Buxoro tarixi va arxeologiya


O`zbekiston toponimlarining ba`zi grammatik xususiyatlari. ”Devonu lug`otit turk” asarida toponimlar


Download 299.55 Kb.
bet3/11
Sana18.06.2023
Hajmi299.55 Kb.
#1597388
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ozod O`lkashunoslik kurs ishi 22.05.2023

O`zbekiston toponimlarining ba`zi grammatik xususiyatlari. ”Devonu lug`otit turk” asarida toponimlar.

Toponimlarning qanday gap bo‘laklaridan iborat ekanligi, shakl shamoyili modeliar deyiladi. O‘zbekiston geografik nomlari grammatik tuzilishiga ko‘ra sodda va qo'shma toponimlarga bo'linadi. Sodda toponimlar o‘z navbatida, qo'shimchasiz toponimlarga va qo'shimchali toponimlarga ajratiladi. Qo`shimchasiz, affikssiz toponimlar deganda birgina otdan iborat, boshqa biron unsur qo'shilmagan geografik nomlar tushuniladi. Bunday topnimlar bir necha xil bo‘ladi: a) oddiy geografik yoki ijtimoiy-iqtisodiy atamalar shaklidagi toponimlar: Anhor, Asbob (Aspop shaklida ham uchraydi — «ko‘chmas mulk»), Gaza (tog* qirrasi), Yom (pochta stantsiyasi), Kо‘I, Orol, Reg, Supa, Taqir, Uchma, Chim, Sharshara, Quduq kabi ) urug‘-aymoq, el-elat nomlari bilan ataladigan geografik nomlar (etnonimlar): Arab, Bayot, Do‘rmon, Mang'it, Misit, Nukus, Sayot, Turk, Chandir) kishilarning ism-familiyalari, laqablaridan iborat toponimlar: Abdulla, Avaz, Karim, Mustafa, Navoiy, Nazar, Tursun;) o'simlik va hayvon nomlaridan kelib chiqqan geografik nomlar: Bodom, Do`lta (adabiy tilda sirtlon deyiladigan badbashara o‘simlikxo‘r hayvon), Yong‘oq, So‘kso‘k (saksovul), Terak, Chinor, Yantoq; Qo'shimchali toponimlar deganda, otga qandaydir qo‘shimcha—affiks qo'shib yasalgan geografik nomlar tushuniladi. Quyidagi qo'shimchalar joy nomlari tarkibida ko'proq uchraydi:
-goh — Janggoh (jang maydoni), Namozgoh (hayitda va juma kunlari namoz o'qiladigan katta hovlisi bor masjid), Sayilgoh, Shamolgoh, Korizgoh (koriz ko‘p joy);
-zor — Bedazor, Bodomzor, Kavarzor, Olmazor, Regzor (qumloq), Sangzor (Toshloq), Terakzor, Chilonzor;
-iston — Bolutiston («bolut — dub ko‘p joy»), Bog‘iston (bog`lar o`lkasi), Sebiston (olmazor), Turkiston (turk qabilasi vakillari yashaydigan qishloq), Sho‘riston;
-iya — Mingiya («ming qabilasi vakillari yashaydigan qishloq»), Yuziya (yuz qabilasi nomidan, Yuzuya deb yozish to‘gri emas»), Shohruhiya (Shohruh—buyuk olim Ulug‘bekning otasi), Qodiriya (Qodir—kishi ismi);
-kor — Lalmikor, Paxtakor, Sabzikor;
-lar — Arablar, Beklar, Boylar, Zargarlar, Shayxlar, Shag‘allar (shag‘al urug‘i yashaydigan qishloq), Echkilar (Echki urug‘i vakillari qishlog‘i), Qarg‘alar (qarg‘a urug‘i vakillari yashaydigan qishloq);
-li — Alamli, Anjirli, Burganli, Olmali, Piyozli (yovvoyi piyoz uchraydigan joy), Tolli, Chayonli
-lik (-liq)— mahalla, qishloq ahlining asli qayerdan ekanligini bildiradi (andijonlik, jizzaxlik, qo‘qonlik), bu aholi punktida kimlar yashashini ko‘rsatadi (Attorlik, Zargarlik — «zargarlar mahallasi», Boyliq — «boylar mahallasi», Xo‘jaliq «xo‘jalar mahallasi»), relyef shaklini bildiradi (Soyliq, Tepalik);
-loq (lox) — Gurlox (mozor), Sangloq (toshloq), Toshloq, Qumloq;
-on — Arabon (Aravon shakli ham bor — «arablar»), Mang‘iton (mang‘it qabilasi vakillari), Kosagaron (kosa ustalari mahallasi), Mington (ming qabilasi vakillari), Namatgaron («kigizchilar»), Sayidon («sayyidlar mahallasi»), Xudoyon («xokimlar», islom dinidan oldin xudo deganda «hokim», «hukmron» tushunilgan);2
-ot — Bog‘ot («bog‘lar»), Rabotot («rabotlar»), Qishloqot («qishloqlar»);
-cha — kichkiraytirish belgisi: Buloqcha, Deycha (tojikcha deh — «qishloq»), Rabotcha, Qo‘rg‘oncha eski qishloq yonida yana shu nomda qishloq paydo bo`lganini bildiradi; Bahrincha «Ikkinchi Bahrin», Do‘rmoncha «Ikkinchi Do‘rmon», Naymancha «Ikkinchi Nayman»;
Qo‘shma toponimlar ikki va undan ortiq tarkibiy qismlardan iborat. Bunday geografik nomlar ham grammatik jihatdan bir necha turga bo'linadi: a) ot — ot. Ko'pchilik hollarda toponimning ikkinchi tarkibiy qismi geografik atamadan iborat bo'ladi: Yozyovon, Yorqishloq, Kuyganjar, Maydonqum, Moybuloq, Toshravot, Toshquduq; kishilaming laqablari, kasblaridan nom olgan toponimlar: Abdukarimdivon, Qurbonmirob, Mamatyasovul, O‘rozbaxshi. Toponim antroponimdan, bir yoki ikkala komponenti ham urug‘ — aymoq nomlaridan iborat bo‘ladi: Arabqiyot, Murotbag‘ish, Mirzamitan, Esonshix, Bo‘ribatosh. b) sifat-ot. Ikkinchi tarkibiy qismi geografik atamadan iborat bo‘ladi; Yomonovul, Kattako‘rpa, Ko'korol, Oqdaryo, Oqsuv, Oqtog‘, Pastqishloq, Uzunorol, Qoradaryo, Qorasuv, Qoraqum, Qizilqum, Qizilqiya, Qizilzov. Ikkinchi tarkibiy qismi urug`-aymoq nomidan tarkib topgan: Yomonqang`li, Kaltako‘rpa, Maydaqang`li, Parchayuz; v) ot—sifat. Juinav, Oxunboboyuqori, Sulduzbolo, Sulduzpoyon, Talisafed; g) son—ot: Beshariq, Yettikechuv, Mingchuqur, Oltiariq, Sakkiztom, To‘qsonkoriz, Qirqqiz, Biroq Mingqishloq, Yuzqishloq, Qirqqishloq toponimlari shaklan son—ot tipiga o‘xshasa ham, ular ot—ot modelida (ming, yuz. qirq o‘zbek qabila nomlari). d) fe’l—ot: Keldixayot, Uyg‘ontosh, Uchganjar, Qolgandaryo, Qaynarbuloq. e) ot—fe’l: Jarko‘chgan, Selkeldi, Suvyorgan, Qumbosdi, Qatiqto‘kildi, Borsakelmas, Gadoytopmas.
Devonu lug`otit turk” asarida toponimlar.
Mahmud Qoshg‘ariyning bu nodir asari bebaho bir qomuski, undan har bir mutaxassis o‘ziga kerakli material topa oladi. “Devon”ni ayni vaqtda qimmatli toponimik asar ham deyish mumkin. Chunki bundan uch yuz-to‘rt yuz yil oldin yozib olingan nomlar ham hozirgi talaffuzdan ko‘ra qadimgi toponimiyaning dastlabki shakliga ancha yaqin bo‘ladi. “Devonu lug‘otit turk” esa bundan qariyib X asr oldin yozib qoldirilgan. Shuni aytish kerakki, toponim qanchalik ilgari yozib olingan bo‘lsa, shunchalik qimmatli sanaladi. Chunki ana shu davrda joy nomlarining fonetik hamda grammatik xususiyatlarida qanday o'zgarishlar ro‘y berganini aniqlash mumkin bo‘ladi. Mahmud Qoshg`ariy asarining toponimika uchun ahamiyati undagi joy nomlari bilangina tugamaydi. Toponimlaming etimologiyasi, semantikasini aniqlash hamda grammatik xususiyatlarini hisobga olishda qadimgi etnonimlar, antroponimlar, o‘simlik, hayvonlarning o‘sha davrdagi nomlari, toponimlaming grammatik tuzilishiga doir mulohazalar g‘oyat zo‘r ahamiyatga egadir. Bu jihatdan “Devon” nihoyatda boy material beradi. “Devon”dagi toponimik ma’lumotlarni bir necha turga bo‘lish mumkin:
1. “Devon”da tilga olingan joy nomlari.
2. Etnonimlar, ya’ni turli xalq, elat, qabila, urug‘ nomlari.
3. Antroponimlar, ya’ni kishi ismlari.
4. Geografik atamalar, o'simlik hamda hayvon nomlari.
5. So‘zlarning fonetik va grammatik tuzilishiga doir fikrlar3.
Devon”da qayd qilib o‘ti!gan toponimlar haqida.
Ma’lumki, “Devon”ga doira deb atalgan xarita ilova qilingan. Bundan tashqari, matnda ham bir qancha joy nomlari izohlab o'tilgan. Bizning hisobimizga ko‘ra “Devonu lug‘otit turk”da jami 160 dan ortiq toponim tilga olingan. Shu o'rinda aytish joizki, asarda ayrim joy, ba’zi o‘simliklar, hayvonlar nomlari atamalar takroran berilgan. Bunday qaytariqlar hisobga kirmaydi, albatta.
Mahmud Qoshg`ariyning “Devon”idagi xaritada tilga olingan nomlar to'g'risida I.I Umnyakov, S. Umurzoqov, H. Hasanov kabi olimlar qator asarlar yozganlar. “Devon”dagi nomlaming asosiy qismi O‘rta Osiyoga oid turkiy nomlardir. Bu toponimlarning bir qanchalari hamma uchun tushunarlidir. Chunonchi, Oqsoy, Oqterak kabi nomlarni hozir ham uchratish mumkin. Buxoro, Farg‘ona, Samarqand, Xo‘jand, Xorazm, Talas, Tarim, Sayram, Manqishloq, Issiqko‘1 kabi toponimlar deyarli o'zgarishsiz yetib kelgan. Ila, Qorayalg‘a, Ala, Ertish kabi nomlar fonetik jihatdan biroz o'zgarib ketgan va hozir Ili, Qorajilg‘a, Olay, Irtish shaklida yoziladi. Beshbaliq, Yangibaliq, Tunkand, Yankand O‘zkand
kabi shahar nomlari, Badalart, Buqachart, Zanbiat Qavaqart, Yafg‘uart kabi dovonlar, Ikkio‘kuz, Qoraqosh O‘kuz, O‘rungqosho‘kuz kabi daryolar etimologiyasiga “Devon”ning o'zidan javob topish mumkin. Bulg‘or, Qifchoq, Uyg‘ur, Tavg‘ach, Yag‘mo kabilar etnotoponim, Barsg‘on, Barman, Qazvin singarilar esa antrotoponimlardir. Ba’zi bir toponimlarning etimologiyasini taxminan aniqlash mumkin. Chunonchi, ayiq o‘sha zamonlarda azig‘ deb atalgan. Mahmud Qoshg`ariy Azig‘ degan joyni tilga oladi, bu nom “ayiq” degan ma’noni anglatgan bo'lishi mumkin. Ma’lumki, toponimikada turli afsonalar ham inobatga olinadi va o‘rganiladi. Lekin joy nomlari etimologiyasi to‘g‘risida Mahmud Qoshg`ariy keltirgan ma’lumotlami sinchiklab o‘rganish zarur. “Devonu lug'otit turk”dagi toponimlarning biz uchun yana bir qimmatli tomoni ularning grammatik xususiyatlaridir. Ma’lumki, joy nomlarining etimologiyasidan tashqari grammatik tuzilishiga qarab ham ularning qaysi tilga, qaysi davrga oid ekanligini ma’lum darajada aniqlash mumkin. Hozirgi turkiy toponimlarning asosiy qismi ikki va uch komponentdan, ya’ni tarkibiy qismdan iborat. “Devon”dagi joy nomlarining yarmidan ko'pi bir komponentli nomlar. Masalan, Yamak, Yofinj, Alush, Azig‘, Abul, Etil, Udun, Yamar, Ala, Urang, Qo‘ju, Bukur, Talas, Qabus, Quya, Toman, Koson, Xuzar, Chog‘la, Barxan, Sabran, Sitg‘un, Tovg‘ach, Baijug‘, Tartuq, Tayiz, Ko‘rung, Qazvin4 kabilar ana shular jumlasidan. Ikki komponentlilar u qadar ko‘p emas: Ikkiko‘z, Oqsoy, Oqterak, Olayig‘och, Beshbaliq, Yangibaliq, Qorayig‘och, Badalart, Buqachart, Boyyig‘och, Yulduzko‘l kabilar. Bu toponimlarning birinchi komponenti sifat, ikkinchi komponenti esa ot (geografik atama). Ikki komponentlilar grammatik tuzilishi jihatidan hozirgi toponimlardan farq qilmaydi. Uch komponentlilar esa atigi bir nechta: O‘rungqosho‘kuz, Qoraqosho‘kuz, To‘rig‘arttayiz. Yana shu narsa xarakterliki, “Devon”da qayd qilingan joy nomlarining yarmidan ko'pi ikki bo‘g‘indan iborat. Demak, ilgarilari joy nomlari ixcham, sodda bo‘lgan. Ko‘p komponentli, butun bir iboradan tuzilgan Yo‘ldoshning oti uchgan (Zomin tumani), Amin Mulla pichan chopgan (Boshqirdiston), Hasan toshtergan (Baxmal tumani), Chuqursoyning tangisi (Zomin tumani) kabi mikrotoponimlar esa keyingi davrlarda vujudga kelgan.

Download 299.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling