Buxoro soliq texnikumi yuridik shaslarni soliqqa tortish
Download 440.5 Kb.
|
KL-YUSH 20
Tayanch iboralar: Moliya xo’jalik faoliyati,xo’jalik faoliyatini to’htatish,bankrot,hisobvaraqa,hisobdan chiqarish
1.Faoliyatiii ixtiyoriy tugatgan va to’xtatgan hamda moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirmagailigi uchun davlat reestridan chiqarilgan tadbirkorlik sub’ektlarining hisobiii yuritish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 21 avgustdagi "Tadbirkorlik sub’ektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to’xtatish tartibi hamda Moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik sub’ektlarini davlat reestridan chiqarish tartibi to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida"gi 704-sonli qaroriga muvofiq ro’yxatdan o’tkazuvchi organ tomonidan Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish va hisobga qo’yishning avtomatlashtirilgan tizimi (bundan buyon matnda Tizim deb yuritiladi) orqali real vaqt rejimida tijorat tashkiloti ixtiyoriy tugatish jarayonida ekanligi to’g’risida ma’lumotlar yuboriladi. Ro’yxatdan o’tkazuvchi organ tomonidan yuborilgan ma’lumotga asosan soliq to’lovchining ma’lumotlar bazasidagi holati avtomatik ravishda "ixtiyoriy tugatish" holatiga o’tkaziladi. Ixtiyoriy tugatish jarayoniga olingan tijorat tashkilotiga nisbatan tugatuvchi tomonidan ixtiyoriy tugatish to’g’risida ro’yxatdan o’tkazuvchi orgai xabardor qilingan sanadan boshlab er solig’i, mulk solig’i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, shuningdek, barcha turdagi soliqlar va yigimlar bo’yicha penyalarni hisoblab yozish avtomatik tarzda to’xtatiladi. Ro’yxatdan o’tkazuvchi organ tijorat tashkiloti muassislari (qatnashchilari) tomonidan faoliyatini tiklash to’g’risida qarorni olgandan so’ng bir ish kuni ichida tijorat tashkiloti faoliyati tiklanganligi to’g’risidagi ma’lumotni Tizim orqali real vaqt rejimida DSQ ma’lumotlar bazasiga elektron ko’rinishda yuboradi.
Bunda, "ixtiyoriy tugatish" holatiga olingan davr uchun tijorat tashkilotiga nisbatan er solig’i, mulk solig’i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, shuningdek, barcha turdagi soliqlar va yig’imlar bo’yicha penyalar avtomatik tarzda qayta hisob-kitob qilinadi. Ixtiyoriy tugatish jarayoniga olingan tijorat tashkiloti (tugatuvchi) ixtiyoriy tugatish uchun belgilangan muddat (olti oy)da ro’yxatdan o’tkazuvchi organga ma’lumotlarni to’liq taqdim qilmagan taqdirda ro’yxatdan o’tkazuvchi organ belgilangan muddat tugagan kundan so’ng bir ish kuni ichida tijorat tashkiloti faoliyati tiklanganligi to’g’risida ma’lumotni Tizim orqali real vaqt rejimida DSQ ma’lumotlar bazasiga elektron ko’rinishda yuboradi. Ro’yxatdan o’tkazuvchi organdan kelgan ma’lumotga asosan soliq to’lovchining ma’lumotlar bazasidagi holati avtomatik ravishda "ixtiyoriy tugatish" holatidan "faoliyat ko’rsatayotgan va soliq majburiyatiga ega" holatiga o’tkaziladi va "ixtiyoriy tugatish" holatiga olingan davr uchun tijorat tashkilotiga nisbatan er solig’i, mulk solig’i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, shuningdek, barcha turdagi soliqlar va yig’imlar bo’yicha penyalar avtomatik tarzda qayta hisob-kitob qilinadi. Ro’yxatdan o’tkazuvchi organ davlat reestriga tijorat tashkiloti tugatilganligi to’g’risidagi yozuvlar kiritilgandan keyin uch ish kuni ichida soliq organini Tizim orqali xabardor qiladi. Ro’yxatdan o’tkazuvchi organ tomonidan kelgan ma’lumotga asosan soliq to’lovchining ma’lumotlar bazasidagi holati avtomatik ravishda "ixtiyoriy tugatish jarayonida" holatidan "ixtiyoriy tugatilgan" holatga va mavqei "tugatilgan"ga o’tkaziladi. To’qqiz oy mobaynida moliya-xo’jalik faoliyati bo’yicha bank hisobvaraqlariga pul mablaglari tushmagan va soliq hisobotlarini taqdim etmagan tijorat tashkiloti harakatsiz rejimda saqlanishiga uch yil to’lganda ro’yxatdan o’tkazuvchi organ tijorat tashkilotini davlat reestridan chiqarish to’g’risida qaror qabul qiladi va bu haqida davlat reestriga tegishli yozuv hamda Tizimga tegishli o’zgartirish kiritadi. Ro’yxatdan o’tkazuvchi organ davlat reestriga tijorat tashkiloti tugatilganligi to’g’risidagi yozuvlar kiritilgandan keyin soliq organlarini Tizim orqali xabardor qiladi. Ro’yxatdan o’tkazuvchi organ tomonidan kelgan ma’lumotga asosan soliq to’lovchining ma’lumotlar bazasidagi holati avtomatik ravishda "harakatsiz" holatidan "Vazirlar Mahkamasining 704-sonli qaroriga asosan tugatilgan" holatga va mavqei "tugatilgan"ga o’tkaziladi. Tijorat tashkiloti muassislari (qatnashchilari) yoki tugatuvchi tomonidan tijorat tashkilotining soliqlar va yig’imlar bo’yicha ortiqcha to’langan summalarini qaytarish bo’yicha soliq organiga murojaat kelib tushmagan taqdirda, shuningdek harakatsiz holatda turgan tijorat tashkiloti davlat reestridan chiqarilgandan so’ng uning soliqlar va yig’imlar bo’yicha ortiqcha to’langan summalari mahalliy va (yoki) tegishli byudjetlarning daromadi hisoblanadi va tijorat tashkilotining ShHdash ortiqcha to’lovlari avtomatik tarzda "Bir martalik" operastiya orqali hisobdan chiqariladi. Harakatsiz holatga o’tkazilgan tijorat tashkiloti faoliyati ro’yxatdan o’tkazuvchi organ tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tiklanganda, tijorat tashkiloti yangidan tashkil etilgan deb hisoblanmaydi, uning faoliyati qayta tiklanganligi to’g’risida davlat reestriga hamda Tizimga tegishli yozuv kiritiladi. Ro’yxatdan o’tkazuvchi organ tomonidan soliq to’lovchining faoliyati qayta tiklanganligi to’g’risida ma’lumot real vaqt rejimida Tizim orqali DSQ ma’lumotlar bazasiga yuboriladi. Ro’yxatdan o’tkazuvchi organ tomonidan kelgan ma’lumotga asosan soliq to’lovchining ma’lumotlar bazasidagi holati avtomatik tarzda "harakatsiz holat"dan "faoliyat ko’rsatayotgan va soliq to’lash majburiyatiga ega" holatiga o’zgartiriladi.
Download 440.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling