Talabaning mustaqil ishi
1-laboratoriya ishini bajarish uchun tayyorgarlik ko`rish jarayonida talaba ma`ruzalar matnidan «Solod va solod mahsulotlari» mavzusini va uslubiy qo`rsatmalardagi ushbu laboratoriya ishiga tegishli «Asosiy nazariy tushunchalar» bo`limini o`zlashtirishi; tajriba ishini bajarish uslubini o`zlashtirishi; laboratoriya qaydnomasini rasmiylashtirishi; kuyida keltirilgan savollardan foydalanib nazariy qismni o`zlashti-rish darajasini tekshirishi kerak.
Mustaqil tayyorlanish uchun savollar
Solod qaysi turlarga bo`linadi qaysi maqsadlarda ishlatiladi?
Solodni ishlab chiqarish texnologiyasi qaysi bosqichlardan iborat?
Solodni fermentlashtirish qanday amalga oshiriladi?
Solodni fermentlashtirish jarayonida qanday moddalar hosil bo`ladi?
Fermentlashtirilgan javdar solodi qanday xossalarga ega?
Arpa solodi va solod preparatlari qaysi maqsadlar uchun ishlatiladi?
Solodning organoleptik sifat ko`rsatkichlari qanday aniqlanadi?
Solodning namligi, ektraktivligi, kislotaliligi va rangi qanday aniqlanadi?
6-LABORATORIYA ISHI
KRAXMAL VA PATOKANING SIFATINI ANIQLASH
Ishdan maqsad: Kraxmal va patoka turlarining tasnifi va tavsifini o`rganish va sifat ko`rsatkichlarini aniqlash. Tajriba ishini bajarish jarayonida talabalar kraxmal va patokani kimyoviy tarkibi, tasnifi va alohida turlarinining tavsifini o`rganadi-lar va ularni sifat ko`rsatkichlarini aniqlash ko`nikmalariga ega bo`ladi-lar.
Ishning mazmuni: 1. Kraxmal sifatini organoleptik baholash.
2. Kraxmalning kislotaliligini aniqlash.
3. Kraxmaldagi qoramtir zarrachalar sonini aniqlash.
4. Patokaning organoleptik sifat ko`rsatkichlarini aniqlash.
5. Patokadagi redutsiyalovchi moddalar miqdorini aniqlash.
6. Patokadagi quruq moddalar miqdorini aniqlash.
7. Patokaning karamel namunasi haroratini aniqlash.
Kerakli xom ashyolar, laboratoriya jihozlari va kimyoviy reaktivlar:
xom ashyolar: kraxmal va patoka namunalari;
jihozlar va idishlar: texnik tarozi; saxarimetr, refraktometr URL, kislotalilikni aniqlash uchun titrlash qurilmasi, miss idishcha, yuzasida to`rtburchaklar chizilgan shisha, chizqich, shisha tayoqcha, suv hammomi, elektroplitka, marmar taxta, yuzasida to`rtburchak chizilgan shisha, shisha plastinkalar, termometrlar, piknometrlar, o`lchov va konussimon kolbalar va tsilindrlar, stakanlar, pipetkalar, chinni idishlar, shpatellar;
kimyoviy reaktivlar: 0,1 mol/dm3 natriy gidrooksid eritmasi, 1 % li fenolftalein eritmasi, distillangan suv, fil’tr qog`oz.
Do'stlaringiz bilan baham: |