Buxoro viloyat “Kamalak” bolalar tashkilotining 2020-yil oktabrdagi VI rayosat yig‘ilishi bayoniga 4-Ilova


Download 19.55 Kb.
bet1/3
Sana19.04.2023
Hajmi19.55 Kb.
#1364626
  1   2   3
Bog'liq
kamalak yulduzlari nizomi


Buxoro viloyat “Kamalak” bolalar tashkilotining
2020-yil __-oktabrdagi
VI Rayosat yig‘ilishi bayoniga
4-Ilova

Kamalak” yulduzlari” Respublika bolalar ijodiyoti festivali


NIZOMI
I.Umumiy qoidalar
1.1. Mazkur Nizom maktab yoshidagi iqtidorli bolalar o‘rtasida “Kamalak yulduzlari” Respublika bolalar ijodiyoti festivalini (keyingi o‘rinlarda – festival deb yuritiladi) o‘tkazish tartibini belgilaydi.
1.2. Ushbu festival bolalar o‘rtasida madaniyat, adabiyot va sanʼatning turlarini keng namoyon etishga xizmat qiladi.
1.3. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari festival tashkilotchilari hisoblanadi.
1.4. O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qilayotgan millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi va tilidan qatʼiy nazar 7 yoshga to‘lgan va14 yoshdan (14 yosh ham kiradi) oshmagan ijodkor bolalar festivalda ishtirok etadilar.
1.5. Tashkiliy qo‘mita festival nizomiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish vakolatiga ega.
II. Festivalning maqsadi
2.1. Festivalning maqsadi – iqtidorli bolalarni aniqlash, ularning isteʼdodlarini namoyon qilishlariga imkoniyat yaratish va qo‘llab-quvvatlash, yosh avlodning madaniy saviyasini yuksaltirish, ularning maʼnaviy olamini boyitish, sanʼat va go‘zallikka intilishini kuchaytirish, milliy sanʼat anʼanalari va yo‘nalishlarini saqlab qolish, rivojlantirish va davom ettirish maqsadida har yili anʼanaviy tarzda o‘tkaziladi.
2.2. Iqtidorli bolalarning ijodi hamda tashabbuslarini keng ommaga namoyish qilish, ayniqsa, yoshlar orasida targ‘ib etish, yosh havaskor va professional ijodkorlarning faoliyatini rag‘batlantirishdan iborat.


III. Festivalni o‘tkazish bosqichlari, muddatlari va yo‘nalishlari

3.1. Festival uch bosqichda o‘tkaziladi.


Festivalning 1-bosqichi tuman va shaharlardagi musiqa va sanʼat maktablarida (musiqa va sanʼat maktabi bo‘lmagan tuman (shahar)lar uchun eng yaqin joylashgan tuman (shahar) musiqa va sanʼat maktabida) har yili fevral oyida o‘tkaziladi.
Festivalning 2-bosqichi (hududiy bosqichi) musiqa va sanʼat, ixtisoslashtirilgan sanʼat maktablari va tegishlili bo‘yicha oliy taʼlim muassasalarida har yili mart oyida o‘tkaziladi.
Festivalning 3-respublika bosqichi iyun oyida o‘tkaziladi. Festivalning o‘tkazish sanalari tashkiliy qo‘mita tomonidan kamida 20 kun oldin eʼlon qilinadi.
3.2. Festival quyidagi 6 ta nominatsiya bo‘yicha o‘tkaziladi:
A” nominatsiya: fortepiano, torli cholg‘ular, damli va zarbli cholg‘ular;
B” nominatsiya:estrada cholg‘u ijrochiligi, xalq cholg‘ulari, anʼanaviy cholg‘u ijrochiligi;
C” nominatsiya: anʼanaviy xonandalik, akademik xonandalik, estrada xonandaligi, folklor
(10 nafargacha) va xor (20 nafargacha) jamoalari;
D” nominatsiya: xoreografiya — mumtoz raqs, ball:
1) yakkaxon raqs ijrochiligi;
2) jamoaviy raqs ijrochiligi (2-10 nafargacha);
E” nominatsiya:
1) tasviriy sanʼat - grafika, rang tasvir (natyurmort), haykaltaroshlik;
2) amaliy sanʼat - kulolchilik, zardo‘zlik, quroqchilik, gilamdo‘zlik, biser to‘qish, yumshoq o‘yinchoqsozlik, naqqoshlik, kashtachilik, yog‘och o‘ymakorligi;
F” nominatsiya:
1) nasr - hikoya, ertak;
2) Nazm yo‘nalishiga - sheʼr, g‘azal, doston.


Download 19.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling