2022-yil ____ -may
___-sonli
Buxoro tuman 38-umumta’lim maktabi
direktorining 2022-yil ___-maydagi
buyrug‘iga 1-sonli ilova
38- umumta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchi va o‘quvchilari o‘rtasida
“Shaxmat va shashka musobaqasi” ni o‘tkazish to‘g‘risidagi
NIZOM
Mazkur nizom umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini sport turlariga jalb qilish va ular o‘rtasida shaxmat va shashka musobaqasini o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Sport musobaqasi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini jismonan yetuk va barkamol, Vatanga sadoqat ruhida komil inson qilib tarbiyalash, mamlakatimizda sport turlariga yoshlarni qiziqtirish va e’tiborini kuchaytirish, o‘quvchilarni darsdan tashqari bo‘sh vaqtlarini mazmunli va to‘g‘ri tashkil qilish, jamoa bo‘lib harakat qilish, g‘alabaga intilish ishtiyoqlarini kamol toptirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan.
Umumiy qoidalar
1.Tanlovni tashkil etish va o’tkazish.
Umumta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va o‘quvchilari o‘rtasida sportning shaxmat va shashka turi bo‘yicha musobaqaning maktab bosqichi tashkil qilinadi.
2. Sport musobaqasi ushbu nizomda belgilangan sport turi bo‘yicha hamda musobaqaning o‘tkazish qoidalari asosida o‘tkaziladi.
3. Musobaqada qatnashuvchilar o‘z raqiblariga va hakamlarga nisbatan hurmatda bo‘lishlari, shaffoflik va adolatlilik tamoyillari asosida kurash olib borishlari, sport musobaqasining o‘tkazish madaniyatining buzilishiga yo‘l qo‘ymasliklari; sport musobaqasida ishtirokchilar maktab tibbiyot hamshirasi nazoratida bo‘lishlari lozim.
4. Mazkur nizom talablarini bajarmagan ishtirokchilar musobaqadan chetlashtirish choralari ko‘riladi.
II. Tanlovning maqsadi va vazifalari
Sport musobaqasini o‘tkazishdan maqsad yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish, yosh avlodning sog‘ligini mustahkamlash, ularni aqliy barkamol shaxslar qilib tarbiyalash, har tomonlama jismoniy kamol topishiga va sog‘lom turmush tarziga ehtiyojini shakllantirish; musobaqani o‘tkazish orqali ularning qalbi va ongiga Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini yanada chuqurroq singdirish hamda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilishdaan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |