Buxoro viloyat “Kamalak” bolalar tashkilotining 2020-yil oktabrdagi VI rayosat yig‘ilishi bayoniga 4-Ilova


Download 19.55 Kb.
bet2/3
Sana19.04.2023
Hajmi19.55 Kb.
#1364626
1   2   3
Bog'liq
kamalak yulduzlari nizomi

IV. Festival shartlari
4.1. Festival ishtirokchilarining taqdim etgan chiqishidan kelib chiqib, yosh toifasi kesimida quyidagi tartibda baholanadi:
1) 7-10 yosh;
2) 11-14 yosh.
4.2. Festivalning “A”, “B”, “C” “D” nominatsiya ishtirokchilari uchun ijro vaqti
5-7 daqiqa etib belgilanadi.
4.3. “E” va “F” nominatsiya ishtirokchilari uchun namoyish vaqti 5-10 daqiqa etib belgilanadi.
4.4. Belgilangan vaqtdan o‘tib ketilgan taqdirda hayʼat aʼzolari tomonidan ishtirokchining ijrosi to‘xtatiladi.
Shuningdek, zarur hollarda, hakamlar hayʼati “A”, “B” “C” nominatsiya ishtirokchilaridan qo‘shimcha asar ijro etish, “E” va “F” nominatsiya ishtirokchilarida esa–berilgan mavzuda va belgilangan vaqtda o‘zining ijodiy mahoratini ko‘rsatishni talab etishi mumkin.
Festivalning “A”, “B” “C” nominatsiya ishtirokchilari tashkiliy qo‘mitaga ijro etadigan asarining matni va notasini, “E” va “F” nominatsiya ishtirokchilari ijodiy ishlari namunalarini taqdim etishlari kerak.
4.5. Barcha nominatsiyalar bo‘yicha ishtirokchilarning ijodiy chiqishlari tomoshabinlar va tinglovchilar tomonidan kuzatilishi taʼminlanadi.
4.6. “A”, “B”, “C” nominatsiya ishtirokchilari o‘z dasturlarini jonli ijro etishlari va nizomda ko‘rsatilgan vaqtga qatʼiy amal qilishlari shart.
4.7. Taqdim qilingan dasturlar va ijodiy ishlar namunalariga festival yakunlanguniga qadar o‘zgartirish kiritish mumkin emas.
V. Festivalni tashkil etish va o‘tkazish tartibi
5.1. Festivalning barcha bosqichlarini tashkil etish va o‘tkazish uchun tashkiliy qo‘mita va hakamlar hayʼati shakllantiriladi.
Festivalning I-II-bosqichlari tashkiliy qo‘mitasi quyidagi tarkibda:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari;
2. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari;
3. Xalq taʼlimi vazirligi hududiy boshqarmalari;
4. Madaniyat vazirligi hududiy boshqarmalari;
5. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hududiy bo‘linmalari;
6. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasi hududiy bo‘linmalari;
7. O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi hududiy bo‘limlari.
Ushbu tashkilotlarning mahalliy bo‘limlari bo‘lmagan taqdirda, tashkilotning hududiy boshqarmalari rahbarlari mahalliy tashkiliy qo‘mita a’zosi hisoblanadi.
Festivalning I-II-III bosqichlari uchun har bir yo‘nalishda 3 nafardan kam bo‘lmagan sohaning malakali mutaxassislaridan iborat hakamlar hayʼati shakllantiriladi. Hakamlar hayʼati tarkibi musiqa va sanʼat maktablarining malakali mutaxassislari, taniqli, el hurmati va eʼtiboriga, davlat mukofotlari va boshqa unvonlarga sazovor bo‘lgan sanʼatkorlar, rassomlar, hunarmandlar, xoreograf (baletmeyster), shoir va yozuvchilarkiritilishi mumkin.
Mahalliy va hududiy Hakamlar hayʼati tarkibi mahalliy va hududiy tashkiliy qo‘mita tomonidan tasdiqlanadi.
Festivalning tuman (shahar) bosqichidan hududiy bosqichga har bir nominatsiya bo‘yicha
2 nafardan (har bir yosh toifasidan kelib chiqib “Eng yorqin asar ijrochisi” yoki “Eng yaxshi ijodiy asar muallifi” nominatsiyasi bilan baholanadi) ishtirokchilar (jami 12 nafar) yo‘llanma oladilar.
Festivalning respublika bosqichida hakamlar hayʼati qarori yakuniy hisoblanib, qayta ko‘rib chiqilmaydi.



Download 19.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling