiga qarab asosan ikkiga bo‘linadi:
1.Kislota-asos katalizida kislota, azot katalizator bo‘ladi. Katalizator jarayoni keying bosqichda polimerlanish, izomerlanish, kreking jarayonlari aluminiy silikat ta’sirida shu kislota asos katalizi mexanizmi bilan boradi. Bu reyaksiyalarda proton almashi ro‘y beradi ya’ni proton katalizatorlardan reagentga yoki,aksincha reagentdan katalizatorga o‘tadi.
2.Oksidlanish-qaytarilish katalizida metal,metal oksidlari,tuzlar katalizator bo‘lib xizmat qiladi. Bunday katalizda elektron almashadi, electron katalizatorlardan reagentga yoki, aksincha, reagentdan katalizatorga o‘tadi. Shunday qilib oksidlash-qaytarilish jarayoni hosil bo‘ladi.
Ma’lum katalizator yoki katalizatorlar guruhi kimyoviy reyaksiyaning ma’lum yo‘nalishigina o‘zgartiradi, tezlatadi, xolos. shunga ko‘ra muayyan reyaksiya uchun katalizator tanlash amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan asosiy va muhim vazifadir.Hozirgi vaqtda katalizatorning umumlashgan yagona nazariyasi mavjud bo‘lmasada, uning ba’zi tomonlarini e’tiborga olgan ayrim nazariyalar bor. Rus kimyogarlari N.I. Kobozevning faol ansambl, A. A. Balandining multiplet katalizatorning electron va zanjir nazariyalari shular jumlasidandir.

Download 103.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling