"Platejnыe dokumentы" rejimi barcha kiritilgan bank hujjatlari reestrini soliq to‘lovchilar va byudjet hisob raqamlari bo‘yicha ko‘rishga, shu bilan birga aniqlanmagan hujjatlarni ko‘rishga mo‘ljallangan. “Aniqlanmagan” statusi bilan belgilangan bank hujjatlari soliq to‘lovchining rekvizitlari orqali aniqlashtiriladi.
2. «Soliq inspektorining avtomatlashtirilgan ish joyi-5» dasturiy mahsuloti
Shaxsiy hisob varaqlarda soliq to‘lovchi haqida aks ettiriladigan ma’lumotlar
Soliq to‘lovchi haqida ShHVda quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:
a) soliq to‘lovchining identifikatsion raqami;
b) soliq to‘lovchining to‘liq nomi;
v) soliq to‘lovchining yuridik manzili;
g) soliq yoki majburiy to‘lov turi nomi;
d) byudjet klassifikatsiyasi asosida byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarga o‘tkaziladigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hisob raqami;
e) soliq to‘lovchining mulkchilik shakli;
j) soliq to‘lovchining yuqori tashkiloti;
z) soliq to‘lovchining faoliyat turi;
i) soliq to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank nomi, bank kodi va bankdagi asosiy (birlamchi) hisob raqami;
k) soliq to‘lovchiyuridik shaxsning rahbari va bosh hisobchisining ismi, sharifi (F.I.Sh) hamda telefon raqamlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |