Buxoro tuman 47-umumiy o’rta ta’lim maktabining sinf o’quvchisi ning Ota – onasi bilan suhbat daftari


Download 234.31 Kb.
bet3/5
Sana26.10.2023
Hajmi234.31 Kb.
#1725461
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ota-onalar bilan suhbat daftari.docx

1.Agar maktabga borishni istamasa…Bolalar ertalab uyqudan uyg’onishga qiynalganliklari uchun maktabga borishni istashmaydi. Tadqiqotchilar 5-6 haftadan keyin bola yangi kun tartibiga o’rganishini ta’kidlashmoqda. Shu sababdan farzandingiz kun tartibiga qat’iy rioya qilishini nazoratga oling. Sport to’garaklari yoki qo’shimcha mashg’ulotlarga yaxshisi 3-4 oydan so’ng jalb qiling.
2.Darsga qiziqmasa…Boshlang’ich sinf o’quvchilari bu muammoga deyarli duch kelishmaydi. Esini tanigan bolalar esa tushunmaganida, darsga tayyor bo’lmaganida qiziqmasligi mumkin. Bola mavzuni bilmaganidan qo’rqib, 45 daqiqa tahlikada o’tiradi. Bunday vaziyatda o’zingiz mavzularni tushuntiring. Ammo qo’shimcha darslar bilan yuklamani oshirish tavsiya etilmaydi.
3.Mustaqil dars tayyorlamasa…Bola yoshligidan har narsani tayyoriga erishib o’rgangani uchun dastlab darslarni ham ota-onasi bilan birga tayyorlashni xohlaydi. Shuning uchun ota-onalar tayyor javobni emas, aynan nimani tushunmayotganligini aniqlashlari va o’sha mavzuni faqatgina tushuntirib berishlari lozim. Bundan tashqari, bola bilan haftada besh kun emas, aytaylik, faqat uch kungina birga dars tayyorlashga kelishib oling. Qolgan kunlari esa tayyorlagan darsini faqat tekshirib bering va albatta, maqtab qo’yish ham yodingizdan ko’tarilmasin.
4.Masxara qilishsa…Bunday vaziyatda o’qituvchi, direktor yoki dilozorlarning ota-onasi bilan gaplashishga shoshilmang. Shunday qilsangiz, bolangiz endi «chaqimchi» tamg’asini ham ko’tarib yurishga majbur bo’ladi. Yaxshisi, farzandingizning muammoga nisbatan qarashini to’g’ri shakllantirishga harakat qiling. Agar shunda ham vaziyat o’zgarmasa, uning do’stlari bilan ishlashga to’g’ri keladi.
5.Doskaga chiqishdan qo’rqsa…Bola o’qituvchisidan yoki jamoa oldida nutq so’zlashdan qo’rqqani uchun doskaga chiqishdan cho’chiydi. Avvaliga o’qituvchisidan yozma ravishda iltimos qilarsiz. Bu orada esa ko’pchilik oldida nutq so’zlash ko’nikmalarini shakllantirishga muvaffaq bo’lasiz.
6.Maktab kiyimi yoqmasa…O’smirlar maktabga e’tiborni tortadigan kiyimlarni kiyishni istashadi. Ularni majburlamasdan, xariddan avval farzandingizga har bir libosning o’z joyi va o’rni, shuningdek, mavsumi bo’lishini tushuntiring. Libos tanlashda bolangizning o’zi ham ishtirok etsin. Agar uning kiyim borasida sizga ma’qul bo’lmagan to’rtta istagi bo’lsa, ulardan ikkitasini qondirishingizga kelishib oling.

Download 234.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling