Buxoro soliq texnikumi yuridik shaslarni soliqqa tortish


Download 440.5 Kb.
bet33/50
Sana09.01.2022
Hajmi440.5 Kb.
#256642
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   50
Bog'liq
KL-YUSH 20

Nazorat savollari:

1.Xo’jalik faoliyatini ixtiyoriy tugatish qanday?

2.Bankrot korxonalarni tugatish tartibini ayting?

3.Tugatilgan xo’jalik yurituvchi sub’ektni ShX dan qanday hisobdan

chiqariladi?

11-Mavzu: O’zbekiston Respublikasida amal qiladigan soliqqa tortish tartibi
Reja:

1.Soliq solishning umumbelgilangan tartibi.

2.Maxsus soliq rejimi.
Tayanch iboralar: Soliq turlari,yig’imlar,soliqqa tortish tartibi,umumbelgilangan tartib,maxsus soliq rejimi
1. Soliqqa tortishning umumbelgilangan tartibi.

O’zbekiston Respublikasi hududida Soliq Kodeksda nazarda tutilgan soliqlar va yig’im amal qiladi.

Soliqlarga quyidagilar kiradi:

O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi soliqlar belgilanadi:

1) qo‘shilgan qiymat solig‘i;

2) aksiz solig‘i;

3) foyda solig‘i;

4) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;

5) yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;

6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;

7) mol-mulk solig‘i;

8) yer solig‘i;

9) ijtimoiy soliq.

O‘zbekiston Respublikasi hududida yig‘imlar belgilanishi mumkin. Yig‘imlarni joriy etish, hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi Soliq kodeksida hamda boshqa qonun hujjatlarida belgilanadi.

Avtotransport yig‘imini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi Soliq kodeksi bilan tartibga solinadi.

Davlat bojini hisoblab chiqarish va undirish tartibi davlat boji to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilanadi.

Soliq Kodeksining 17 moddasida ko’rsatilgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i hamda qo’shilgan qiymat soliqlari va boshqa majburiy to’lovlar umumbelgilangan soliqlardir.

Soliq deganda Soliq kodeksida belgilangan, O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga yoki davlat maqsadli jamg‘armasiga to‘lanadigan majburiy beg‘araz to‘lov tushuniladi.

Yig‘im deganda budjet tizimiga Soliq kodeksida yoki boshqa qonun hujjatlarida belgilangan majburiy to‘lov tushuniladi, bu yig‘imning to‘lanishi uni to‘lovchi shaxsga nisbatan vakolatli organ yoki uning mansabdor shaxsi tomonidan yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirish, shu jumladan unga muayyan huquqlarni yoxud ruxsat etuvchi hujjatlarni berish shartlaridan biri bo‘ladi.

Shaxsning zimmasiga sud tartibida yuklatilgan jarimalar va boshqa to‘lovlar, shuningdek qonunda belgilangan hollarda mol-mulkni musodara qilish hamda boshqacha tarzda olib qo‘yish soliqlar yoki yig‘imlar jumlasiga kirmaydi.

Soliq Kodeksda belgilangan hollarda va tartibda soliq solishning maxsus rejimi qo’llanilishi mumkin.

Soliq solishning umumbelgilangan tartibi O’zbekiston Respublikasida ro’yxatdan o’tgan barcha yuridik shaxslarga qo’llanilib, bu tartibda Soliq kodeksida ko’rsatilgan barcha soliq va yig’imlar to’lanishi nazarda tutiladi.

O’zbekiston Respublikasi hududida soliqlarning umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo’linishi hukumat idoralarining respublika hukumati va mahalliy hukumatlarga bo’linish xususiyatidan kelib chiqadi.


Download 440.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling