Buxoro viloyat “Kamalak” bolalar tashkilotining 2020-yil oktabrdagi VI rayosat yig‘ilishi bayoniga 4-Ilova


VI. Festivalga taqdim etiladigan hujjatlar


Download 19.55 Kb.
bet3/3
Sana19.04.2023
Hajmi19.55 Kb.
#1364626
1   2   3
Bog'liq
kamalak yulduzlari nizomi

VI. Festivalga taqdim etiladigan hujjatlar

6.1. Festivalda ishtirok etish istagini bildirgan bolalarning hujjatlari tuman (shahar)lar miqyosida Ittifoqning umumiy o‘rta taʼlim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlarida har yili


15 yanvardan 1 fevralga qadar qabul qilinadi va Ittifoqning mahalliy bo‘limlariga topshiriladi.
6.2. Festival ishtirokchilari tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
- ariza-anketa;
- shaxsini tasdiqlovchi hujjat (tug‘ilganligi haqida guvohnoma) ning nusxasi;
- ishtirokchining yoshi ariza topshirgan vaqtdagi yoshi hisobga olinadi (ishtirokchi ariza topshirgan paytda 7 yosh yoki 14 yoshga to‘lgan bo‘lsa, tanlovning viloyat yoki respublika bosqichiga kelganda 8 yosh yoki 15 yoshga to‘lgan bo‘lsa ushbu ishtirokchi Festivalda ishtirok etishni davom ettiradi)
“A”, “B”, “C” yo‘nalishlari ishtirokchilari uchun – ijro etiladigan dasturning matni, notasi va ijro vaqti;
“E”, “F” yo‘nalishlari ishtirokchilari uchun – ijodiy ish namunalari;
- ta’lim muassasasida tahsil olayotganligi to‘g‘risida direktori tomonidan ma’lumotnoma.
6.3. Respublika ixtisoslashtirilgan sanʼat maktablari, ixtisoslashtirilgan rassomlik va dizayn maktablari, respublikadagi ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseylar, ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari, Milliy raqs va Xoreografiya oliy maktabi o‘quvchilari, Respublika tasviriy va amaliy sanʼat litseylari, A.Navoiy nomidagi respublika nafis sanʼat litseylari o‘quvchilarining hujjatlari festivalda ishtirok etish uchun qabul qilinmaydi.
6.4 Mazkur nizomning 6.3 bandida nazarda tutilgan o‘quvchilar ishtirok etgan taqdirda tashkiliy qo‘mita qarori bilan chetlashtiriladi.

VII. Festival g‘oliblarini taqdirlash
7.1. Festivalning har bir bosqichida nominatsiyalar bo‘yicha eng yaxshi natijalarga erishgan ishtirokchilar, tashkilotchilar, mahalliy, hududiy hokimliklar va homiylar tomonidan tayyorlangan sertifikat, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirilib, “Yoshlar kuni” munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘tkaziladigan gala konsertlarda o‘zining badiiy chiqishlari bilan ishtirok etishi taʼminlanadi.
7.2. Festivalning “A”, “B”, “C” va “D” yo‘nalishlari respublika bosqichi g‘oliblarining badiiy chiqishlari O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hammuassisligidagi teleradiokanallarda namoyish qilib borilishi yo‘lga qo‘yiladi. “E” va “F” yo‘nalishlari g‘oliblarining eng yaxshi ishlaridan katalog tuzilib, davriy bolalar nashrlarida shuningdek, “Yoshlar ovozi”, va “Molodyoj Uzbekistana” gazetalari hamda “Yosh kuch”, “Yoshlik” va “Dugonalar” jurnallarida chop etiladi.
Download 19.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling