Buxoro soliq texnikumi yuridik shaslarni soliqqa tortish


Download 440.5 Kb.
bet24/50
Sana09.01.2022
Hajmi440.5 Kb.
#256642
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   50
Bog'liq
KL-YUSH 20

Nazorat savollari:

1. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qanday usullardan amalga oshiriladi?

2.Davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibi qanday?
8-Mavzu: Yuridik shaxslarni davlat hisobini yuritish tartibi

Reja:

1. Yuridik shaxslar uchun ShHni ochish va yuritish tartibi

2. Soliq to’lovchilarning soliqlar va yig’imlar bo’yicha taqdim etgan hisobotlari asosidagi ma’lumotlarni ShHga kiritish tartibi

Tayanch iboralar: ShX,yuridik shaxsning xisob varaqasi,shaxsiy hisob varaqasini yuritish tartibi,soliq hisoboti

1. Yuridik shaxslar uchun ShHni ochish va yuritish tartibi

Soliq to’lovchining ShH amaldagi soliq qonunchiligiga asosan soliq to’lovchining majburiyatlaridan kelib chiqib, soliq organlari tomonidan har bir soliqlar va yig’imlaring turi, shuningdek fuqarolarning shaxsiy jamg’arib boriladigan majburiy pensiya badallari hamda DSQning Moddiy yordam, ijtimoiy himoyalash, soliq organlarini rivojlantirish va kutilmagan xarajatlar maxsus jamg’armasiga ajratmalar bo’yicha alohida ochiladi va yuritiladi.

Soliq to’lovchilar soliq organlarida hisobga qo’yilishi (davlat ro’yxatidan o’tgan joydan tashqarida soliq to’lovchining ob’ektlari bo’yicha hisobga olingan yoki "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 12, 14 va 15-moddalarida belgilangan pensiya to’lovi majburiyati paydo bo’lgan soliq to’lovchilar bundan mustasno) bilan bir vaqtda quyidagi to’lov turlari bo’yicha soliq to’lovchining ShH avtomatlashtirilgan tartibda ochiladi:

a) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligi;

b) ijtimoiy soliq;

v) fuqarolarning shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya badallari;

g) belgilangan muddatida to’lanmagan fuqarolarning shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya badallari bo’yicha hisoblanadigan penya;

d) DSQning Moddiy yordam, ijtimoiy himoyalash, soliq organlarini rivojlantirish va kutilmagan xarajatlar maxsus jamg’armasiga ajratmalar.

Bunda, soliq to’lovchi tomonidan taqstim etilgan hisobot bo’yicha ShH avtomatik tarzda hamda soliq tekshiruvi, sud qaroriga asosan yuzaga kelgan soliq majburiyati va amalga oshirilgan to’lovlarga asosan mas’ul xodim tomonidan ShH ochiladi.

Ma’lumotlar bazasidagi barcha soliq to’lovchilariiig o’tgan hisobot yili oxiridagi qoldiq summalarini joriy yilga ko’chirib o’tkazish jarayonida dasturiy mahsulot orqali joriy yil uchun ShH avtomatik tarzda ochiladi.

Soliq to’lovchining ShHni ochish uchun asos bo’lib soliq to’lovchi tomonidan DSIga soliq majburiyatlari bo’yicha taqdim etilgan soliq hisobotlari, soliq tekshiruvlari natijalarida soliqlar va yigimlar turlari bo’yicha qo’shimcha (kamaytirishga) hisoblangan soliq summalari to’g’risidagi ma’lumotlar va (yoki) soliq to’lovchi tomonidan soliqlar va yig’imlar to’langanligini tasdiqlovchi elektron shakldagi g’aznachilik ma’lumotlari (xatolik bilan to’langan soliq (penya, jarima) summasi bundan mustasno) hisoblanadi.

"Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 12, 14 va 15-moddalarida belgilangan pensiya to’lovi majburiyati paydo bo’lgan soliq to’lovchilarga Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg’armasi va DSQ o’rtasida ma’lumot almashish tartibiga asosan soliq to’lovchining majburiyatlari bo’yicha qabul qilingan elektron ma’lumotlar asosida avtomatlashtirilgan tarzda ShH ochiladi.

Yuridik manzili o’zgarganligi sababli, ro’yxatdan o’tkazuvchi organ tomonidan DSQga taqdim etilgan elektron ma’lumotga asosan boshqa tuman (shahar)dan ko’chib kelgan (ma’muriy-hududiy birlikka o’zgartirish kiritilgan) ShH ko’chib kelayotgan tuman (shahar)dagi soliq organiga avtomatlashtirilgan tartibda o’tkaziladi.

Bunda, soliq to’lovchi ko’chib ketayotgan tuman (shahar) soliq organida er solig’i, mol-mulk solig’i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va (yoki) noruda qazilma boyliklari bo’yicha er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq, benzin, dizel yoqilg’isi va gaz avtomobillarga yoqilg’i quyish shoxobchalari orqali realizastiya qilingan taqdirda akstiz solig’i to’lash hamda O’zbekiston Respublikasining "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida"gi Qonunining 12, 14, 15-moddalariga muvofiq majburiyati bo’yicha mavjud ShH o’sha tuman (shahar) soliq organida qoldiriladi va alohida hisobi yuritiladi (bundan Yirik soliq to’lovchilar bo’yicha hududlararo davlat soliq inspekstiyasiga o’tkaziladigan soliq to’lovchilar mustasno).

Tadbirkorlik sub’ektlariga "yagona darcha" tamoyili bo’yicha davlat xizmatlari ko’rsatish yagona markazlarida ro’yxatdan o’tkazilmaydigan soliq to’lovchilar boshqa tuman (shahar)ga yuridik manzilini o’zgartirganda, ro’yxatdan o’tkazuvchn organlar (idoralar) yoki soliq to’lovchi tomonidan soliq organiga taqdim etilgan ma’lumotlar asosida ShH tegishli tartibda ko’chib borayotgan tuman (shahar) soliq organiga yuboriladi.

Ma’lum bir tuman (shahar) soliq organida hisobga olingan soliq to’lovchi boshqa tuman (shahar) hududida soliq solish ob’ekti va soliq solish bilan bog’liq ob’ektga ega bo’lgan takdirda, soliq solish ob’ektidan kelib chiqib, belgilangan tartibda tegishli soliqlar va yig’imlar turlari bo’yicha soliq to’lovchining ShH ochiladi.

Soliq to’lovchining ShHni yuritishda quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:

a) soliq to’lovchilarning soliqlar va yig’imlar bo’yicha taqdrtm etgan soliq hisobotlari asosidagi ma’lumotlar;

b) soliq to’lovchilarning soliqlar va yig’imlar bo’yicha taqdim etgan aniqlashtirilgan soliq hisobotlari asosidagi ma’lumotlar;

v) qonun hujjatlari hamda vakolatli organlar qarorlari asosida ayrim soliq to’lovchilarning soliqlar va yig’imlar bo’yicha to’lash muddatini o’zgartirish, bo’lib-bo’lib to’lash imkonini berish, hisobdan chiqarish, penya hisoblanishini to’xtatish to’g’risidagi ma’lumotlar;

g’) byudjet tizimiga to’langan (undirilgan) soliqlar va yig’imlar bo’yicha ma’lumotlar;

d) qaytarilgan yoki hisobga olingan ortiqcha to’lovlar va foizlar;

e) soliq tekshiruvi natijasida qo’shimcha (kamaytirishga) hisoblangan soliqlar va yig’imlar, qo’llanilgan moliyaviy sankstiyalar hamda hisoblangan (kamaytirishga hisoblangan) penya summalari to’g’risidag’i ma’lumotlar;

yo) qonunchilikda ko’zda tutilgan boshqa holatlar.

2- Soliq to’lovchilarning soliqlar va yig’imlar bo’yicha taqdim etgan hisobotlari asosidagi ma’lumotlarni ShHga kiritish tartibi

Soliq kodeksining 82-moddasi, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2005 yil 29 iyulda 1500-son bilan ro’yxatga olingan "Davlat soliq xizmati organlari tadbirkorlik sub’ektlaridan moliyaviy hisobot, soliqlar, majburiy to’lovlar va daromadlar to’grisidagi deklarastiyalar bo’yicha hisob-kitoblar, yozma arizalar va bildirishnomalarni qabul qilib olish hamda ro’yxatdan o’tkazish to’g’risida"gi Nizom hamda Davlat soliq qo’mitasining 2019 yil 7 avgustdagi "Hududiy davlat soliq inspekstiyalari tarkibiy tuzilmalarining vazifalar klassifikatorini tasdiqlash to’g’risida"g’i 202-sonli buyrug’i talablaridan kelib chiqib, Yuridik shaxslarga xizmat ko’rsatish bo’limining mas’ul xodimi soliqlar va yig’imlar bo’yicha soliq hisobotlarini qabul qilib oladi ("AUeMpz" dasturiy mahsuloti orqali avtomatik qabul qilingan elektron hisobotlar bundan mustasno) va ma’lumotlar bazasiga kiritilishini hamda soliq to’lovchining ShHga hisoblashga berilishini ta’minlaydi.

Soliq kodeksiga muvofiq yuridik" shaxs bo’lgan soliq to’lovchilar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soliq hisobotini o’zi hisobga olingan joydagi soliq organiga belgilangan shakllar bo’yicha elektron hujjat tarzida takdim etadi.

Yirik soliq to’lovchilar, joylashgan eridan qat’iy nazar, soliq hisobotini Yirik soliq to’lovchilar bo’yicha hududlararo davlat soliq inspekstiyasiga taqdim etadi.

Soliq to’lovchi tomonidan soliq hisoboti elektron shaklda taqdim etilganda soliq organlarining dasturiy mahsuloti ma’lumotlari bazasida avtomatlashtirilgan tarzda hisobga olinib, SIAKJ-5 dasturiy mahsulotida soliq to’lovchining tegshpli soliq turidagi ShHga o’tkaziladi.

Soliq to’lovchilar tomonidan elektron tarzda takdim etilgan hisobotlar avtomatik hisobga olinishidan qat’iy nazar, ularni soliq to’lovchining ShHda to’liq hisobga olinganligi doimiy ravishda Yuridik shaxslarga xizmat ko’rsatish boshqarmasi va uning hududiy tuzilmalari tomonidan nazorat qilib boriladi hamda aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinadi .

Bunda, soliq to’lovchining ShHda hisobga olingan soliq hisobotini hisobdan chiqargan boshqarma va uning hududiy tuzilmalari tomonidan nazorat qilib boriladi hamda aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinadi.

Soliq to’lovchi tomonidan soliqlar va yig’imlar bo’yicha soliq majburiyatlarini bajarish yuzasidan taqstim qilingan soliq hisobotlari bo’yicha hisoblangan yoki kamaytirishga hisoblangan summalari - ShHning tegishlicha "Hisoblangan" yoki "Kamaytirishga hisoblangan" ustunlarida aks ettiriladi.




Download 440.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling