Buxoro soliq texnikumi yuridik shaslarni soliqqa tortish


Moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tijorat tashkilotlarini harakatsiz holatga o’tkazish


Download 440.5 Kb.
bet29/50
Sana09.01.2022
Hajmi440.5 Kb.
#256642
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   50
Bog'liq
KL-YUSH 20

Moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tijorat tashkilotlarini harakatsiz holatga o’tkazish

Tijorat tashkilotining soliq va majburiy to’lovlar bo’yicha qarzdorliklari aniqlanmagan, mol-mulki mavjud bo’lmagan, tijorat tashkiloti muassislarini (qatnashchilarini), ularning vakillari va rahbarini tugatish jarayoniga jalb etish imkoni bo’lmaganda, davlat soliq xizmati organlari Tizim orqali ro’yxatdan o’tkazuvchi organga o’n ish kunida tijorat tashkilotini harakatsiz holatga o’tkazish to’g’risida taqdimnoma yuboradi.

Ro’yxatdan o’tkazuvchi organ uch ish kunida:

davlat soliq xizmati organlarining taqdimnomasiga asosan tijorat tashkilotini harakatsiz holatga o’tkazadi, bu haqida davlat reestriga hamda Tizimga tegishli yozuv kiritadi;

tijorat tashkilotining harakatsiz holatga o’tkazilganligi to’g’risida o’zining rasmiy saytida e’lonni joylashtiradi;

tijorat tashkilotining muassislariga (qatnashchilariga) Tizimda tijorat tashkilotining harakatsiz holatga o’tkazilganligi to’g’risida xabarnoma yuboradi.

Tijorat banklari harakatsiz holatga o’tkazilgan tijorat tashkilotlarining hisobvaraqlarini bir ish kunida yopib, pul mablag’larini harakatsiz depozit hisobvaraqlariga o’tkazadi.

Harakatsiz holatga o’tkazilgan tijorat tashkilotlariga kelib tushgan mablag’lar ularning harakatsiz depozit hisobvaraqlariga kirim qilinadi. Ushbu tijorat tashkilotlarining hisobvaraqlariga qo’yilgan talablar harakatsiz depozit hisobvaraqlaridan O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 56-moddasida belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan o’tkazilgan tahlillar va o’rganishlar natijasida soliq qarzdorliklari aniqlangan taqdirda,ularni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undirish choralari ko’riladi.

Soliqlar bo’yicha qarzdorliklari undirilgan tijorat tashkilotlari bo’yicha ish yuritish ushbu Nizomning 9-bandi asosida davom ettiriladi.

Tijorat tashkilotining debitorlik-kreditorlik qarzdorliklarini undirish manfaatdor shaxslar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Harakatsiz holatga o’tkazilgan tijorat tashkiloti faoliyati ro’yxatdan o’tkazuvchi organ tomonidan quyidagi holatlarda:

tijorat tashkilotining muassisi(lari), uning qonuniy vakillari yoki vorisi uch yilda tijorat tashkiloti faoliyatini davom ettirish to’g’risida ro’yxatdan o’tkazuvchi organga murojaat qilgan taqdirda — muassisi(lar), qonuniy vakil yoki vorislarning qaroriga asosan;

tijorat tashkiloti sud yoki ijro ishi yuritish jarayoniga da’vogar yoxud javobgar sifatida e’tirof etilgan yoki unga nisbatan bankrotlik ishi qo’zg’atilgan taqdirda, qayta tiklanadi.

Bunda tijorat tashkiloti yangidan tashkil etilgan deb hisoblanmaydi, uning faoliyati qayta tiklanganligi to’g’risida davlat reestriga hamda Tizimga tegishli yozuv kiritiladi.

Harakatsiz holatga o’tkazilgan tijorat tashkilotini javobgar yoki da’vogar sifatida e’tirof etgan organ (mansabdor shaxs) bu haqida uch ish kunida ro’yxatdan o’tkazuvchi organni xabardor qilishi shart.

Tijorat tashkilotlari harakatsiz holatida saqlanishiga uch yil to’lganda ro’yxatdan o’tkazuvchi organ:

harakatsiz holatiga o’tkazilgan tijorat tashkilotlari faoliyati tiklanmagan taqdirda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uch ish kunida davlat reestridan chiqarish to’g’risida qaror qabul qiladi va bu haqida davlat reestriga tegishli yozuv kiritadi;

tijorat tashkilotining muhri, shtamplarini (agar mavjud bo’lsa), davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomani, shuningdek, mavjud bo’lsa tovar belgisining ro’yxatdan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomani bekor qiladi. Agar ularni topish imkoni mavjud bo’lmasa, uch ish kunida bekor qilinishi to’g’risidagi ma’lumotlar ro’yxatga olish organi saytida e’lon beriladi.

Davlat reestriga tugatish haqida yozib qo’yilgandan so’ng tijorat tashkilotini tugatish yakunlangan, tijorat tashkiloti esa mavjud emas deb hisoblanadi.

Davlat reestridan chiqarilgan tijorat tashkilotining bank hisobvaraqlaridagi mablag’lar tijorat banklari tomonidan besh ish kunida tijorat tashkilotlarining pul mablag’larini milliy va xorijiy valyutadagi yagona hisobvaraqlarida jamlaydi va hisobvaraq ochilgan bank joylashgan tuman (shahar) mahalliy byudjetiga tegishli tijorat banki tomonidan o’tkaziladi.

Harakatsiz holatda turgan tijorat tashkiloti davlat reestridan chiqarilgandan so’ng uning soliq va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha ortiqcha to’langan summalari mahalliy byudjetlarning daromadi hisoblanadi.



Download 440.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling