Buxoro soliq texnikumi yuridik shaslarni soliqqa tortish


Download 440.5 Kb.
bet21/50
Sana09.01.2022
Hajmi440.5 Kb.
#256642
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   50
Bog'liq
KL-YUSH 20

Nazorat savollari:

1. «Soliq inspektorining avtomatlashtirilgan ish joyi-4» dasturiy mahsulotini amaliyotga joriy etishning huquqiy asoslarini aytib bering?

2. «Soliq inspektorining avtomatlashtirilgan ish joyi-5» dasturiy mahsuloti da qanday ma’lumotlar aks ettiriladi?

7-Mavzu: Yuridik shaxslarni davlat ro’yhatidan o’tkazish tartibi

Reja:

1.Yuridik shaxslarni davlat ro’yhatidan o’tqazishning huquqiy asoslari

2. Yuridik shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi
Tayanch iboralar: davlat ro’yhatidan o’tish,tadbirkorlik sub’ekti,davlat xizmatlar markazi,davlat boji
1.Yuridik shaxslarni davlat ro’yhatidan o’tqazishning huquqiy asoslari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2016-yil 28-oktabrdagi PQ-2646-son qaroriga muvofiq davlat ro’yhatidan o’tqazish amalga oshiriladi.

Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish Davlat xizmatlari markazlari tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish quyidagi usullardan biri bilan amalga oshiriladi:

Internet jahon axborot tarmog‘i orqali Tizim vositasida Yagona portalda;

o‘zi kelgan holda.

Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan stavkalar bo‘yicha davlat bojlari to‘lanadi.

Davlat bojlari va yig‘imlar elektron to‘lov tizimlari orqali to‘langanda, ariza beruvchidan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlar hamkorlik reglamentida belgilangan tartibda mutanosib ravishda taqsimlanadigan to‘lov summasining bir foizi miqdorida vositachilik haqi ushlab qolinadi.

Tizim orqali quyidagilar amalga oshiriladi:

davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

qayta tashkil etish yo‘li bilan tashkil etilayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

qayta ro‘yxatdan o‘tkazish;

davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun davlat bojini to‘lash;

ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani erkin olish;

yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish va tiklash to‘g‘risida ariza topshirish;

ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarning belgilangan tartibdagi hamkorligi;

ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarni, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarini tadbirkorlik subyektining manzili (joylashgan joyi, yashash joyi) o‘zgarganligi to‘g‘risida xabardor qilish;

“tadbirkorlik subyektining shaxsiy kabineti”ni ochish va undan erkin foydalanish;

Reyestrdan ko‘chirma, so‘ralayotgan hujjat, tadbirkorlik subyektlarining ro‘yxati yoki so‘ralayotgan ma’lumotning va (yoxud) hujjatning mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma shaklidagi aniq tadbirkorlik subyektlari haqida ma’lumot so‘rash va olish.


Download 440.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling