Buxoro psixologiya va xorijiy tillar universiteti s-1-22-guruh talabasi
Download 42.44 Kb.
|
Tarbiyachi va uning ish hujjatlari.htm
Jismoniy tarbiya va sport yo‘riqchisi maktabgacha ta’limga davlat talablari mazmuni:
-Maktabgacha ta’limi vazirligining maktabgacha muassasalarda jismoniy tarbiya va bolalar sportini rivojlantirish masalalariga oid metodik; -me’yoriy, yo‘riqnoma va boshqa boshqaruv hujjatlarini, bolalarni maktabgacha tarbiyalash pedagogika va psixologiyasi asoslari; bolalarni jismoniy tarbiyalashning nazariya va amaliyoti asoslarini, bolalar anatomiyasi va fiziologiyasini; sport-ommaviy tadbirlar o‘tkazish tartibini, zamonaviy va xalq bolalar sport o‘yinlari qoida va talablarini bilishi kerak. Jismoniy tarbiya va sport yo‘riqchisi lavozimiga quyidagi malaka talablari qo‘yiladi: а) Kamida jismoniy tarbiya bo‘yicha o‘rta maxsus ma’lumot; b) Amaliy ish staji talab qilinmaydi. Jismoniy tarbiya yo‘riqchisining ish xudjatlarini yuritish tartibi: O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2011 yil 2 noyabrdagi “Maktabgacha ta’lim muassasalarining ish hujjatlari to‘g‘risida “gi 252-sonli hamda 2016 yil 4 fevraldagi “Maktabgacha ta’lim muassasalarining ish hujjatlari to‘g‘risida”gi 33-sonli buyruqlari asosida tarbiyachilarning ish hujjatlari belgilab berilgan Maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini rejalashtirish Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini rejalashtirishda eng avalo maktabgacha ta’lim muassasalari uchun mo‘ljallangan meyoriy xujjatlar “Maktabgacha ta’limga qo‘yilgan Davlat talablari” hamda Takomillashtirilgan “Bolajon” tayanch dasturiga asosan bolalar yoshlari doirasida asosiy harakatlar: yurish, yugurish, sakrash, irg‘itish-emaklash, to‘siqlardan oshib o‘tish milliy, harakatli hamda tinch o‘yinlarni nomini bilishi va o‘ynashi zarur deb ko‘rsatilgan. Jismoniy tarbiya yo‘riqchisi tomonidan jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini rejalashtirishda yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, tirmashib chiqish, muvozanat mashqlari kabi asosiy harakatlarni izchil ravishda mashg‘ulotlarga taqsimlab chiqishda ko‘proq qiynaladilar. Ularni rejalashtirish vaqtida faqat mashg‘ulot o‘tkazish shart-sharoitlarini (xona, asbob-uskuna va boshqalarni), bolalarning tayyorligini hisobga olibgina qolmay, shu bilan birga har bir harakat malakasini izchillik bilan shakllantirishga ham e’tibor berish kerak. Bunga murakkabligi tobora ortib boradigan mashqlar va o‘yinlarni ko‘proq tanlash orqali erishiladi. Mashg‘ulotlar vaqtida asosiy harakatlarning bir-biri bilan maqsadga muvofiqroq ravishda qo‘shib olib borishni ko‘zda tutish, shuningdek, bolalarning yuksak darajadagi faolligini ta’minlovchi uyushtirish usullarining qo‘llanishi ham katta ahamiyatga egadir. Materialni takrorlash ham muhim rol o‘ynaydi. Ayni bir harakatni taxminan oradan 3-4 hafta o‘tgandan keyin ba’zi - bir takrorlab turgan ma’qul. Har bir o‘rganiladigan harakat turiga bir nechta (ikki-to‘rt) izchil bajariladigan mashg‘ulotlarni kiritish maqsadga muvofiqdir. Odatda mashg‘ulotlar uchun bolalarni o‘qitishning har xil bosqichlari bilan bog‘liq bo‘lgan mashqlar tanlanadi: topshiriqlarnipg biri ko‘pincha yangi mashqlarni o‘rganish bilan yoki harakat qismlarini takrorlash bilan bog‘liq bo‘ladi, boshqalari esa malakani mustahkamlash va takomillashtirishga qaratilgan bo‘ladi. Materialni taxminiy taqsimlash rejasida har bir yosh gruppasi uchun faqat asosiy harakatlar bilan bog‘liq topshiriqlar, shuningdek, harakatli o‘yinlar berilgan. Mashg‘ulotlar uchun belgilangan umumiy rivojlanish mashqlarining mazmuni mashg‘ulotning asosiy maqsadiga bo‘ysundiriladi, u bolani asosiy mashqlarga tayyorlamog‘i lozim. Yosh guruxlari uchun tuzilgan rejada haftasiga ikki marta o‘tkaziladigan mashg‘ulotdan faqat bittasining mazmuni berilgan. Bu rejalashtirishda birmuncha o‘zgartirishlar bo‘lishi uchun kerakli erkinlikni ta’min etadi. Ikkinchi mashg‘ulot birinchi mashg‘ulotning mazmunini to‘la takrorlashi ham mumkin. Bolalar o‘tgan mashg‘ulotlarda o‘rgangan harakatlarni takrorlab, faol ravishda mashq qilib olishlariga imkon yaratish uchun shunday qilinadi. Ba’zan ikkinchi mashg‘ulotning mazmuni qisman o‘zgartiriladi: mashg‘ulotning kirish qismiga boshqa yangi mashqlar kiritiladi yoki umumrivojlantiruvchi mashqlar uchun boshqa mashq tanlanadi, asosiy harakatlarga o‘rgatish vaqtida bolalar jamoasiini uyushtirish uslubi o‘zgartiriladi. Boshqa mashg‘ulotdagi asosiy harakatlar qo‘shimcha takrorlash materiali sifatida kiritiladi. Maktabgacha ta’lim muassasasida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari barcha guruhlarda haftasiga 2 marotaba bolaning fiziologik holatiga qarab hafta kunlariga bo‘linadi. Maktabgacha ta’lim muassasaslarida jismoniy tarbiya yo‘riqchisi mashg‘ulotlarni bolalarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan xolda shakllantiradi. Maktabgacha ta’lim muassasasida jismoniy tarbiya tizimida - kun tartibi, an’anaviy mashg‘ulotlar, mujassam mashg‘ulotlar, chiniqtirish (tabiiy va sun’iy), jismoniy mashqlar, madaniy gigiyenik ko‘nikmalar, ertalabki va kechki soatlar, quvnoq daqiqalar, davolovchi gimnastika, ritmika, sport o‘yinlari tashkil etiladi. Maktagacha ta’lim muassasalarida noa’nanaviy jimsmoniy tarbiya mashg‘ulotlarini 2-3 turdagi tashkil etish muhumdir yuqorida ko‘rsatilib o‘tilgan noa’nanaviy mashg‘ulotga o‘xshamaydigan tarzda tashkil etiladi Noa’nanaviy jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari ertak asosida tashkil etiladigan mashg‘ulotlar uchun bolalarning yosh xususiyatini inobatga olgan xolda bolalarga o‘rgatmoqchi bo‘lgan asosiy xarakatni bajarishga mos keluvchi ertak tanlanib “Bo‘g‘irsoq” “Echki bolalari” “Qizil shapkacha” va jismoniy tarbiya yo‘riqchisi tamonidan asosiy harakatlarni o‘rgatish uchun o‘ylab topilgan ertaklar asosida tashkil etiladigan noa’nanaviy jismoniy tarbiya mashg‘uloti deb hisoblaniladi. Xulosa Demak, tarbiyachi avvalo, bilimli bo‘lishi, o‘zi yashab turgan ulkan hayotini bilishi, tabiat va jamiyatning qonuniyatlarini tushunishi, ijtimoy faol bo‘lishi, umumiy va maktabgacha tarbiya pedagogikasini, bolalar ruhiyati va fiziologiyasini egallashi va bolalarning yosh xususiyatlarini bilishi kerak. Shuningdek, pedagogik tarbiyachining hodisalarni tahlil qilishga ilmiy nuqtai nazardan yondashuvi bolani har tomonlama rivojlantirish muvaffaqiyatini amalga oshirishga imkon beradi. Mustaqillik munosabati bilan respublikamiz rahbariyati tarbiyachilarning faoliyatini yuqori baholamoqda. Yosh avlodni komil inson qilib, kamolot sari yetaklashdagi erishgan yutuqlari uchun va tarbiyachilar, metodist, katta, metodist tarbiyachi va boshqa shunga o‘xshash unvonlar bilan taqdirlanadilar. Ularga respublika miqyosidagi unvonlar beriladi. Xalq ta’limi xodimlari orasidan respublika, viloyat, tuman kengashlariga deputatlar saylanish, ularga bo‘lgan chuqur hurmat va ehtiromni bildiradi. Respublikamizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar bugungi kunda bog‘chada, akademik litsey va kasb-hunar kolleji hamda oliy o‘quv yurtlarida shakllanayotgan avlod ijobiy xulq-atvor me’yorlari va qoidalarini, ilmiy bilim asoslarini, kasb-hunar malaka va ko‘nikmalarini har tomonlama puxta egallab borishini talab qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshkent: Ma’naviyat, 2008. – 173 b. Azizxodjayeva N.N. Pedagogicheskiye texnologii i pedagogicheskoye masterstvo. Izdatelsko-poligraficheskiy tvorcheskiy dom im.Chulpana. T.; 2005. -200 s 4. Levitan K.M. Lichnost pedagoga: stanovleniye i razvitiye. Izd-vo Saratovskogo universiteta. 1991. -166 s. Mavlonova R., To‘rayeva O. Holiqberdiyev K. Pedagogika. T., O‘qituvchi. -2001. – 512 b. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. – Qarshi. Nasaf, 2000. Salomova R.S. «Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati» T.: 2014. Maxkamdjonov K.M. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi. T.: “Iqtisod-moliya”, 2008. Nuriddinova M.M. «Maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya yo‘riqchilari uchun me’yoriy hujjatlar majmui». -T.: “Muxarrir”, 2013. Fayzullayeva M. va boshq. “Sog‘ tanda-sog‘lom aql”. T.: 2014 5.Usmonxo‘jayev T. va boshq. “500 harakatli o‘yinlar”. -T.: “Yangi asr avlodi”, 2014. http://fayllar.org Download 42.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling