Buxoro tarixi va arxeologiya


Download 299.55 Kb.
bet4/11
Sana18.06.2023
Hajmi299.55 Kb.
#1597388
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ozod O`lkashunoslik kurs ishi 22.05.2023

Etnonimlar haqida.
“Devon”da juda ko‘p xalq, qabila, toifa nomlari-etnonimlar tilga olingan. Mahmud Qoshg`ariy “Devon”ning bosh qismida turk qabilalari haqida so‘z yuritib: bajanak, qipchoq, o‘g‘uz, yamak, basmil, qay, yabaku, tatar, qirg‘iz, chigil, tuxsi, yag‘mo, ig‘roq, jaruq, jumul, uyg‘ur, tangut, xitoy; kitobning lug‘at qismida esa kenjak, arg‘u, qayig‘, bayot, chig‘ay (chig‘an), sug‘doq, uch, qorluq, o‘groq, kucha, bulaq, xalach, aramut, Turkman qiniq, salg‘ur kabi etnonimlarni ham tilga olgan. Bizning fikrimizcha, toponimika uchun yana bir ahamiyatli manba “Devon”da anchagina uchraydigan etnotoponimlardir. Aramut (joy nomi), Arg‘u (shahar), Bulg‘or dengizi, Bulg‘or shahri, Kenjak sangir (shahar), Turk (shahar), Tavg‘ach (mamlakat), Uyg‘ur (viloyat), Yabaqu (suv nomi), Yag‘ma (qishloq nomi), Yamak (cho‘1 nomi) kabilar aslida etnotoponimlardir. Bundan tashqari, doira xaritada ham G‘uziya, Qipchoq yurti, Basmil cho‘li singari bir qancha o‘lkalar tilga olingan. Demak, “Devonu lug'otit turk”dan ayni vaqtda etnonimlar va etnotoponimlar to‘g‘risida ham juda boy material toppish mumkin. Biroq etnonimlarning etimologiyasi to‘g‘risida Mahmud Qoshg`ariy keltirgan rivoyatlarning hammasini ham to‘g‘ri deb bo‘lmaydi. Masalan, u turkman — “turkmonand”, ya’ni ”turkka o‘xshash”, chigil —”chi gil”, ya’ni “bu qanday loy”, uyg'ur “xud xo‘r”, ya’ni “o‘zi topib yeydigan” degan so‘z bo‘lib, bu turk qabilalarining nomlari forscha degan xulosani bildirgan. Tanqidiy foydalanilsa, bu ma’lumotlar etnografiya, shuningdek, toponimika uchun ishonchli va boy material bo‘lib xizmat qiladi.
Kishi ismlari haqida.
Ismlar va toponimlar qadimdan bir-biri bilan bog‘liq. Qanchadan qancha toponimlar kishi ismlari bilan atalgan bo‘lsa, bir qancha ismlar toponimlardan kelib chiqqan “Devon”dagi kishilar ismlari shu jihatdan qimmatliki, bir necha Arabcha ismlarni istisno qilganda, kishi ismlarining deyarli hammasi qadimiy turkiy bo‘lib, hozirgi vaqtda iste’moldan chiqib ketgan. “Devonu lug‘otit turk”dagi 60 dan ortiq kishi ismlari orasida xonlarning pahlavonlarning, urug‘ boshliqlarining, oddiy kishilarning ismlari, laqablari bor. Akademik I.Y.Krachkovskiy musulmon mamlakatlarida qullarga va cho'rilarga Yoqut, Zumrad, Kofur (kamfara) kabi asl toshlar yoki xushbo‘y moddalar nomlarini qo‘yish rasm bo`lgan deb yozgan edi. Mahmud Qoshg`ariy ham bu fikrni isbotlaydi. Demak, Kumush, Tilla (ba’zan Oltin) kabi qimmatbaho metall nomlari bilan atalgan ismlar ham dastlab qul va cho'rilarga qo'yilgan. Mahmud Qoshg`ariy ba’zi ismlarning etimologiyasini ham aytib o‘tgan. Bektur — “o‘rningda bek tur, uzoq yasha”, To‘g‘ril — yirtqich qush nomi, So‘kman — “jang saflarini sindiruvchi”, Burslan — “qoplon”, Suli — Sulayman so'zining qisqargani va hokazo. Bir qancha ismlarni izohsiz tushunish mumkin: Bug‘raxon (bug‘ra, buvra—erkak tuya), Barsxon (bars—qoplonning bir turi, bu so‘z asli turkey, yo'lbars esa “yo‘l-yo‘1 bars” demak), Qilichxon, Turumtoy (yirtqich qush), Arslon tegin va hokazo. Atish, Utush, Abi, Buluch, Tutush, Tekish kabi ismlarning semantikasi esa biz uchun aniq emas. Ismlarning grammatik xususiyati diqqatga sazovor: ulaming 75—80 foizi bir bo‘g‘inli (Turk, Qaz, Shu va b.) yoki ikki bo‘g‘inli sodda, ixcham ismlar (Qavan, Qo‘tan, Beklan, ChugMan va h.k.). “Devon”dagi toponimlar bilan ismlar shu jihatdan bir-biriga o'xshaydi. Qadimgi ismlar, ya’ni antroponimlar toponimikada juda kata ahamiyatga ega. A.I. Popov Dorogobi, Radonej, Jitomir, Ratmirovo singari toponimlar qadimgi sharqiy slavyan ismlaridan olingan deb yozadi. O‘rta Osiyoda esa qadimgi turk ismlaridan kelib chiqqan nomlarni ajratish oson emas. Shu jihatdan Mahmud Qoshg`ariyning antrotoponimlar haqidagi fikri juda qimmatli. Barman shahri Afrosiyobning o‘g‘li Barman nomi bilan atalgan, Barsg‘an5 — Afrosiyobning o‘g‘li Barsg'an (to‘g‘risi— Barsxon) qurgan shahar. Ana shuning uchun ham shunday nom olgan. Ba’zi birovlar esa bu shahar uyg‘urlar begi otboqarining ismi Barsg‘on ismiga nisbat berilib, Barsg‘on deb atalgan deydilar. Shu — turklar shohi. U — fotih qilib qurdirgan shahar. Qazvin — Afrosiyobning qizi Qaz qurgan shahar bo‘lib, asli “qaz o‘yini” demakdir. Qaz suvi — Ila vodiysidagi katta bir yo‘l. Afrosiyobning qizi — Qaz uning qirg‘og‘iga bir shahar qurgani uchun shunday nom olgan. Qadimgi kishi ismlariga nisbat berib atalgan joy nomlarini O‘rta Osiyo xaritasidan topish toponimchilar oldida turgan muhim vazifalardan.



Download 299.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling