Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti kafedra : pedagogika va psixologiya
Shaxs muomola jarayonida (tranzakt psixologiya)
Download 62.65 Kb.
|
Shaxs muomola jarayonida (tranzakt psixologiya)
Keyingi yillarda psixologiya fanida va hayotda kishilar orasidagi muomala jarayonini o`rganish va boshqarishga qiziqish kupaymoqda. Ko`pchilik psixologik tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, agar kishi o`zining xulq atvori va boshqalar bilan muomalasi ostida yotgan qonuniyatlar va tamoyillarni bilsa u hayotga munosabatini, boshqalarga bo`lgan munosabatini keskin o`zgartirish imkoniyatiga ega bo`ladi. «Muomala» psixologik kategoriya sifatida juda ko`p o`rganilgan bo`lishiga qaramay, uni o`rganish davom etmoqda. Bu muomalaning muhimligi va ko`p qirraliligi bilan tushuntiriladi. Biz keyingi yillarda g`arbda juda ommalashgan «Tranzakt psixologiya» nomoyondalari tomonidan taklif qilingan fikrlar bilan tanishtirmoqchimiz. Bular orasidan keng ommaga (rus va ingliz tillarida) tanish bo`lgan e.Bern («Igri, v kotorie igrayut lyudi»), T.Xarris («YA-O’key-Ti- O’key») va M.Djeyms, D.Djondjeval («Rodit’sya, chtobi pobedit’») asarlarini ko`rsatib o`tish mumkin. Tranzakt psixologiyasi tarafdorlarining fikriga ko`ra kishilar muomala jarayonida o`zlari anglagan yoki anglamagan holda o`z hamfikrlarining fikrini, hatti-harakatini boshqarish, o`zgartirishga intiladilar. Masalan, Perlzning fikricha muomala jarayonida kimdir asosiy, boshqaruvchi, vaziyatni nazorat qiluvchi, ikkinchisi esa unga buysinuvchi bo`ladi. Birinchisi ko`rsatadi, ikkinchisi bajaradi. M.Djeyms , D.Djondjevallar esa muomala jarayonida «Ta`qib qiluvchi», «Ta`qiblanuvchi», «YOrdamchi» rollarida bo`ladilar deb ko`rsatadilar. «Ta`qib qiluvchi» - boshqalarning hatti-harakatlarini, faoliyatini boshqarishga, qandaydir cheklashlar, chegaralar o`rnatishga harakat qiladi, ta`qiqlaydi. «Ta`qiblanuvchi» - unga qilgan ishi uchun, o`zini to`tishi uchun va h.k. uchun «Ta`qib qiluvchi» unga tanbeh beradi, nimanidir unga ta`qiqlaydi. Ko`pincha ular o`zini boshqalar nazarida qiynalayotgandek ko`rsatishga urinadilar. «YOrdamchi» - ko`pincha «Ta`qiblanuvchi»ga yordam berishga intiluvchi yoki o`zini shunday ko`rsatishga harakat qiluvchi shaxs. Eng ko`p tarqalgan nazariyalardan biri e.Bern nazariyasidir. e.Bern muomala jarayonidagi pozitsiyasiga ko`ra kishilar «Ota-ona»(ko`proq «qaynona» tushunchasi mos keladi), «Katta kishi» va «Bola» rollarini o`ynaydilar deb ko`rsatadi. E.Bern ajratgan rollarni quyida jadval ko`rinishida aks ettiramiz:
E.Bern har bir muomalada ishtirok qilayotgan kishining hatti-harakatini, pozitsiyasini yuqoridagilardan kelib chiqib baholashni taklif qiladi. Download 62.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling