Buxoro soliq texnikumi yuridik shaslarni soliqqa tortish
Bankrot deb e’lon qnlnngan soliq to’lovchining shaxsiy hisobvarag’ini goritish tartibi
Download 440.5 Kb.
|
KL-YUSH 20
2. Bankrot deb e’lon qnlnngan soliq to’lovchining shaxsiy hisobvarag’ini goritish tartibi
Qarzdor bankrot deb e’lon qilnnganligi to’grisidagi Iqtisodiy sudning qarori soliq organiga EDO dasturi orqali kirim qilingach, soliq organi rahbari (o’rinbosari)ning munosabat belgisi bilan Soliq qarzini undirishni tashkil qilish bo’limiga ijroga yuboriladi. Iqtisodiy sudning qarori Soliq qarzini undirishni tashkil qilish bo’limi tomonidan ijroga olingach, bir ish kuni mobaynida bildirishnoma orqali Hisobni yuritish va byudjet daromadlarini prognozlashtirish bo’limiga taqdim etiladi. PZ.Hisobni yuritish va byudjet daromadlarini prognozlashtirish bo’limi mas’ul xodimi tomonidan bir ish kuni ichida qarzdor bankrot deb e’lon qilingan sanadan boshlab, soliq to’lovchining ShHdagi barcha soliqlar va yigimlar bo’yicha to’lash muddatlari o’zgartirilgan qarzlarning to’lash muddati kelgan deb hisoblanib tiklaydi. Hisobni yuritish va byudjet daromadlarini prognozlashtirish bo’limining mas’ul xodimi bir ish kuni ichida ma’lumotlar bazasiga qarzdor soliq to’lovchini bankrot deb. e’lon qilinganligi to’grisidagi tegishli o’zgartirishni kiritadi ("bankrot deb e’lon qilingan" holatga o’tkazadi). Ushbu holatga o’tkazilgan sanadan boshlab bankrot deb e’lon qilingan soliq to’lovchining ShHda barcha soliq qarzi summalariga penya hisoblanipsh avtomatik to’xtatiladi. Soliq qarzini undirishni tashkil qilish bo’limi ish yurituvida Iqtisodiy sudning bankrot deb e’tirof etilgan qarzdorning tugatish ishi tamomlanganligi to’grisidagi ajrimi ijroga kelib tushgandan so’ng Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 24 oktyabrdagi "Umidsiz soliq qarzini hisobdan chiqarish tartibi to’grisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 307-son qaroriga muvofiq ishlarni amalga oshiradi. Hisobni yuritish va byudjet daromadlarini prognozlashtirish bo’limi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 24 oktyabrdagi "Umidsiz soliq qarzini hisobdan chiqarish tartibi to’grisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 307-son qaroriga muvofiq soliq organi rahbari (o’rinbosari). tomonidan umidsiz soliq qarzini hisobdan chiqarish to’grisidash qaror qabul qilingan sanadan boshlab keyingi ish kunidan kechiktirmay SIAIJ-5 dasturiy mahsulotidagi "Protokol" moduli orqali bankrotlik orqali tugatilgan qarzdorning soliq qarzdorliklarini (soliqlar summasi, hisoblangan penyalar, jarimalar) hisobdan chiqaradi. Qarzdorni bankrot deb e’lon qilinganligi to’g’risidagi Iqtisodiy sudning qarori ro’yxatdan o’tkazuvchi organga ijroga kelib tushgandan so’ng qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uch ish kunida davlat reestridan chiqarish to’g’risida qaror qabul qiladi va bu haqida davlat reestriga tegishli yozuv kiritadi. Ro’yxatdan o’tkazuvchi organ tomonidan davlat reestriga qarzdorni bankrotlik asosida tugatilganligi to’g’risida yozuvlar kiritilgandan keyin soliq organlari Tizim orqali xabardor qilinadi. Ro’yxatdan o’tkazuvchi organ tomonidan kelgan ma’lumotga asosan qarzdor (soliq to’lovchi)ning ma’lumotlar bazasidagi holati avtomatik ravishda "bankrot deb e’lon qilingan" holatdan "bankrotlik asosida tugatilgan" holatga va mavqei "tugatilgan"ga o’tkaziladi.
Download 440.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling